Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

 
Tayanch tushunchalar: 
matnshunoslik tadqiqotlari, adabiy manba, 
qo‘lyozma, yozma yodgorlik, nusxa, arab yozuvi, uyg‘ur yozuvi, tavsif, 
xrestomatiya, antologiya, asarning til xususiyatlari, muqaddima, mundarija, bob, 
musulmon yodgorligi, metsenat, ilm-ma’rifat, talqin, tashbeh, metafora, badiiy 
vosita, tazod usuli, so‘z o‘yini, bo‘g‘in



165 
Shoir tarjimai holiga doir ma’lumotlar tavsifi. 
Adib Ahmad binni Mahmud 
Yugnakiy, shoir, mutafakkir, yirik adib, hadisshunos va ta’limiy didaktik 
adabiyotning namoyandalaridandir. 
Adib Ahmad Yugnakiyning shaxsiy hayoti va tug‘ilib o‘sgan yeri haqida aniq 
ma’lumotlar yo‘q. Yugnakiy haqidagi ma’lumotlarni XV-asrga oid Alisher 
Navoiy, Arslon hoja Tarxon va boshqa ba’zi shaxslar qaydlaridan bilamiz. 
Manbalarda ko‘rsatilishicha, shoirning tug‘ilgan joyi Yugnak bo‘lib, bu nomdagi 
qishloqlar, Samarqand, Turkiston atrofida, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryo bo‘ylarida 
ham mavjud bo‘lgan. XII-asrda yashagan mashhur muarrix Abulkarim as-
Samʼoniy "Al-Ansob" ("Nasabnoma") kitobida shunday yozadi: "Bu nisba 
(taxallus) "Yugnak"dan va bu (joy) Samarqand qishloqlaridan. Bu nisba bilan 
Abuhomid Ahmad ibn Abu Ahmad al-Yugnakiy mashhurdirlar". Tarixiy 
manbalardan Ibn Xavqal asarida Yugnak shahrining Samarqand atrofida 
joylashganligi ta’kidlanadi. Arat Rahmatiy Ibnul YA’qubning “Yugnak” nomi 
“Ag‘naq” shaklida yozilishi haqidagi fikriga tayanib, uning Samarqand atrofida 
joylashganini ta’kidlaydi. 
«Hibatul-haqoyiq”da muallifing ismi, otasining ismi, uning qayerda 
yashagani, boshqa adiblarga nisbatan tutgan mavqei, jismoniy zaifligi haqidagi 
ayrim ma’lumotlar keltirilgan. Lekin bu ma’lumotlar adibning o‘zi tomonidan 
emas, uni ko‘chiruvchilar tomonidan doston vazniga moslab qo‘shib qo‘yilgan.
Dostonning nusxalaridan birida XV asr temuriy hukmdorlardan Arslonxo‘ja 
Tarxon adib haqida uning yeri Yugnak ekanligi, otasining oti Mahmud, o‘zi Adib 
Ahmad, kitobining oti «Hibatul haqoyiq», asarni Koshg‘ariy tili bilan yozgani, kim 
bu tilni bilsa asarni tushunishi va hokazolarni yozadi. Yana bir noma’lum shaxs 
tomonidan yozilgan qaydda esa, shoirning ko‘zi ojiz bo‘lgani, kitob 14 bobdan 
iborat ekanligi qayd etiladi:
Tug‘a ko‘rmas erdi adibning ko‘zi, 
Tuzatti bu o‘n to‘rt bob ichra so‘zi
.


166 
Alisher Navoiy «Nasoyimul-muhabbat» asarida adib Ahmad haqida shunday 
yozadi: 
“Adib Ahmad ham turk elidan ermish. Aning ishida g‘arib (ajoyib), 
nimalar manquldur (naql qilingan). Derlarki, ko‘zlari butov (bitgan, yopiq) 
ermishki, aslo zohir ermas emish. Basir (ko‘rmaydigan) bo‘lib, o‘zga basirlardek 
andoq emas ermishki, ko‘z bo‘lg‘ay. Ammo bag‘oyat ziyrak va zakiy va zohid va 
muttaqiy (taqvodor, parhezgar) kishi ermish. ...Haq subhonahu taolo agarchi zohir 
ko‘zin yopuq yaratqondur, ammo ko‘ngli ko‘zin bag‘oyat yoruq qilg‘ondur"

Shuningdek, Navoiy uning o‘smirlik chog‘larida hanafiya mazhabining 
asoschisi Imom A’zam abu Hanifa an-No‘mon ibn Sobitdan (699-767) saboq 
olganini va bu vaqtda Ansoriy va Muhammad ash Shaybonlar bilan hamsaboq 
bo‘lganini zikr etadi. Zikr oxirida Yugnakiyning turkiygo‘yligini ta’kidlab 
baytlaridan namunalar keltiradi: 

Va aning tili turk alfozi bila mavoizu nasoyihqa 
go‘yo ermish. Xeyli elning muqtadosi ermish. Balki aksar turk ulusida hikmatu 
nuktalari shoye’dur. Nazm tariqi bila aytur ermish, aning favoydidindur. 
Ulug‘lar ne bersa yemasman dema, 
Ilik so‘n, og‘iz ur, yemasang yema! 
Va ham aningdurkim: 
So‘ngakka ilikdur, eranga bilik,
Biliksiz eran-ul so‘ngaksiz ilik

“Munshaot” asarida ham Navoiy o‘z fikrlarini Bade’uzzamon Mirzoga 
uqtirish uchun Yugnakiy baytlaridan foydalanib yozadi: 
“Adib Ahmad rahmatulloh 
debdurkim, ruboiya: 
Atodin xato kelsa ko‘rma xato,
Savob bil xato toki qilsa xato.
Atoning xatosini bilgil savob,
Seni yuz balodin qutqarg‘ay xudo”

Navoiy keltirayotgan baytlar “Hibatul-haqoyiq”ning bizgacha yetib kelgan 
nusxalarida aynan mavjud emas, ularga o‘xshash baytlar bor, xolos. 


167 
Ilmiy xulosalarga ko‘ra, Yugnakiyning yashagan davri XII asr deb kelinadi. 
YE.E.Bertels, Fitrat, N.Mallayev, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, B.To‘xliyev, 
H.Boltaboyev kabi qator olimlar ana shu fikrni qo‘llab-quvvatlaganlar. Prof. 
M.Imomnazarov Navoiy ma’lumotlariga tayanib, bunday fikrlar bilan bahsga 
kirishadi va Yugnakiy VIII asrga mansub shoir degan fikrni ilgari suradi. Lekin 
M.Imomnazarovning tezis ko‘rinishidagi bu fikrlari ilmiy jamoatchilik fikrini 
o‘zgartira olmadi. Chunki Navoiy bergan ma’lumotlar boshqa manbalarda ham 
mavjudligi, asar tilida mazkur asr tili unsurlarining namoyon bo‘lishi kabi 
hodisalar chuqur tadqiq qilinmasdan ilmiy haqiqatni yuzaga chiqarish mumkin 
emas. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish