man-o, do‘stlarim-o, o‘tar-o, ketar-o, Kirdikor-o
ва
h. Ular o‘z davri adiblari tomonidan tan olinib janr darajasiga chiqadi. Holbuki,
ular orasida g‘azal, munozara, masnaviy, qasida, munojot va boshqa janrlarga mos
keluvchi she’riy shakllarda yaratilgan. Masalan, quyidagicha boshlanuvchi
mashhur hikmat g‘azal shaklida:
Beshak biling bu dunyo barcha xalqdin o‘tar-o,
Inonmag‘il molinga, bir kun qo‘ldan ketar-o.
Ota-ona qarindosh qayon ketdi – fikr qil,
To‘rt oyog‘lig‘ cho‘bin ot bir kun sanga yetar-o…
191
Quyidagi baytlar bilan boshlangan hikmat munozara shaklida:
Behisht, do‘zax taloshur, talashmoqda bayon bor,
Do‘zax aytur: “Man ortuq, manda Fir’avn, Homon bor”.
Behisht aytur: “Na dersen, so‘zni bilmay aytursen,
Senda Fir’avn bo‘lsa, menda Yusuf Kan’on bor”...
Quyidagi baytlar bilan boshlangan hikmat masnaviy shaklida:
Muhammadni(ng), biling, zoti arabdur,
Tariqatni(ng) yo‘li kulli adabdur.
Haqiqat bilmagan odam emasdur,
Bilingiz hech nimaga o‘xshamasdur...
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Devon tuzilishiga ko‘ra, mumtoz devonlar kabi arab alifbosi tartibida tasnif
qilingan. Lekin bunda ba’zi o‘rinlarda harflar o‘rnining almashishi, masnaviy
yo‘lidagi hikmatlarning faqat birinchi bayti harfi hisobga olinib joylashtirilganini
ko‘rish mumkin. Unda alif, be, dol, re, sin, shin, qof, kof (gof), lom, mim, nun, u
(vov), a (he), i (yo) harflari bilan tugagan hikmatlar mavjud. Lekin radif vazifasida
qo‘llangan so‘zlar doirasi nihoyatda tor. 1992 yil nashrida birgina “man-o” so‘zi
13 ta, “do‘stlar” so‘zi 15 hikmatda radif vazifasini bajargan. “Kelur”, “qilur”,
“bo‘lur”, “bo‘lmas”, “ermish” kabi so‘zlar ham bir necha martadan takrorlanadi.
Hikmatlar uch bandlidan 27 bandligacha she’rlardan iborat (Bundan faqat
“Munojot” deb atalgan she’r mustasno, u 68 bayt).
Ahmad Yassaviy hikmatlarining mavzu ko‘lamini ham muayyan darajada
chegaralanganini ta’kidlash lozim. Ular Haqqa oshiq bo‘lishga da’vat – ishq;
amalda beg‘arazlikni ta’minlash – nafs tarbiyasi; insonparvarlik; faqir, yetim,
miskin va g‘ariblarga mehribonlik ko‘rsatish – muruvvat; diniy-tasavvufiy ilmlarni
o‘rganish va qoidalarga qat’iy rioya qilish – diniy ma’rifat va ibodat; gunoh
ishlardan pushaymonlik – tavba; tuban dunyodan voz kechish – tarkidunyochilik.
192
Ularni yanada ixchamlash mumkin. Inson barkamolligining tasavvufiy talqinlari
hikmatlar mavzu doirasini umumlashtiradi.
Hamma hikmatlarda ham ishq tuyg‘usi inkishofi, uning tug‘yon va iztiroblari,
dard va mavjlari aks etmaydi. Adib ko‘proq toliblarni ishqni ixtiyor etishga, oshiq
bo‘lishga da’vat etish bilan chegaralanadi:
Muhabbatsiz xaloyiqdin har kim qochsa,
Oriflarni(ng) suhbatidin javlon qilur.
O‘rtab, kuyib ishq yo‘lida yoshin sochsa,
Subhon egam Arsh ustida mehmon qilur...
Ayo do‘stlar, ishq g‘avvosi bo‘lmaguncha,
Vahdoniyat daryosiga kirsa bo‘lmas.
Ul daryon gavharidur Haq visoli,
Jondin kechib kirmaguncha ko‘rsa bo‘lmas...
Lekin ilohiy ishq ruhiy lazzatini ifoda etgan hikmatlar ham devondan o‘rin
olgan:
...
Fido bo‘lsin senga jonim, to‘kar bo‘lsang meni(ng) qonim,
Men qulingman, sen sultonim, menga sen-o‘q keraksen...
Olam bari ujmoh bo‘lsa, jumla hurlar qarshu kelsa,
Alloh menga ro‘zi qilsa, menga sen-o‘q keraksen
...
Hikmatlarning katta qismi nafs tarbiyasiga qaratilgan. Shoir ta’kidicha, «nafs
yabon qushdek qo‘lga qo‘nmas» bir narsa. Bu qush o‘z xohishicha parvoz etaversa,
odamni kundan kunga to‘g‘rilikdan ozdiraveradi. Oqibatda esa:
Nafs yo‘liga kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldin ozib, to‘zib, toyib gumroh bo‘lur.
Yotsa-tursa shayton bila hamroh bo‘lur
...
Shoir nafs bandalariga qarata, «Nafsni tepgil, nafsni tepgil, ey badkirdor», deb
murojaat etadi. Adib nafsni insondagi mukammallikni yemiruvchi juda katta
193
dushman sifatida baholaydi. Uning tajovuzidan ma’naviy xotirjamlikka putur
yetadi. Inson hayotida o‘z nafsini taslim etishdan mushkulroq ish, unga qarshi
kurashdan kattaroq, muhimroq kurash yo‘q.
Afsuski,
nodonlar hidoyat, to‘g‘rilik, komillik haqidagi so‘zlarni
tushunmaydilar, tushunishni istmaydilar:
Ayo do‘stlar, nodon bilan ulfat bo‘lib,
Bag‘rim kuyub, jondin to‘yub, o‘ldim man-o.
To‘g‘ri aytsam, egri yo‘lga bo‘ynin tovlar,
Qonlar yutub, g‘am zahriga to‘ydim man-o
...
Yassaviy misolidagi tarkidunyochilik masalasiga munosabat to‘g‘ri
shakllanishi lozim. Bu tarkidunyochilik shunchaki pessimistik dunyoqarash
oqibati, hayot qadrini yerga urish emas. Bunda jamiyatda sodir bo‘layotgan nafs
xurujiga qarshi norozilik ifodasi mavjud. Umuman, Yassaviy falsafasi g‘aflatdan
qochish, ruhni hur va ogoh, vijdonni uyg‘oq tutishdan iborat. Uyg‘oq vijdon Haq
tomon intiladi. Bu yo‘lda u hur ruh bilan yashashga, to‘siq bo‘luvchi har qanday
vositani tark etishga harakat qiladi. Buning aksi bo‘lgan nodonlik esa takomilning
ashaddiy dushmanlaridan. Jamiyatning inqirozi, tubanlashuvi nodonlik va
johillikning avj olishi natijasida sodir bo‘ladi. Adibning nodon, johil, molparast,
amalparast kimsalardan qochishi to‘g‘risidagi baytlar inson qalbida u illatlarga
qarshi g‘alayon, kurash hissini tarbiyalaydi. “Harom yegan”, “nohaq da’vo qilgan”,
“dunyo mening” deb “jahon molin yig‘gan”, “oqni qaro qilgan” va bu zolimlik
qilmishlari bilan el boshiga chiqib olib “totlig‘-totlig‘ yeb”, “alvon-alvon kiyib”
yuruvchi kimsalarga nisbatan nafrat tug‘dirish hikmatlarning, undagi
tarkidunyochilikning ham asl mohiyatini tashkil qiladi.
Yassaviy o‘z adabiy merosining inson ma’naviy-axloqiy takomilidagi
qimmatini to‘g‘ri anglab yetdi va bunday asarlar yaratgani bilan faxrlandi.
Xususan, uning “Munojot” deb atalgan she’ri munojotdan ko‘ra faxriyaga yaqindir.
Mana, unda iftixor qanday ifodalanadi:
G‘arib Ahmad so‘zi hargiz qarimas,
194
Agar yer ostiga kirsa chirimas.
Yana mansux bo‘lib ul xor bo‘lmas,
O‘qug‘an bandalar bemor bo‘lmas...
Meni hikmatlarim olamga to‘lg‘on,
Eshitmay har kim o‘lsa, qilg‘ay armon...
Meni hikmatlarim olamda sulton,
Qilur bir lahzada cho‘lni guliston...
Meni(ng) hikmatlarim qandu asaldur,
Hamma so‘zlar ichinda bebadaldur
...
Do'stlaringiz bilan baham: |