Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Yassaviy faoliyatining ahamiyati



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Yassaviy faoliyatining ahamiyati. 
Ahmad Yassaviy merosi tarixan xalq 
tafakkurida tasavvuf falsafasi asosida ijtimoiy-axloqiy muammolarga munosabatni 
shakllantirgani va kuchli ta’sir o‘tkazgani bilan ahamiyatlidir. Bu munosabat va 
ta’sir o‘ziga xosdirki, unga tushkunkayfiyatchilik (pessimizm) nuqtai nazaridan 
baho berish mutlaqo nomunosibdir. Chunki Yassaviy tushkunlikka mubtalo 
qiluvchi hodisalar, illatlar haqida har qancha yozmasin, uning bunday hodisa va 
illatlar ustidan hukm chiqarayotganini anglab olish qiyin emas. Pessimistlik 
birinchi navbatda jur’atning so‘nishi bilan namoyon bo‘ladi. Yassaviy, hatto, 
jamiyatning eng oliy tabaqasi vakillari bo‘lgan podshohlar, vazirlar, hokimlar, 
qozilar, olimlar va hokazo zolim mansab-martaba egalarining ham nopok 
qabihliklarini fosh etishga o‘zida jur’at topa oladi. U o‘zining yer ostiga kirib 
ketishini ham so‘zda dunyoni tark etish desa-da, mavjud tuzum, johiliyat 
botqog‘iga botgan jamiyatni inkor etishi va unga nafratini izhor qilishi edi. Bir so‘z 
bilan aytganda, Yassaviy faoliyati komil inson faol shaxs bo‘lishining amaliy 
ko‘rinishidir. 
Adabiyot tarixida “Hikmatlar” o‘git, pand-nasihat motivlarini lirik 
kechinmalar orqali ifodalash yo‘lini ochgani bilan ahamiyatlidir. Tasavvufda 
yassaviya tariqati nechog‘li rol o‘ynagan bo‘lsa, adabiyot tarixida “Hikmatlar” 
ham undan kam xizmat qilmagan. Yassaviy tariximizning ma’lum bosqichlarida 
katta shuhrat qozongan adabiy maktab, o‘ziga xos ijodiy uslub yaratgani 
keyinchalik Sulaymon Boqirg‘oniy, Yusuf Bayzoviy, Maxtumquli, So‘fi Olloyor 
kabi qator shoirlarning ijodiy yo‘lini belgilab berganida ko‘rinadi. 


200 
Yassaviy she’riyati fidoyilik, kamtarlik, ziyolilik, mehnatsevarlik, mehr-
oqibatlik, saxovatlilik va ayni paytda jur’atlilik g‘oyalarini targ‘ib etishi bilan 
ma’naviy taraqqiyotga xizmat qiladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish