Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Rabg‘uziyning shoirlik mahorati



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Rabg‘uziyning shoirlik mahorati
. Nosiruddin Rabg‘uziy mahoratli nosirgina 
emas, nozikta’b shoir hamdir. “Qisasi Rabg‘uziy”dagi qissa va hikoyatlar orasida 
o‘nlab she’rlar ham mavjud. Bu she’rlarning aksariyati mazmun jihatidan 
payg‘ambarlar, sahobalar, payg‘ambar avlodlari va To‘qbug‘abek haqida, ularning 
madhlari ko‘rinishida bo‘lsa-da, ular shunchaki maddohlik nishonalari emas. Balki 
chinakam shoirning kechinmalari ifodasi, inson tuyg‘ulari va olam, hayot 
go‘zalligi tasvirlari ekani bilan ham qimmatga ega. Ular turli janrlar shakllarida 
yozilgan bo‘lib, turkiy she’riyatning Rabg‘uziy davridagi bosqichini ilmiy 
tavsiflash uchun qimmatli material bo‘la oladi. 
“Qisas” muqaddimasida Nosiruddin To‘qbug‘abek madhida yozilgan she’r 
musallas (uchlik) shaklida bo‘lib, shoir nazmiy salohiyatini yaqqolroq anglash 
imkonini beradi: 
Ilhoq umul, tuzun qiliq, 
Bilig arig‘ haddin chiqo
Ko‘kdin adizrak himmati. 
 
Mavrisi beklik dinida, 
So‘rar ani yulnub yaqo, 
Qizg‘anchi uqbo milkati... 
 
Tasbih ayurda xushlanib, 
Injulanur yoshi oqo, 
Eshtilsa Qur’on oyati. 
 


217 
Erdamlari yavloq telim, 
Tuz so‘zlayur so‘zni uqo, 
Ortug‘ yarog‘lig‘ siyrati. 
 
Rabdin ato bo‘lub anga, 
Haq bermishi qutlug‘ baqo, 
Ko‘rkluk sifatlig‘ suvrati. 
 
Ezgu qiliq birla yurub, 
Do‘st qizg‘anur, dushman biqo, 
Ortur qamug‘din hurmati... 
 
Yoshi kichik yo‘ni ulug‘, 
Zoti arig‘ bek To‘qbug‘o, 
Ul Nosiruddin kunyati
... 
She’r aruzning rajaz bahrida yozilgan (mustaf’ilun, mustaf’ilun). Qofiyalanish 
esa a-b-v, g-b-v, d-b-v, ye-b-v va h. tartibda amalga oshirilgan. SHe’r qasidaning 
o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, sodda va ayni paytda mukammal namunasi bo‘la 
oladi. 
Nazm, she’r yoki bayt sarlavhasi ostida kelgan kichik she’rlar ham adibning 
shoirlik iqtidorini baholashda katta rol o‘ynaydi: 
Ko‘z ko‘rgani – jamol ul,
Sevmak ani halol ul. 
Andog‘ jamol ko‘rubon, 
Kim sevmasa, vabol ul

Yoki: 
Sabo esnayurda yig‘och bong solar, 
Bulut yig‘layurda chechaklar kular. 
Bu mundog‘ chechaklikda ko‘nglum bu kun 


218 
Saning birla bo‘lub ovunmoq tilar.
SHe’rlarda aruz qonuniyatlariga qat’iy amal qilinishi barobarida badiiy 
san’atlardan ham unumli foydalanilgan. 
Asarning “Bahoriyoti mavloni Nosiruddin Rabg‘uziy” faslida keltirilgan 
g‘azal bu janr “navro‘zi” – taraqqiyot yo‘li boshlanganini ko‘rsatadi: 
Kun hamalga kirdi ersa keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, qolmadi qori, buzi 
(muzi). 
Bahorga nisbatan «olam navro‘zi» ifodasi qo‘llansa, qishga nisbatan “bahman” 
(ayoz, izg‘irin) «zamharir» (qirovli, qahraton) sifatlashlari tanlangan. Keyingi 
baytlar bahorning xususiy jihatlarini tasvirlashni ko‘zda tutadi: 
Kun kelu ming ko‘rki ortib tirilur o‘lmish jahon,
Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi

Dastlab dunyoning yangidan chiroy ochgani (“tirilur o‘lmish jahon”) qalamga 
olinadi.
Tasvirda jonlantirish, sifatlash va o‘xshatishlar g‘azalda asosiy o‘rin tutadi. 
Muhimi, ularda Rabg‘uziyning tasavvur kuchi va badiiy mahorati ochiq ko‘rinadi. 
She’r oxirigacha optimizm – baland, ko‘tarinki ruhda yozilgan. 
Yorlig‘i yopgun – bag‘irdin obug‘i yoshil, qizil, 
Orasi butoq, yaburg‘oq, tol chechaklar tub tuzi. 
 
O‘rlasa bulutlari gulchirar bog‘-u bo‘ston, 
Tol yig‘ochlar yeng solishur o‘ynayurtek boy qizi
28
... 
Lola sag‘roqin icharda sayrar usrub sanduvach, 
Turna un tortib o‘tarda sakrashur baqlan, qo‘zi. 
 
28
Yuqoridagi baytning qofiyasi bo‘lib kelgan so‘z (boy qizi) asarning1990 yilgi nashrida qo‘y-qo‘zi shaklida 
keltirilgan. U Qozon toshbosma nashrida biz ko‘chirib yozgandek kelgan. Bizningcha, boshqa baytda “qo‘zi” so‘zi 
qofiyada qo‘llangani va “tol (balandligi nazarda tutilgan) yig‘ochlar yeng solish”ini qo‘y-qo‘zilarga o‘xshatish 
maqsadga muvofiq emasligi “boy qizi” variantining to‘g‘riligini ko‘rsatadi.


219 
Ko‘kda o‘ynar, qo‘l solishur qug‘u, g‘oz, qil, qarlug‘och, 
Yerda yugurub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi. 
 
Tol yig‘ochlar minbarinda to‘ti qush majlis tutar, 
Qumri, bulbul muqri bo‘lub un tuzar tun-kunduzi... 
 
Huri ayn ujmoh ichinda yeng solib tahsin qilur, 
Yoz uza mundog‘ g‘azallar aydi Nosir Rabg‘uziy

O‘zbek adabiyotidagi bu ilk g‘azalda Rabg‘uziy janrning barcha shakliy-badiiy 
talablari mukammal darajada rioya etgan. SHe’rning matla’sidan maqta’sigacha 
Navro‘z ta’rif-tavsifi aks ettiriladi. 
Navro‘zi, buzi, yuzi, yozi, tuzi, qizi, juzi, qo‘zi, 
qunduzi, kunduzi, yulduzi, Rabg‘uziy 
so‘zlaridan tashkil topgan qofiyalar tizimi 
turkiy til tarovatini ko‘rsatuvchi omillardan biri bo‘lgan. Maqta’da ilk bor taxallus 
ishlatilgan g‘azal ham xuddi shu g‘azaldir.
Vazn ham o‘ynoqi. G‘azal uchun turkiy adabiyotda keyinchalik eng ko‘p 
qo‘llangan vaznlardan ramal vazni tanlab olingan: 
foilotun foilotun foilotun foilun

Rabg‘uziy zullisonayn shoir edi. Uning arab tilida yozgan she’rlari ham 
talaygina. Adib u yoki bu tilda alohida-alohida she’rlar yozish bilan birga arab va 
turkiy tillarda mulamma’ ham yaratdi. Bunda muallifning mahorati shundaki, 
arabcha bayt qofiyasida qo‘llangan so‘zga turkiydan eng yaqin so‘z axtarib topiladi 
va turkiy baytni go‘zal qofiyasi ta’minlanadi: 
Yo sabohal-vajhi yo zav’u-n-nahora-l-mushtahar, 
Anta ruhi vajhuka-l-maymunu shamsun am-qamar. 
 
Elingiz chin to‘lin oytek qinayur qirg‘u qaroq, 
Yuzungiz kundin yoruqroq ko‘rkungiz kun yo qamar

Tolati-l-ahzona dahran fa-l-habibu qad jafo, 
Abduhu lam ya’t bil-kufran yavman bal shakar



220 
La’lin ochsa yinjulardin to‘klunur turluk latif, 
Ul erinning totliqig‘a qayda yetsun bol shakar
... 
Kullamo tolabtu minhu bi-intiholin qublatan, 
Lam yuhibbu-l-absaba zoqa qalbiy va-n-kasar. 
Rabg‘uziy Nosir qo‘rursa yuz o‘vurmas ishqdin, 
Bek necha bushub so‘karsa qul qachon ko‘nglin kesar

“Qisas” she’rlari orasida mushoara-aytishuvlar ham bor. Zulayxo va Yusuf 
oralarida bo‘lib o‘tgan mojaroli voqea el orasida ko‘p gap-so‘zlarga sabab bo‘ladi. 
Bunda ayollar ko‘proq Zulayxoni malomatga qoldiradilar. Shunda Zulayxo bir 
guruh ayollarni chorlab qo‘llariga sabzi, pichoq beradi va uni to‘g‘rashni buyuradi. 
Ayollar sabzi to‘g‘rashga tushganlarida Zulayxo Yusufni ular oldidan aylantirib 
o‘tishni buyuradi. Yusufni ko‘rgan ayollar hushlarini yo‘qotadilar. Rabg‘uziy olti 
ayol tilidan arab tilida baytlar yozadi va ularning turkiy tarjimasini ham keltiradi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish