Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Asarning badiiy xususiyatlari



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Asarning badiiy xususiyatlari.
 
“Qisasi Rabg‘uziy” turkiy epik janrlar 
shakllanishi va taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bunda Rabg‘uziy tanlagan 
Qur’oniy va diniy qissa, rivoyat va hikoyatlar – materiallargina muhim emas. Ular 
boshqa manbalar orqali ham o‘rganilishi mumkin edi. Gap shundaki, Rabg‘uziy 
o‘z davrining yetuk adibi sifatida badiiy adabiyotning asosiy tamoyillariga qat’iy 
rioya qilib, mavjud materialni o‘z g‘oyalariga ko‘ra qayta talqin qildi. Bunda u o‘z 
davridagi badiiy adabiyot tamoyillarini yaxshi o‘zlashtirgani ko‘rinadi. Bu 
tamoyillar Haydar Xorazmiyning bir baytida yuksak ifodalangan: 
So‘zda kerak ma’niyu ma’nida zavq, 
So‘zlaguvchida so‘z uchun dardu shavq

Yuqorida zikr etilganidek, “Qisas” kompozitsiyasi juda murakkab tizimga 
keltirilgan. Har biri (garchi ularda ba’zi nuqsonlar bo‘lsa-da) alohida asardek 
tuyulgan zarbulmasal qissalar mantiqiy ma’no ipiga tizilgan. Umumiy syujet 
yaxlitligi ta’minlangan; zavq, dardli shavq asar ritmik tempi ta’sirchanligini 
shakllantirgan.


212 
Qissadan qissaga personajlar xarakterlari ham takomillashib boradi. Asar 
boshida Hobil sustkashligi, Qobil johil va o‘jarligi bilangina ko‘zga tashlansa, 
Ismoil haqiqat va jaholat yo‘llarini yaxshi farqlaydi, haqiqat, ma’rifat yo‘lida, 
Shayton qanchalik urinib yo‘l to‘smasin, jonini berishga tayyor sabot va matonatli, 
jasur shaxs sifatida gavdalanadi. Yusuf esa tush orqali kelajakni bashorat qilishga 
qodir aql-zakovatidan tashqari, xalqni qurg‘oqchilik va qahatchilik balosidan 
qutqarib qolishga qodir, insonlarga najotbaxsh, ilhombaxsh go‘zallik va 
donishmandlik maqomiga yetadi va h. 
Boshqa diniy asarlarda, payg‘ambarlar tarixlarida Ibrohim payg‘ambarning 
Sora va Hojar ismli xotinlari orasidagi munosabatlar silliq kechadi. Hatto, ular bir-
birlariga mehribon g‘amxo‘r sifatida tasvirlanadi. Rabg‘uziy ularning 
munosabatlarini real hayotga moslashtiradi. Rashkdan tug‘yonga kelgan Sora va 
kundoshidan qo‘rqib yuradigan Hojar xarakterlari anchayin jonli ishlangan. 
Asarda bir nechta hayvonlar obrazi (tuya, kaptar, qaldirg‘och, it, mushuk, 
sichqon, ilon, chumoli va h.) mavjud. Ular odamlar kabi so‘zlaydilar. Bu majoziy 
timsollar muhim badiiy vazifani ham bajaradilar. Masalan, yer, osmon va suvdagi 
barcha maxluqotlar, dev va jinlar, hatto shamol ham mulk qilib berilgan 
Sulaymondek hukmdor va payg‘ambar chumoli savol-javobida mot bo‘ladi: ... 
Sulaymon aydi: Andog‘ cherikingni naluk qochirding? (Qarinchqa – chumoli ) 
aydi: Sening cheriking kecharda bilmayin bosqaylar. Ular halok bo‘lg‘aylar deb 
qochurdim. Sulaymon aydi: Sen naluk qaytmading? Aydi: Men bularning 
ulug‘iman. Ulug‘ (kishilar) raiyatlarg‘a mushfiq (bo‘lmog‘i) kerak. Balo 
kelmishda o‘zini balog‘a qarshu tutg‘u kerak...
Chumoli savol berishga izn so‘raydi, ruxsat olgach savol bera boshlaydi: 
Qarinchqa aydi:
– Mavlodin ne tilading?
Sulaymon aydi:
– Andog‘ mulk tiladimki, mandin o‘zga kim ersada bo‘lmasun. 


213 
– Bu so‘zdin hasad isi kelur – manga bo‘lgun, o‘zgalarga bo‘lmagun. Taqi ne 
tilading? 
Sulaymon aydi: 
– Yelni tiladimkim, manga musaxxar qildi, minib yururman. Asthardin 
Shomg‘a, Shomdin Astharg‘a bir oylik yo‘l turur. Kunda borurman ham kelurman. 
Qarinchqa aydi: 
– Ma’nisi ul bo‘lur: sening ilkingdagi mulkning qamug‘i yel turur
26
. Ani 
minguncha ma’rifat markabini (ulov, tulporini) minsang, senga yaxshiroq bo‘lur. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish