Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


“Qisasi Rabg‘uziy”ning manbalari va o‘rganilishi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

“Qisasi Rabg‘uziy”ning manbalari va o‘rganilishi. 
“Qisasi Rabg‘uziy”ning 
hozirda bir necha qo‘lyozma nusxalari mavjud bo‘lib, ular XV asrda ko‘chirilgan 
Londondagi Britaniya muzeyida, XVI asrda ko‘chirilgan Sankt-Peterburg davlat 
kutubxonasida hamda Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar 
fondida (inv. № 1025, 7397, 1874, 1834, 6246, 6685, 6127) saqlanadi. Toshkentda 
saqlanayotgan qo‘lyozmalarning deyarli hammasida asarning oxirgi varaqlari 
mavjud emas. London va Sankt-Peterburg nusxalarida asar o‘rta varaqlarida 
nuqson bor. “Qisasi Rabg‘uziy” 1859, 1873, 1878 va 1881 yillarda Qozonda, 1900, 
1903, 1905, 1910, 1911 yillarda Toshkentda toshbosma usulida chop etilgan. Bu 
nashrlar nusxalari ham Toshkentda saqlanadi. Istanbulda ham “Qisasi Rabg‘uziy” 
turk olimlari tomonidan nashr ettirilgan. 
Asarning to‘la matni ilk marta rus turkiyshunos olimi N.Ilminskiy tomonidan 
1859 yili Qozon shahrida e’lon qilingan. Asar Britaniya muzeyida saqlanayotgan 
nusxa asosida Gronbek tomonidan 1948 yili Kopengagenda nashr qilingan. 1990 
yilda bu nashr asosida o‘zbek olimlari E.Fozilov, A.Yunusov va H.Dadaboyevlar 
tomonidan So‘zboshi, izoh va lug‘at bilan ta’minlangan kiril yozuvidagi nashrini 
amalga oshirdilar. Ba’zi tadqiqotlarda bu nusxa 1340 yilda ko‘chirilgan bo‘lib, bu 
davrda Rabg‘uziy hayot bo‘lgani taxmin qilinadi. Lekin bu taxmin, xolos. Chunki 
o‘zbek tilida qilingan nashrdagi birgina misol unda ham nuqsonlar ko‘pligini 
ko‘rsatadi. Misol shuki, kitobning yozilgan yili 
“Ta’rix yuz ellining avvali”
deb 
ko‘rsatiladi. Agar bu hijriy 150 yil 767 milodiy yilga to‘g‘ri keladi. Bu esa 
mantiqqa mutlaqo ziddir. Chunki, asar, avval ta’kidlanganidek, To‘qbug‘abek – 
musulmonlikni qabul qilgan mo‘g‘ul amaldorlari vakili, VIII asrda ularning O‘rta 
Osiyoda hukmronlik qilishi va unga asar bag‘ishlanishi mumkin emasligi 
fikrimizni tasdiqlaydi.
O‘zbekistonda “Qisasi Rabg‘uziy”ni o‘rganish 1929 yilda chop qilingan 
“O‘zbek adabiyoti namunalari”, “Tatar adabiyoti tarixi” kabi kitoblarga qisqa 
ma’lumotnoma va parchalar tayyorlash bilan boshlangan. U V.V.Radlov, 
V.Tomsen, P.M.Melioranskiy, S.YE.Malov, V.L.Kotvich, P.Sime, A.N.Kononov, 


205 
A.Fon, G.Ramstedt, Bosim Atalay E.N.Najib, Rahmat Arat kabi xorijiy 
turkiyshunos olimlar, Fitrat, N.Mallayev, T.G‘afurjonova, I.Ostonaqulov, 
Z.Shukurova kabi o‘zbek olimlari tomonidan ham tadqiq qilingan. 
Asarni o‘rganish ko‘pincha g‘oyaviy, til yoki tekstologik jihatdan chala yarim 
tadqiq qilingan. Uning barcha jihatlari kompleks o‘rganilmadi va o‘ziga xos janriy 
hamda badiiy xususiyatlari belgilanib, mutlaq adabiy hodisa sifatida qabul 
qilinmadi. Buning obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ular quyidagilar 
bilan izohlanishi mumkin: 
Birinchidan, asar materiali islom dinining muqaddas g‘oyalariga asoslangan 
rivoyat va hikoyatlaridan iborat. Bu asar iste’molchilari jamoalarining saviya va 
talabidan kelib chiqib amalga oshirilganini hisobga olmagan tadqiqotchilarni 
chalg‘itishi tabiiy edi. 
Ikkinchidan, asar yaratilgandan XX asr boshigacha bo‘lgan diniy mafkura 
ustuvor davrda u ilohiyot manbai sifatida mutlaqlashtirilib, uning majoziy va 
ramziy belgilari, badiiy xususiyatlari e’tibordan qoldirilgan edi. Uni badiiy asar 
sifatida baholash shakkoklik hisoblanar edi. SHo‘rolar mafkurasi ham unga xuddi 
shunday baho berib, uni iste’moldan chiqarishgacha borib yetdi. Bu davrda ham 
uni badiiy asar sifatida baholashni tasavvur qilib bo‘lmas uqubatlarga sabab 
bo‘lishi mumkin edi. Ikki holda ham u mutlaqlashtirish, ilohiylashtirish natijasida 
asl bahosini olmadi.
Uchinchidan, zamonaviy fanlar shakllana boshlagach, asarning o‘quvchilar 
orasida iste’molda bo‘lmagani uni o‘rganishni kechiktirib yubordi. 
«Qisasi Rabg‘uziy» asaridan o‘rin olgan hikoyatlar, rivoyat, naqllarga Qur’on 
va boshqa diniy kitoblardan, tarixiy asarlar va turli xalqlardan kirib kelgan afsona 
va rivoyatlar ham zamin bo‘lib, ular turkiy epik an’ana ta’sirida yangi mohiyat va 
xususiyat kasb etdi. 
Mazkur davr o‘zbek adabiyoti Mo‘g‘ul istilosining, dahshatli hukmronlikning 
og‘ir natijalari oqibatida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy ahvolga qaramasdan, janr 
rang-barangligi bilan taraqqiy etib borganligi diqqatga sazovordir. Jumladan, nasr 


206 
ham adabiy jarayonning boyligiga aylandi. Asar garchi anbiyolar to‘g‘risidagi 
majmua bo‘lsa-da, sof diniy ruhdagi asarlardan farqli o‘laroq, o‘zida dunyoviy 
mayllarning, xalq og‘zaki ijodiga xos badiiy fantaziya tasviri ko‘lamining kengligi 
bilan ajralib turadi. 
Darhaqiqat, «Qisasi Rabg‘uziy»dagi hikoyatlarning manbalari yuzasidan olib 
boriladigan izlanishlar masala tarixini kengroq tasavvur qilishga imkon beradi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish