Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Ko‘z yumib ochquncha bir soatda
27
 Arshg‘a tekkay eding
... 
Bunday jonli dialoglarga asarning juda ko‘p o‘rnidan joy beriladi. Ba’zan ular 
ertaklardagi kabi qiziqarli tus oladi: 
Solih payg‘ambarning onasi Zaum (Soxur)ning qush bilan suhbati 
quyidagicha: 
Zaum aydi: 
– Sen ne qush turursan? 
(Qush) aydi: 
– Men quzg‘unman. 
So‘rdi: 
– Boshing naluk oqardi? 
Aydi: 
– Qobil Hobil(ni) o‘lturmakinga man sabab erdim. Mavlo taolo manga ne 
jazo bergusi, andin qo‘rqub boshim oqardi. 
Aydi: 
– Tumshuqing naluk sarig‘ turur? 
Aydi: 
– Ujmohda za’farondin yedim. 
Yana aydi: 
– Ayoqlaring naluk yashil turur? 
26
Jumlaning mazmuni: Bu holning ma’nosi shuki, qo‘lingdagi hamma mulking yel – o‘tkinchi, yo‘q bo‘luvchidir
27
“Soat” so‘zi Rabg‘uziy davrida “lahza” ma’nosini anglatgan. 


214 
Aydi: 
– Ming yil Tubo yig‘ochinda qo‘ndum. 
Yana aydi: 
– Qorning naluk qora turur? 
Aydi: 
– Bir kun tamug‘ (do‘zax) uzasindin kechar (uchib o‘tar) erdim, o‘t issig‘i 
mundog‘ qildi
... 
Avj ibn Unuq timsoli xalq dostonlaridagi mubolag‘a bilan yaratilgan 
bahaybat insonlar qiyofasiga monand. Uning bo‘yi shu qadar uzunki, Nuh as. 
davridagi to‘fon uning tizasiga ham yetmaydi. Tog‘lar ustiga o‘tirib, dengiz suviga 
qo‘l solib katta baliqlarni tutadi va Quyoshga yaqin tutib pishirib yeydi. 
Hikoya boshdan-adoq ertaksimon tasvir usulida yozilgan. Avj bir yosh qizni 
xotinlikka olmoqchi bo‘ladi va uni hech kim ko‘rmas balanlikdagi tosh ustiga 
yashirib qo‘yadi. Qiz bo‘y yetgach, u bilan birga bo‘la olmasligini bilsa-da, uni 
g‘orga yashirib, o‘zi uzoqlarda aylanib yuradi. 
Qiz bir kuni bir yigitni ko‘rib, uni sevib qoladi. Yigit ham uni yaxshi ko‘radi. 
Ular bir-birlariga yeta olmay qiynaladilar. Yigitning ohu zorini eshitib qolgan 
kampir unga yordam bermoqchi bo‘ladi. Buning uchun unga bir sandiq yasatishni 
buyuradi. Yigit sandiq yasatib kelgach, uni sandiqqa solib o‘zi Avjning yo‘li ustida 
faryod chekib yig‘lay boshlaydi. Avj kampirdan yig‘isi boisini so‘raydi. Kampir 
o‘zida bir kishining omonati borligini, uni biror joyga qo‘ysa, o‘g‘irlatib 
qo‘yishidan xavotirda ekanligini aytib, Avjning uni o‘z uyida saqlab turishga 
ko‘ndiradi. Avj sandiqni uyiga olib boradi va o‘zi yana uzoqlarga ketadi. Yigit va 
qiz shu yo‘l bilan topishib, uchrashib turishadi. Avj bu holni sezib qolib, 
hammayoqni ostin-ustun qiladi. 
Asarda bunday epizodlar bir necha o‘rinda uchraydi va bu voqealarning 
payg‘ambarlar tarixiga hech qanday aloqasi yo‘q. Avj haqidagi hikoyada faqat 
Muso as. unga duch kelib, shunday bahaybat maxluqni o‘z lashkari bilan o‘ldirgani 


215 
voqealarning qissaga ulanib ketishini ta’minlaydi. Binobarin, bunga o‘xshash 
epizodlar asarning o‘qilishli chiqishiga xizmat qiladi. 
Asarda bahaybat odamlar timsoli ko‘p. Ular muammoli vaziyatlarning ifodasi 
sifatida keltirilganini tushunish qiyin emas. 
“Qisasi Rabg‘uziy”ning tili ham o‘z davrida juda ta’sirli bo‘lganiga shubha 
yo‘q. Unda qo‘llangan saj’ va xalq maqollariga mos jumlalar asar badiiyati 
mukammalligini oshirgan. 
Bu kitobni tuzgan, toat yo‘linda tizgan, ma’siyat 
yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘
... bu yerda saj’lanuvchi so‘zlardagi 
z, 
g, q, g‘
harflari 
rabg‘uz 
so‘zidagi harflar bilan tovushlar hamohangligini 
ta’minlash uchun xizmat qildirilgan.
Asar uslubiga ko‘ra, ilohiy iqtiboslarga boy bo‘lib, adib ularni mahorat bilan, 
xalq og‘zaki ijodiga xos ko‘rinishga keltirib tarjima qiladi. Masalan, arabcha “Al-
valadu fid-dunya sururun va fi-l-oxirati nurun” iborasi 
O‘g‘ul-qiz go‘rga nur turur, 
ko‘zga surur
... tarzida havola qilingan. Bunday saj’li birikmalar asarning bir necha 
o‘rnida qo‘llangan. 
“Qisas”ning ba’zi o‘rinlari xalq dostonlaridagi tasvir usuli va ritmni esga 
soladi: 
Yana bir rivoyatda Zulayxo amoriy (tuyaga o‘rnatilgan o‘rindiq)g‘a 
o‘lturub tamoshadin kelurda Yusufga yo‘luqdi, ko‘ngul isiqdi. Azizi Misrg‘a aydi: 
“Bu o‘g‘lonni sotg‘in olg‘il”. Aziz aydi: “Bizning molimiz yo‘q, baho 
tegurgaymiz”. Zulayxo aydi: “Bor molimizni beraling, kizlanchilarni beraling. 
Yetmasa, bo‘yumdaqi, quloqimdaqilarni chiqarib berayin”. Qulluq bog‘ 
bog‘langan bo‘yunga bo‘g‘moq ne kerak?! Ishq oyini birla inongan quloqqa oltun 
isirg‘a ne yarashur. Aziz aydi: “Ey Zulayxo, man malikdin vakil bo‘lub Yusufni 
malik uchun sotg‘in olg‘alu keldim. Sening uchun netak so‘zlayin?” Zulayxo aydi: 
“Man borayin, malikni ko‘rayin, dastur bersa Yusufni sotg‘in olayin”. Yorlig‘, 
Zulayxo kolobokdek o‘zin o‘tg‘a otdi, qul olur bo‘lub qulluqg‘a o‘zin sotdi. Yo‘li 
Yusufg‘a tushdi, yuzi ko‘rklukka tushdi. Ol qildi (ovg‘a), olg‘a ilindi. Ko‘z birla 
ko‘rayin tedi, ko‘ngul oldurdi. Uzoqqa yugurur bo‘lub tuzoqg‘a yo‘rkashdi, yo‘l 
kecharda to‘lun oy ko‘rdi, bulun bo‘ldi. O‘gsiz bo‘lub otdin tushdi, chechaktek 


216 
mengizi so‘ldi, ag‘loq yerga sovuldi, qiz qirqinlari birla qarshu o‘lturub, un tuzub 
aytu boshladi..

“Qisasi Rabg‘uziy”da metafora, istiora, o‘xshatish kabi tasvir vositalaridan 
ham keng foydalanilgan: bu
 xatolar to‘ning 
qo‘zg‘il (qo‘ygin, yechgin). 
Tuzulmish 
munchoq yibi uzulmishtek torilg‘ay


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish