2-MAVZU. PUL VA BANK ISHINI TARIXIY VA NAZARIY JIHATI
2.1. PULNI VUJUDGA KELISHI TARIXI VA PUL NAZARIYALARI
2.1.1. Pulni vujudga kelishi tarixi va funktsiyalari
2.1.2. Pulning nazariyalari
2.2. PUL TURLARI VA PUL TIZIMLARI
2.2.1. Pul turlari va ularning rivojlanishi
2.2.2. Pul tizimlari va ulaning elementlari
2.1.1. Pulni vujudga kelishi tarixi va funktsiyalari
Hozirda jamiyatni pulsiz tassavur etib bo‘lmaydi. Pul ilmiy muloqotlarning predmeti, oddiy oilaning orzusi, biznesmenning bosh og‘riqi, mafiyaning yo‘lchi yuldo‘zi. Pul jamiyatni kambag‘al va boylarga ajratadi, baxt va kulfat olib keladi, amalga ko‘taradi va jaxannamga yetaklaydi. Bernard Shou o‘zining vaqtida “Kambag‘allikning asosiy ildizi pulning kamchiligiga borib taqaladi” deb o‘tgan edi. Unda nima uchun davlatda “haddin ko‘p pul” bulsa barcha iqtisodchilar vaximaga va odamlar norozichilikka tushadilar?
Pul o‘zi nima? Uning jamiyatdagi o‘rni qanday? Pul yordamida davlatning iqtisodiy rivojlanishiga tasir ko‘rsatish mumkinmi? Shu va shu kabi savollar ilm dunyosida juda qizg‘in mo‘zokaralarga olib kelladi. Bunday savollarga javob berish uchun pulning kelib chiqish tarixiga bir nazar solsak.
Siz hayotni pulsiz tasavvur eta olasizmi?
Bir ko‘z oldingizga keltirib ko‘ringchi! Siz kitob sotib olmoqchisiz, do‘kondor esa sizdan pul o‘rniga bir bog‘ o‘tin so‘raydi. Non olish uchun bug‘doy, sut olish uchun xashak olib borish kerak. Agar avtobusga chiqsangiz yo‘l kira o‘rniga yoqilg‘i, poyafzal do‘konida esa teri talab qilishsa! Kulgilimi? To‘g‘risini aytganda, hatto tasavvur ham qila olmaysiz.
Insoniyatning eng buyuk kashfiyotlaridan biri bo‘lgan pul qachon, qayerda va qanday qilib paydo bo‘lgan?
Pul juda qadim zamonlarda paydo bo‘lgan va uning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lgan:
1-sabab. Qadimgi qabilalarda vaqti-vaqti bilan o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlar paydo bo‘lgan va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish imkoniyati tug‘ilgan. Masalan, daryo bo‘yida yashovchi kishilarning ovi baroridan kelib, juda ko‘p baliq ovlangan. Ular ortiqcha baliqni qo‘shni jamoaga don, to‘z yoki boshqa mahsulotlarga almashtirganlar.
Buyuk vatandoshimiz Abu Rayxon Beruniy o‘zining «Javoxirlar» kitobida javoxirlar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni ham keltirib o‘tadi. U natural almashuv to‘g‘risida bunday bir voqeani hikoya qiladi. Kunlardan bir kun notanish orolga kelib qolgan sayox u yerlik odamning qo‘lida o‘zi uchun kerakli narsani ko‘rib, bir oltin dinor beradi. Mahalliy odam dinorni olib aylantirib ko‘radi, so‘ngra xidlaydi va ta’mini bilmoqchi bo‘ladi. Dinorda hech qanday foydali belgilarni va ta’mini sezmaydi, uni egasiga kaytarib beradi: «Sen bergan narsaning men uchun hech qanday foydasi yo‘q ekan» - deydi. Anna shu hikoya orqali Abu Rayxon Beruniy qadimiy davrlarda odamlar o‘z mahsulotlarini faqat o‘zi uchun zarur va ehtiyejli bo‘lgan buyumlar bilan ayriboshlaganini ko‘rsatadi.(1)
Yoki boshqa bir misol, o‘rmonda yashovchi va ovchilik bilan shug‘ullanuvchi jamoa o‘zidagi ortiqcha hayvonlarni yoki go‘shtni boshqa jamoalarga kiyim-kechak yoki baliqqa almashtirganlar.
Dastlabki davrlarda mahsulotlar bir - biriga bevosita almashtirilgan va tasodifiy hollarda ro‘y bergan. Shunday qilib, kishilarning o‘z ehtiyojlaridan ortiqcha mahsulotlarni o‘zaro ayirboshlashlari pulning vujudga kelishiga dastlabki turtki, ya’ni sabab bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |