Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Hibatu-l-haqoyiq” dostonining manbalari va o‘rganilishi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Hibatu-l-haqoyiq” dostonining manbalari va o‘rganilishi. 
Asar ustida olib 
borilgan tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, "Hibatu-l-haqoyiq"ning bugungacha uchta 
to‘liq qo‘lyozmasi va ikkita ayrim parchalari saqlanib qolgan. Ularning eng 
qadimgisi 1444 yilda Samarqandda Ulug‘bekning nufuzli beklaridan bo‘lgan 
Arslonxo‘ja Tarxon topshirig‘iga ko‘ra, kotib Zaynulobidin ibn Sultonbaxt al-
Jurjoniy al-Husayniy tomonidan uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan. Keyingi nusxa 
uyg‘ur va arab yozuvlarida bo‘lib, 1480 yilda Turkistonda Istambulga borib qolgan 
kotib Shayxzoda Abdurrazoq baxshi tomonidan ko‘chirilgan. Uchinchi qo‘lyozma 
arab xatida bo‘lib, unga turkiya sultoni Boyazid II muhri bosilgan. Bu nusxa ham 
XV asr oxiri XVI asr boshlarida ko‘chirilgan. Umuman, asarning barcha 
qo‘lyozmalari Berlin va Istanbulda saqlanadi. 
XV – XVI asrlardan so‘ng «Hibatul-haqoyiq»ning mavjudligi haqida 
ma’lumot uchramaydi. XX asr boshlarida Najib Osim asarning bir qismini e’lon 
qilib, «Hibatul-haqoyiq»ning mavjudligini jamoatchilikka bildiradi. Najib 
Osimning bu ishi haqida V. V. Radlovning taqrizi e’lon qilinadi. 1915 – 1916 
yillari «Hibatul-haqoyiq» Istanbulda Najib Osim tomonidan ikki marta e’lon 
qilinib, bulardan bir tekst, tarjima, ayrim izohlar bilan bosilgan bo‘lsa, ikkinchisida 
asarni to‘latish maqsadida uning faksimilesi ham e’lon qilinadi. 


168 
Shuningdek, T.Kavalskiy va J.Deni Najib Osimning «Hibatu-l-haqoyiq» asari 
yuzasidan qilgan ishlariga taqrizlar yozganlar. 
Dostonning til xususiyati biroz murakkab bo‘lganligi sababli ko‘plab 
hatttotlar tomonidan soddalashtirilgan holda ko‘chirish hollari uchraydi. Shu 
sababdan asarning ilmiy-tanqidiy matnini tuzishga ehtiyoj tug‘iladi va asarning 
qo‘lyozma manbalarini jiddiy o‘rganish boshlanadi. Asarni birinchi marta turk 
olimi Najib Osimbek topib (inv. №4757), nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri — 
1906, to‘liq nashrlari 1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni R.R.Arat 
so‘zboshi, izohlar va oltita nusxasining faksimilesi va Turkiyada XVI-asrda 
ko‘chirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. U Pekinda 
1980 yilda, Olmaotada 1984 yilda nashr etilgan.
Rus olimlaridan S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Steblevalar ham asar 
ustida tadqiqot ishlarini olib borganlar. O‘zbekistonda asardan parchalar Fitrat
Oybek, P.Shamsiyev, S.Mutallibovlar tomonidan o‘zbek adabiyoti namunalaridan 
tuzilgan majmualarda eʼlon qilingan. So‘ng u Q.Mahmudov tomonidan alohida 
kitob holida e’lon qilindi (1968; 1971). O‘tgan asr oxirlarida uyg‘ur olimlari 
H.Temur va T.Ayyub, qozoq olimlari E.Qurishjonov va B.Sog‘indiqovlar uni asl 
matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Fitrat, Fuod 
Ko‘prulu, T.Takin, E.Rustamov, N.Mallayev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, 
A.Rustamov, 
M.Imomnazarov, 
B.To‘xliyev, 
N.Rahmonov, 
I.Haqqulov, 
G.Xo‘janova va boshqalar ham Yugnakiy va "Hibat ul-haqoyiq" haqida u yoki bu 
darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar. 
Shoir "Hibatu-l-haqoyiq"ni tugatib, uni hukmdor Dodsipohsolorbekka taqdim 
etadi. Mashhur sharqshunos olim YE.E.Bertels bu asar qadimiy turkiy adabiy 
tilidan mumtoz o‘zbek adabiy tiliga o‘tishda bir “ko‘prik” bo‘lganini aytadi. Asar 
tilida qadimiy turkiy so‘zlardan ko‘ra, arab va fors so‘zlarining ko‘p qo‘llangani 
shundan dalolat beradi. Yugnakiy bu asari bilan o‘zbek adabiy tili va adabiyoti 
rivojiga katta hissa qo‘shgan. 


169 
Asar tili ravon, sodda, ifodalar ta’sirchan. Unda turkiy tilning o‘ziga xos 
so‘zlari katta o‘rin egallaydi. Unda takrorlanishlarni hisobga olmaganda mingga 
yaqin so‘z qo‘llanilgan, ularning uchdan bir qismini sof turkiy so‘zlar tashkil 
qiladi. Uchdan bir qism so‘zlar esa arab va fors tilidan o‘zlashgan. Bu "Qudatg‘u 
bilig" tili bilan qiyoslansa, adabiy tilda arabcha va forscha so‘zlar salmog‘i ortib 
borayotganini ko‘rish mumkin. Chunki "Qudatg‘u bilig"da arabcha va forscha 
so‘zlar salmog‘i 4-5 foizdan oshmaydi. 
Uning til xususiyatlari bir qadar mukammal bo‘lib, bir tomondan XI asrda 
yaratilgan "Qudatg‘u bilig"ka, ikkinchi tomondan XIV asr boshida yozilgan 
"Qisasi Rabg‘uziy"ga o‘xshab ketadi. Shunga ko‘ra, asarni XII asr oxiri XIII asr 
boshlarida yaratilgani to‘g‘risidagi xulosaga kelingan.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish