Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Dostonning ahamiyati. 
“Qutadg‘u bilig”ning adabiyotimiz tarixidagi 
ahamiyati benihoya kattadir. Ularni, jumladan, quyidagilar bilan izohlash o‘rinli. 
Birinchidan, doston XI asrgacha bo‘lgan turkiy xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-estetik va adabiy-badiiy sohalardagi yutuqlarini 
mujassamlashtirgan asar sifatida maydonga keldi. 
Ikkinchidan, asar turkiy badiiy tafakkurni o‘z davri jahon badiiy tafakkurining 
ilg‘or darajasiga olib chiqdi. 
Uchinchidan, asar turkiy adabiyotning taraqqiyot yo‘lini belgilab olishga 
xizmat qildi. Uning bu xususiyati turkiy tilda katta epik asarlar, shuningdek, 
qasida, g‘azal, masnaviy, munozara, noma, to‘rtlik – ruboiy kabi bir necha 
janrlarda keng ijod imkoniyati borligini amaliy ko‘rsatib berishida namoyon 
bo‘ladi. 
To‘rtinchidan, doston badiiy didaktik uslubning yuksak namunasi sifatida 
axloqiy pandlarni obrazli talqin qilish maktabini shakllantirdi. Asar ustida 
tekshirishlar olib borgan tadqiqotchilarning deyarli barchasi uning didaktik 
xarakterda ekanini ta’kidlaydilar. «Qutadg‘u bilig», deb yozadi A.A.Valitova, 
haqiqatda ham yorqin ifodalangan axloqiy asar bo‘lib, hukmdor bo‘lishga 
tayyorlanayotgan yosh vorisga pand-o‘gitlar tariqasida yozilgan»
19
. I.Barolina esa 
bu asar o‘zida axloqiy o‘gitlar zanjirini mujassamlashtirib, falsafiy, ijtimoiy hamda 
axloqiy muammolarning katta doirasini qamrab olganini qayd etadi.
20
Akademik 
A.N. Kononov: «Qutadg‘u bilig» didaktik asardir. Bu janrning ildizlari uzoq 
o‘tmish davrlarga borib taqaladi. Bu janr qadimgi misrliklar va hindlarga ma’lum 
edi. So‘ngroq esa Uyg‘onish davrida, ya’ni, «Qutadg‘u bilig» yaratilganidan qariyb 
19
Валитова А.А. К вопросу о классовой природе Караханидского государства… С. 129. 
20
Баролина И. Поэма «Кутадгу билиг» // Юсуф Хас Хаджиб. Наука бит счастливим. Пер. Н. Гребнева. 
Ташкент. 1963. С. 102. 


162 
besh asr keyin, bu janr yevropaliklarga ham ma’lum bo‘ldi va ular xuddi o‘sha 
«Qutadg‘u bilig»dagidek didaktik g‘oyalarni ifodalashda o‘z hayotlarini aks 
ettiruvchi «ko‘zgular» shaklidan foydalanadilar»,
21
deb ko‘rsatadi. 
Beshinchidan, asar orqali turkiy adabiy va badiiy til imkoniyatlari ochib 
berildi. 
Oltinchidan, asar jahon turkologiya ilm-fani diqqatini jalb qilish orqali 
turkiylar umumiy tarixining oydin sahifalarga boyligini namoyon qilishga xizmat 
qildi. 
Yettinchidan, dostonda keltirilgan nomlar va ularga taalluqli ma’lumotlar 
filologiya, tarix va etnologiya kabi fanlar uchun o‘ziga xos ilmiy qimmat kasb 
etadi. Masalan, 
Ko‘ru bersa emdi bu turk beglari, (
bu turk beklariga qaralsa,

Bu turk beglarinda taqi yeglari, (
ularning yanada yaxshilariga
,) 
Bu turk beglarinda oti belgulug, (
ular orasida mashhuri

Tug‘a Alp Er erdi quti belgulug. (
quti ma’lum Tug‘a Alp Er edi

Bezug bilgi birla o‘kush erdami, (
uning bilimi buyuk, hunari ko‘p,

Biliglik, uqushlug‘, buzun ko‘zrumi. (
bilimli, zakiy, elda sara edi

Tajiklar ayur oni Afrosiyob, (
tojiklar uni Afrosiyob deb ataydilar

Bu Afrosiyob tutti ellar talab. (
u ellarni o‘z tasarrufida tutdi

Ezi ortuq erdam kerak-ul bilig, (
buning uchun ko‘p hunar va bilim kerak

O‘run tutg‘uqa o‘tru sunsa alig. (
so‘ng o‘rin tutmoqqa qo‘l cho‘zsa bo‘ladi

Tajiklar bitigda bitimish muni, (
tojiklar buni kitobda bitganlar

Bitigda yo‘q ersa, kim uqg‘ay oni. (
kitobda bo‘lmasa, uni kim bilar edi

Kabi satrlarda keltirilgan Tug‘a Alp Er (Alp Er To‘nga) nomi tojik xalq 
kitoblarida bitilgan Afrosiyobning aynan o‘zi ekanini ta’kidlaydi. Shuningdek, 
Tug‘ar (Sharq), Bitar (G‘arb), O‘ng (Sharq) kabi qutbga xos, Oy // Yolchiq, 
21
Кононов А.Н. Слово о Юсуфе из Баласагуна и его поэме «Кутадгу билиг» - // СТ. 1790. № 4. С. 
11-12. Стеблева И. В. Поэтика "Кутадгу билиг" //СТ, 1970, № 4. с. 94-100.


163 
Yoshiq (Quyosh), Azg‘ir (Ayg‘ir – Sirius), Yildiriq (Sirius), Arslon, Orzu (Utorid), 
Erandiz // Erantiz (Javzo), Baqir so‘quna (Mirrix – Mars), Ko‘rud (Mars), 
Bug‘doyboshi (Sunbula), Chazon (Aqrab), Yoy // Yo (Qavs), Ko‘nak (Dalv), 
O‘g‘laq (Jadiy), O‘ngay (Mushtariy – Yupiter), Qaraqush (Mushtariy), Qo‘zi 
(Hamal), Quchiq (Saraton), Sekantir (Zuhal - Saturn), Sevit (Zuhra - Venera) Uz 
(Savr), Ulgu (Mezon), Urkar (Hulkar) kabi astronomik va boshqa nomlar 
ijodkorning keng bilim doirasini anglatishdan tashqari milliy o‘ziga xoslik, 
tafakkur tarzini ham namoyon qiladi. 
O‘n asrdan buyon o‘qilib, saqlanib kelinayotgan bu noyob adabiy obidaning 
o‘rganilishi davom etmoqda. Uning yuqorida ta’kidlangan ahamiyati va unda inson 
ma’naviyati, jamiyatning illatlardan xoli bo‘lishi masalalari badiiy, obrazli talqin 
qilingani asar abadiyatini ta’minlaydi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish