Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Dostonning tarkibiy tuzilishi va mavzu doirasi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Dostonning tarkibiy tuzilishi va mavzu doirasi. 
Asar ba’zi manbalarda 235 
bayt, 254 bayt yoki 484 misra, 512 misra deb ko‘rsatiladi. Umuman, dostonning 
umumiy hajmi 500 misradan ortiq. "Hibatu-l-haqoyiq" ichidagi ilovada uning 14 
bobdan iboratligi aytilsa-da, 1480-yil Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan 
ko‘chirilgan nusxasida ko‘chirish jarayonida u 3 bobi ixchamlanib, 11 bobga 
tushirilgan. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (sav) na’ti va 
choryorlar ta’rifiga, 3-bobi Dodsipohsolorbek madhiga bag‘ishlangan. 4-bobda 
kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so‘ng 
asosiy qismga o‘tiladi. 5-bob – ma’rifatning foydasi-yu jaholatning zarari, 6-bob – 
til odobi, 7-bob – dunyoning o‘tkinchiligi, 8-bob – saxiylik va baxillik, 9- va 14-
boblar turli masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 11-bob – kitobning xotimasidir. 
Ta’limiy doston hisoblanuvchi bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon 
qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqin etiladi.
Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O‘ziga xos 
axloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari 
singdirilgan. Ushbu asarning bosh g‘oyaviy maqsadi islom dini g‘oyalari asosida 
inson axloqini takomillashtirish, komil insonni tarbiyalashdir
.


170 
Asarda biror aniq voqea, hodisa yoki sarguzasht hikoya qilinmaydi. Unda 
ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq tushuncha va masalalari qahramon va 
personajlar ishtirokisiz an’anaviy ma’lum tizim asosida izchillik bilan izohlab, 
bayon qilib boriladi. Umuman, didaktik xususiyatga ega bo‘lgani sababli unda 
pand-nasihatlar asosiy o‘rin egallaydi. Asarning bu xususiyatiga ko‘ra uning 
badiiyyati mezonlarini belgilab olinadi. Ma’rifat va jaholat, saxovat va baxillik, 
kamtarlik va kibr, halol va harom, to‘g‘rilik va egrilik kabi tushunchalar o‘rtasidagi 
ziddiyatlar va ularning badiiy yechimi asarning umumiy g‘oyasini tashkil etadi. 
Baholiq dinor ul biliklik kishi, 
Bu johil biliksiz bahosiz bishi

Mazmuni: Bilimli kishi bahosi baland dinor (boylik)dir, bilimsiz johil esa 
bahosiz (qiymatga ega bo‘lmagan) mevadir. 
Ahmad Yugnakiy inson hayotida ilmning ahamiyati yuksakligini qayd etadi. 
Turli o‘xshatishlar orqali ilm va ilmli kishilarni ulug‘laydi. Bilimli xotin – er 
o‘rnida, ilmlining oti abadiy, u o‘lsa ham nomi o‘chmaydi, bilimlining biri 
bilimsizning mingiga teng, bilimsiz erkak – xotindekdir, ilmsiz – iliksiz suyak
ilmsiz kishi tirik bo‘lsa ham o‘lik o‘rnida va hokazo: 
Biliklik biringa, biliksiz mingin, 
Tengakli tengadi bilikning tengin... 
So‘ngakka yiliktak eranga bilik, 
Eran ko‘rki-aql, so‘ngakning yilik
... 
Mazmuni: Bilimli bir kishi bilimsiz ming kishiga teng, bilimli kishi bilim 
qadrini biladi. Kishiga bilim suyakka ilikdekdir, kishiga ko‘rk – aql, suyakka ilik... 
Adib ta’kidicha, bilimli kerakli so‘zni biladi, keraksiz so‘zni aytmaydi. 
Bilimsiz esa nima deganini bilmaydi. Tili boshini yeydi:
Biliklik keraklik so‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mib kizlayur. 
Biliksiz na aysa ayur uqmayin, 
Aning o‘z tili o‘z boshini yeyur...


171 
Adib fikricha, kishi so‘z mag‘zini chaqib, o‘qib, uqib so‘zlashi, gapirganda, 
boshqalar bilan so‘zlashayotganda mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar o‘zini 
aksincha tutadigan bo‘lsa, so‘zdan tiyilgani ma’qul. Chunki pinhon tutilishi kerak 
bo‘lgan so‘z tilidan chiqib ketsa, boshni yashirib yurishiga majbur qiladi: 
O‘qub so‘zla so‘zni, eva so‘zlama, 
So‘zung kizla, kezin bashing kizlama

Mazmuni: 
So‘zni uqub so‘zla, shoshib (behuda) gapirma, 
So‘zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma. 
Ahmad Yugnakiy saxovatni ulug‘laydi, baxillikni qoralaydi. Saxovat-
karamsiz kishi mevasiz daraxt kabidir, mevasiz daraxt kesib yoqilishga mahku: 
Yimishsiz yig‘ochtak karamsiz kishi, 
Yimishsiz yig‘ochni kesib o‘rtagil

Kamtarlik, sabr-qanoat inson bezagi. Ulug‘likka yetishgan yanglishmasligi, 
agar atlas kiysa, bo‘z kiyganingni unutmasligi lozim: 
Ulug‘likka tegsang, yangilma o‘zung, 
Qali kiysang atlas, unutma bo‘zung
.
To‘g‘rilik, adolat egrilikka qarshi qo‘yiladi. To‘g‘rilik va adolat ijtimoiy 
vaziyatning o‘nglanishiga xizmat qilishi quyidagi misralarda ifodalanadi: 
Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, otin ko‘ni, 
Ko‘ni teyu bilsun xaloyiq seni. 
Ko‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik, 
Ketim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni
... 
Mazmuni: Adolatli bo‘l, to‘g‘rilik qil, to‘g‘ri nomini ol, xaloyiq seni to‘g‘ri 
deb bilsin. Egrilik to‘nini tashlab to‘g‘rilik to‘nini kiy, chunki to‘nlarning afzali 
haqiqat to‘nidir. 
Kamtarlik va kibrning jamiyatdagi o‘rni quyidagi misralarda zikr qilingan: 
Takabbur qamug‘ tilda yirlur qilig‘,
Qiliqlarda edgu qiliq qo‘y qiliq. 


172 
Takabburlik barchada nafrat qo‘zg‘ab, badnom qiladi, kamtarlik, 
muloyimlik ezgu amaldir. 
Ul erkim ulug‘sindi men-men dedi,
Ani ne xaloyiq sevar, ne xoliq

Kimda-kim manman deb, o‘zini baland tutsa, uni na xalq, na xoliq (tangri) 
sevadi. 
Shoir ezgu amallarga chaqiruvchi so‘zlarining ta’sirini yanada oshirish uchun 
diniy tushunchalar kuchidan foydalanadi: 
Tavozu’ qiliqni ko‘torur Izi, 
Takabbur tutar erni kemshur quzi

Mazmuni: Tavozeli kishini Izi (xudo) yuqori ko‘taradi, kibrli kishini quyi 
tashlaydi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish