170
Asarda
biror aniq voqea, hodisa yoki sarguzasht hikoya qilinmaydi. Unda
ma’naviyat, ma’rifat va odob-axloq tushuncha va masalalari qahramon va
personajlar ishtirokisiz an’anaviy ma’lum tizim asosida izchillik bilan izohlab,
bayon qilib boriladi. Umuman, didaktik xususiyatga ega bo‘lgani sababli unda
pand-nasihatlar asosiy o‘rin egallaydi. Asarning bu xususiyatiga ko‘ra
uning
badiiyyati mezonlarini belgilab olinadi. Ma’rifat va jaholat, saxovat va baxillik,
kamtarlik va kibr, halol va harom, to‘g‘rilik va egrilik kabi tushunchalar o‘rtasidagi
ziddiyatlar va ularning badiiy yechimi asarning umumiy g‘oyasini tashkil etadi.
Baholiq dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz bahosiz bishi
.
Mazmuni: Bilimli kishi bahosi baland dinor (boylik)dir, bilimsiz johil esa
bahosiz (qiymatga ega bo‘lmagan) mevadir.
Ahmad Yugnakiy inson hayotida ilmning ahamiyati yuksakligini qayd etadi.
Turli o‘xshatishlar orqali ilm va ilmli kishilarni ulug‘laydi. Bilimli xotin – er
o‘rnida,
ilmlining oti abadiy, u o‘lsa ham nomi o‘chmaydi, bilimlining biri
bilimsizning mingiga teng, bilimsiz erkak – xotindekdir, ilmsiz –
iliksiz suyak,
ilmsiz kishi tirik bo‘lsa ham o‘lik o‘rnida va hokazo:
Biliklik biringa, biliksiz mingin,
Tengakli tengadi bilikning tengin...
So‘ngakka yiliktak eranga bilik,
Eran ko‘rki-aql, so‘ngakning yilik
...
Mazmuni: Bilimli bir kishi bilimsiz ming kishiga teng, bilimli kishi bilim
qadrini biladi. Kishiga
bilim suyakka ilikdekdir, kishiga ko‘rk – aql, suyakka ilik...
Adib ta’kidicha, bilimli kerakli so‘zni biladi, keraksiz so‘zni aytmaydi.
Bilimsiz esa nima deganini bilmaydi. Tili boshini yeydi:
Biliklik keraklik so‘zin so‘zlayur,
Keraksiz so‘zini ko‘mib kizlayur.
Biliksiz na aysa ayur uqmayin,
Aning o‘z tili o‘z boshini yeyur...
171
Adib fikricha, kishi so‘z mag‘zini chaqib, o‘qib, uqib so‘zlashi, gapirganda,
boshqalar bilan so‘zlashayotganda mutlaqo shoshilmasligi kerak. Agar o‘zini
aksincha tutadigan bo‘lsa, so‘zdan tiyilgani ma’qul. Chunki pinhon tutilishi kerak
bo‘lgan so‘z tilidan chiqib ketsa, boshni yashirib yurishiga majbur qiladi:
O‘qub so‘zla so‘zni, eva so‘zlama,
So‘zung kizla, kezin bashing kizlama
.
Mazmuni:
So‘zni uqub so‘zla, shoshib (behuda) gapirma,
So‘zingni yashir, keyin boshingni yashirib yurma.
Ahmad Yugnakiy saxovatni ulug‘laydi, baxillikni qoralaydi.
Saxovat-
karamsiz kishi mevasiz daraxt kabidir, mevasiz daraxt kesib yoqilishga mahku:
Yimishsiz yig‘ochtak karamsiz kishi,
Yimishsiz yig‘ochni kesib o‘rtagil
.
Kamtarlik, sabr-qanoat inson bezagi. Ulug‘likka yetishgan yanglishmasligi,
agar atlas kiysa, bo‘z kiyganingni unutmasligi lozim:
Ulug‘likka tegsang, yangilma o‘zung,
Qali kiysang atlas, unutma bo‘zung
.
To‘g‘rilik, adolat egrilikka qarshi qo‘yiladi. To‘g‘rilik
va adolat ijtimoiy
vaziyatning o‘nglanishiga xizmat qilishi quyidagi misralarda ifodalanadi:
Ko‘ni bo‘l, ko‘nilik qil, otin ko‘ni,
Ko‘ni teyu bilsun xaloyiq seni.
Ko‘nilik to‘nin kiy, qo‘yub egrilik,
Ketim to‘n to‘lusi ko‘nilik to‘ni
...
Mazmuni: Adolatli bo‘l, to‘g‘rilik qil, to‘g‘ri nomini ol, xaloyiq seni to‘g‘ri
deb bilsin. Egrilik to‘nini tashlab to‘g‘rilik to‘nini kiy, chunki to‘nlarning afzali
haqiqat to‘nidir.
Kamtarlik va kibrning jamiyatdagi o‘rni quyidagi misralarda zikr qilingan:
Takabbur qamug‘ tilda yirlur qilig‘,
Qiliqlarda edgu qiliq qo‘y qiliq.
172
Takabburlik barchada nafrat qo‘zg‘ab, badnom qiladi, kamtarlik,
muloyimlik ezgu amaldir.
Ul erkim ulug‘sindi men-men dedi,
Ani ne xaloyiq sevar, ne xoliq
.
Kimda-kim manman deb, o‘zini baland tutsa, uni na xalq, na xoliq (tangri)
sevadi.
Shoir ezgu amallarga chaqiruvchi so‘zlarining ta’sirini yanada oshirish uchun
diniy tushunchalar kuchidan foydalanadi:
Tavozu’ qiliqni ko‘torur Izi,
Takabbur tutar erni kemshur quzi
.
Mazmuni: Tavozeli kishini Izi (xudo) yuqori ko‘taradi, kibrli kishini quyi
tashlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: