Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


Yassaviyning tasavvufiy suluki



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Yassaviyning tasavvufiy suluki. 
Ahmad Yassaviy tasavvufiy tariqatlarning 
malomatiyya (o‘z fazilatlarini pinhon tutib, ayblarini yashirmasdan malomatda 
yashash) sulukiga mansubdir. Bu mazhab IX asrda Eronning Nishopur shahrida 
yuzaga kelgan bo‘lib, tasavvufning umumiy ta’limoti negizida shakllandi. Tariqat 
vakillari o‘z-o‘zini komillashtirishning eng muhim sharti ko‘ngil pokligi va nafs 


183 
tarbiyasi deb bildilar. Buning uchun o‘z-o‘ziga tahlil, tanqid va nazorat qilish 
lozim sanaladi. Bu bilan so‘fiy o‘z qusur va nuqsonlarini malomat tilida fosh etadi.
Oshiqlarg‘a dunyoda xorliq, zorliq, malomat, 
Malomatsiz, mehnatsiz oshiqman deb aytmasun...
Shuningdek, u o‘zini o‘zgalarning riyokorligidan, hasad, fitna kabi 
qabihliklaridan asraydi. Adabiyotshunos Ibrohim Haqqul bu suluk vakillari haqida 
to‘xtalar ekan: “O‘zgalarning yolg‘onu riyokorliklaridan so‘z ochish oson, biroq 
o‘zingdagi qalloblik va riyoning pardalarini yirtish matonatli ishdir. 
Malomatiyyachilar mana shunday matonat uchun kurashganlar”, deydi.
Lekin Yassaviyning qarashlarida bu tariqatning boshqa vakillardan farqli 
jihatlar ham ko‘zga tashlanadi. Xususan, u umrining ma’lum bosqichida 
tarkidunyochilikni ixtiyor etgani buning yaqqol dalilidir. Bu uzlatning sababini 
yassaviyshunoslar quyidagicha izohlaydilar: 
Birinchidan
, Yassaviy jamiyatdan emas, undagi zolim, takabbur, qabih va 
badnafs kishilardan o‘zini chetga oldi. 
Ikkinchidan
, Haq yo‘liga kirgan so‘fiy o‘z nafsini tarbiyalashi uchun nafsoniy 
istak-xohishlarini o‘ldirishi kerak edi. Istak-xohish asli nafsoniyatga doir, uni 
o‘ldirish nihoyatda mushkuldir. U, albatta, badal talab qiladi. Bu badal boshqacha 
yashash xohishidir. Binobarin, xohish mavjud sharoitda tug‘iladi va o‘ladi. Lekin 
bu boshqa sharoit mavjudligini, unda hayot davom etishi mumkinligini rad 
qilmaydi. Yassaviy o‘zini nazariy jihatdan emas, amalda ham mavjud voqelikdan 
ajratadi. 
Uchinchidan
, Yassaviyda nafs tarbiyasi muhim o‘rin tutadi. Bunda so‘fiy 
ko‘ngil xilvatiga muhtojdir. Ko‘ngil taassurotlardan xoli bo‘lmas ekan, xilvat tuya 
olmaydi. 
Shoir “Hikmatlar”i mohiyatini jamiyatdan uzilishni targ‘ib qilish emas, balki 
insoniyatning komillikka erishuvi uchun kurash tashkil etadi. Chunki tasavvufning 
mohiyati ham Haqga intilish, yaqinlashish bo‘lib, buning uchun, Navoiy ta’biri 
bilan aytganda, “ko‘ngilning xilvatin matlub g‘ayridin orit”moq kerak bo‘lgan. 


184 
Ta’kidlash lozimki, Yassaviy qarashlari o‘z davrida eng faol, ilg‘or va 
ommaviy ta’limot sifatida maydonga chiqdi. Yassaviyga ergashuvchilar soni unga 
zamondosh bo‘lgan Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Abdulloh Barraqiy, Xoja 
Hasan Andoqiy, Shayx Najmiddin Kubro kabi murshidlarga ergashuvchilardan 
ortiqroq bo‘lsa bor-u, kam emas edi. «Madinada Muhammad, Turkistonda Xoja 
Ahmad» degan naqlning paydo bo‘lishi ham bu ulug‘ avliyoga bo‘lgan xalq 
e’tiqodining yorqin ifodasidir. 
Yassaviyning suluk nizomi unga nisbat beriluvchi asar – “Faqrnoma”da ham 
aks etadi. quyidagi jumlalar uchraydi: “Ey tolib, agar haqni talab qilib, topay 
desang, andoq pirga qo‘l bergilkim, shariatda orifi billoh bo‘lsa, tariqatda voqifi 
asror bo‘lsa, haqiqatda komilu mukammal bo‘lsa, ma’rifatda daryoyi ummon 
bo‘lsa, andoq pirga qo‘l bergilkim, saodat bo‘lg‘ay”. Bu qarashda maksimal 
talablar ifodalangan, albatta. Lekin bu talablarda Yassaviyning o‘z-o‘ziga talabi 
ham ayon bo‘ladi. 
Umuman, “Faqrnoma” o‘z nomiga ko‘ra, asosan, tariqatda faqirlikning 
benihoya muhim ekanini ko‘rsatib berish maqsadida yaratilgandir. Unda xoh pir va 
shayxlik martabasi talablari bo‘lsin, xoh darvesh va so‘fiy talabi, faqirlikning 
vojibligi uqtiriladi. Muallif Hazrat Alidan iqtibos qilib darveshlikda 40 maqom 
borligini ta’kidlaydi va ularni shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatda 10 tadan 
ekanini zikr etadi. 
Shuningdek, asarda faqirlik suratining ta’rifu tavsifi, faqirlik martabasining 10 
maqomi, 10 nuri, 10 yo‘li va 10 o‘rni haqida fikr yuritiladi. Aytilgan maqom va 
martabalarga amal qilmaganlarning daraja topa olmaganlari ham risolada misol 
orqali bayon qilinadi.
Faqrning ulug‘ fazilat ekani din va tasavvufning har bir vakili tomonidan 
e’tirof qilingan. Bir jihat e’tiborliki, har bir shayx faqr maqomini o‘zicha 
belgilaydi, ular bir-birlariga mos tushishi ham, tushmasligi ham mumkin. Asarda 
ulardan ham namunalar keltirilgan. Muallif ularga o‘z qarashlarini ilova qiladi. 
Unga ko‘ra, faqr 6 odob (sukut, pir oldida xomush turib, uning ijozati bilangina 


185 
gapirish, odamlar bilan xushmuomalalikda bo‘lmoq, xos olimning xizmatini 
qilmoq, nafsni o‘ldirib, havo va havasni tark qilmoq)dan; 8 maqom (tavba, ibodat, 
muhabbat, sabr, shukr, rizo, zuhd, oriflik)dan; 7 martaba (juvonmardlik, sipohiylik, 
xirqa, sabr, qanoat, shukr, tavakkul)dan iborat. Ko‘rinib turganidek, risola talqiniga 
ko‘ra shayxda ham, darveshda ham bo‘lishi lozim barcha fazilatlar faqrga 
asoslanadi. Shuning uchun ham Yassaviy o‘z ta’limotida faqrni yetakchi 
konsepsiyaga aylantirdi. 
Shuni ham qayd qilish joizki, risola azaldan Yassaviy asari sifatida ko‘rsatib 
kelinadi. Lekin uning boshqa kishi tomonidan yozilgani “Hazrati Sulton Xoja 
Ahmad Yassaviy andog‘ aytibdurlarkim”, “Hazrati Xoja Ahmad Yassaviy 
rahmatullohi alayh aydilarkim” kabi iboralar orqali yaqqol sezilib turadi. Lekin 
muallif uni o‘ziniki ham demaydi, balki vasiyat sifatida eslatadi. Shu eslatma uni 
Ahmad Yassaviyga taalluqliligini tasdiqlashi mumkin. 
Yassaviy ta’limoti keyinchalik “Yassaviya tariqati” deb ham yuritilgan. Bu 
ta’limot uning shogirdlaridan bo‘lgan Sulton Ahmad Xaziniy tomonidan “Javohir 
ul-abror min amvojil-bihor” asarida ham yoritib berilgan. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish