Devonning vazni va badiiy xususiyatlari.
Yassaviy hikmatlarini vazn va
poetik jihatlarini baholashda uning xalq og‘zaki ijodi va mumtoz she’riyat
orasidagi o‘rnini inobatga olish zarur. Garchi Yassaviydan avvalroq Ulug‘
XosHojib va Ahmad Yugnakiy tomonidan turkiy she’riy tizim aruzga
moslashtirilgani ko‘rinsa-da, ularning asarlari faqat xos o‘quvchilarga
mo‘ljallanganini unutmaslik lozim. Ahmad Yassaviy esa o‘z hikmatlarini faqat xos
o‘quvchilar uchun yozmagan, balki turkiy xalqlar orasida endigina o‘rin
topayotgan tasavvufni har qanday o‘quvchi tushunib olishini nazarda tutib yaratgan
edi. Ehtimol, shu bois hikmatlarni yaratishda azaliy turkiy xalqlar she’riy
tizimlaridan foydalanilgan. YA’ni barmoq vazni hikmatlarning asosiy vaznidir.
Yuqorida ta’kidlanganidek Yassaviy arab va fors tillaridagi she’riyat bilan yaxshi
tanish bo‘lgan. U hatto arab tilida she’r yoza olish imkoni borligini ham ko‘rsatadi:
Qad allamno Anta fi kulli umur,
Anta kofiy, Anta ofiy, yo G‘afur.
Kofi fi-l-g‘aybi huva man fi-l-huzur,
Anta kofiy, Anta ofiy, yo G‘afur.
195
Mazmuni: Bildikki, har bir ishda Sen borsan, Sen kifoya qiluvchi, Sen afv
etuvchisan, yo G‘afur. Kimki hozir (Senga muntazir) bo‘lsa, unga g‘aybda bo‘lib
ham kifoya qil, (axir) Sen kifoya qiluvchi, Sen afv etuvchisan, yo G‘afur.
Baytlarning birinchi misralari bir-biriga muvofiq bo‘lmasa-da, ikkinchi
misralar ular aruzning ramal bahrida yozilganini yaqqol ko‘rsatib turibdi:
fo-i-lo-
tun, fo-i-lo-tun, fo-i-lun
.
Bu hikmatning keyingi bandlarida ham shu vazn saqlab qolinishiga urinilgan:
Mustafo dar/ holati naz’/ erdilar/,
Bir guruhni/ osiy deb qay/g‘urdilar/,
Ummatim, voy/ ummatim, deb/ aydilar,
Anta kofiy,/ Anta ofiy,/ yo G‘afur/
.
Lekin hikmatni mutlaqo shu vaznda deb bo‘lmaydi. Uning ba’zi misralari
vaznga muvofiq emas.
Boshqa hikmatlarda ham aruz vaznining ayrim bahrlariga muvofiqlikni
ko‘rish mumkin. Biroq ular uzluksiz davom ettirilmaydi:
G‘ariblig‘da/ g‘arib bo‘lgan/ g‘ariblar/,
G‘ariblar ho/lini bilgan/ g‘ariblar/,
Sabab birla/ yiroq yerga/ boribon/,
Qarindosh qad/rini bilgan/ g‘ariblar
/...
Bandda nisbiy vazn, hazaj:
mafoiylun, mafoiylun, fauvlun
.
Bunday holatlardan qat’i nazar, hikmatlarning umumiy vazni barmoq
vaznidir.
Hikmatlarning qofiyalanish tartibi ham an’anaviydir. Turkiy va aruziy
she’riyatdagi eng ommaviy qofiyalanish tartibi hikmatlar qofiya tizimini
shakllantirgan. Murabba’ shaklidagi she’rlar
a a b a, v v v a, g g g a
va hokazo,
yoki
a b a b, v v v b, g g g b
va hokazo, yoki
a b v b, g g g b, d d d b
va hokazo,
yoki
a a a b, v v v b, g g g b
va hokazo; masnaviy yo‘lidagi hikmatlar
a a, b b, v v
va hokazo; g‘azal shaklidagi hikmatlar
a b, v b, g b
va hokazo shakllarda
qofiyalangan.
196
Poetik jihatdan hikmatlar, ularning badiiy qimmatini kamsitmagan holda
ta’kidlash lozimki, ba’zi cheklanishlarga ega. Buning uch sababi bor: birinchidan,
Yassaviy o‘zini shoir – so‘z san’atkori sifatida namoyon qilmoqchi emas, shuning
uchun badiiyat masalasini oldingi o‘ringa olib chiqmaydi. Uning asl maqsadi o‘z
tariqati g‘oyalarini ommaga targ‘ib qilish. Ommani san’at jilosiga maftun qilish
g‘oyaga e’tiborini susaytirishi mumkin. YA’ni majoz va obrazli ifodalar ko‘pligi
g‘oyani badiiyatning nafis pardasiga o‘raydi. Bu hol ommaga ta’sir o‘tkazishga
monelik qilar edi. Ikkinchidan, Yassaviy yashagan davrda badiiy tafakkurning
darajasi juda yuksalgan edi deb bo‘lmaydi. Bu ham hikmatlar badiiyati saviyasini
belgilovchi omillardan biridir. Uchinchidan, hikmatlar aksar vaqt zikr qo‘shiqlari
sifatida badiha yo‘sinida aytilganini taxmin qilish mumkin. Lekin bularning hech
biri Yassaviydagi tug‘ma ijodkorlik iste’dodini istisno qila olmaydi. Bu iste’dod
o‘rni-o‘rni bilan o‘zini namoyon etadi.
Hikmatlar sodda bo‘lishi bilan bir qatorda, badiiy jihatdan ancha mukammal
qurilishga ega. Eng avvalo aytish lozimki, ularda badiiy mukammallikning asosiy
shartlaridan biri bo‘lgan muallif va o‘quvchi ruhiyati aloqasini ta’minlay oladigan
ritm tempi mavjud. Yassaviy sulukida zikrlar jahriy ko‘rinishda bo‘lganini hisobga
olsak, hikmatlar tempining ularga muvofiqligini anglash qiyin emas:
O‘n sekiz ming olamga sarvar bo‘lg‘an Muhammad,
O‘ttuz uch ming as’hobg‘a rahbar bo‘lg‘an Muhammad.
Yolong‘ochu ochlikka qanoatlig‘ Muhammad,
Osiy, jofiy ummatg‘a shafoatlig‘ Muhammad.
Tunlar yotib uyimas, tilovatlig‘ Muhammad,
G‘arib birla yetimga muruvvatlig‘ Muhammad...
Yoki:
Dam bu damdur, o‘zga damni dam dema,
197
Dunyodin beg‘am o‘tarsan, g‘am dema.
Kuymasa jonu diling ham ustixon,
Ko‘z yoshing oqqan bilan sen nam dema
...
Juda ko‘p hikmatlar voqeabandlik asosida yaratilgan. Voqealar banddan
bandga kuchaytirib boriladi. Bu voqeabandlik bir necha hikmatda yoshdan yoshga
o‘tib borish asnosini tasvirlash orqali bo‘lsa, ba’zilarida inson ruhi yaratilgan
paytdagi hodisalar, so‘ng tug‘ilishdan vafot etishgacha va jon berishdan qabrga
qo‘yilguncha bo‘lgan voqealarga asoslanadi. Boshqa ba’zilarida esa payg‘ambar
yoki avliyolardan birining hayoti bilan bog‘liq hikoyaga tayaniladi. Yana boshqa
birida ma’lum yo‘lning (masalan, ishq, tavba; tariqat, haqiqat, ma’rifat) shart va
g‘aroyibotlari o‘ziga xos tizimli voqeabanlikda, darajama-daraja qayd etiladi:
Hojat emas ishq dardiga davo so‘rmak,
Vayron etib ketgan ermish, davosi yo‘q.
Joning qiynab, yoshing oqib, hushing ketib,
Ishq dardidin, do‘stlar, qattig‘ balosi yo‘q.
Har kim kuyar, jong‘a olar ishqni(ng) o‘tin,
Joni kuysa a’zosidin chiqar tutun,
Bag‘ri ani sadporadur, yo‘qtur butun,
Xalqg‘a zohir ko‘runub turgan yarosi yo‘q.
Jondin kechmay topmas har kim jononani,
Ko‘rub himmat qilmoq kerak parvonani,
Ko‘rub-bilib o‘tqa urdi o‘z jonini,
Sudu ziyon birla hargiz parvosi yo‘q.
Ancha yurdung, ancha turdung, ey bexabar,
Nafsi shayton ishlaridin qilg‘il hazar,
Bizdin burun talim karvon qilg‘an safar,
198
Aytib ketgan: “Bu dunyoning vafosi yo‘q”
...
Yassaviyning mahoratlaridan biri shuki, u o‘z davri odamlari tilidagi
qochirimlarni hikmatlar g‘oyasiga mos tarzda muvaffaqiyatli qo‘llaydi:
So‘fi bo‘lmay naylasun, uyda qilurg‘a ishi yo‘q,
So‘filik da’vo qilur, xalqg‘a berurg‘a oshi yo‘q,
Ohu voh derlar yana, ko‘zida qatra yoshi yo‘q,
So‘finaqsh bo‘lding vale hargiz musulmon bo‘lmading
...
Yassaviy hikmatlarida bir qator badiiy tasvir vositalaridan foydalaniladi. Ular
orasida eng ko‘p qo‘llangan she’riy san’atlar mubolag‘a, tashbeh, talmeh, tazod,
takrir, iqtibos, saj’ va tanosib kabilardir.
Ahmad Yassaviy she’riyatining keng tarkalishi va xalk orasida sevib
o‘qilishining asosiy sabablaridan biri uning xalk og‘zaki ijodiga nixoyatda
yakinligi ekani bilan izohlanishi mumkin:
Nafsdin kechib, qanoatni pesha kilgan,
Gar kim tepsa, rozi bo‘lib bo‘yunsung‘an,
Yaxshilarga xizmat kilib, duo olgan,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.
Yoki:
Rohat tashlab, jon mehnatim xushlaganlar,
Saharlarda jonin qiynab ishlaganlar,
Hoyu havas, moumonni tashlaganlar
Chin oshiqdir, hargiz oni(ng) yolg‘oni yo‘q.
Ko‘rinib turganidek, bu misralarda tajnis san’atining go‘zal namunasi
yaratilgan. Qofiyada mavjud bo‘lgan ohangdoshlikni she’rning boshqa qismlarida
takrorlash ham og‘zaki ijod an’analaridandir. Ahmad Yassaviy bu an’analardan
nihoyatda unumli foydalanadi.
Ishqqa tushding, o‘tka tushding, kuyib o‘lding,
Parvonadek jondin kechib axgar bo‘ldung.
Dardga to‘ldung, g‘amga so‘ldung, telba bo‘ldung,
199
Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q
.
So‘zlar takrori xam she’riyatdagi oxangdoshlikni nixoyatda kuchaytirishi
mumkinligini Ahmad Yassaviy ijodida ko‘plab kuzatish mumkin:
Zohid bo‘lma, obid bo‘lma, oshiq bo‘lgil,
Mehnat tortib ishk yo‘lida sodiq bo‘lgil,
Nafsni tepib, dargohiga loyiq bo‘lgil,
Ishqsizlarni iymoni yo‘q ham joni yo‘q
.
Do'stlaringiz bilan baham: |