Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi


“Qisasi Rabg‘uziy”ning tarkibiy tuzilishi va mavzu ko‘lami



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

“Qisasi Rabg‘uziy”ning tarkibiy tuzilishi va mavzu ko‘lami.
“Qisasi 
Rabg‘uziy”ning tarkibiy tuzilishi haqida ba’zi adabiyotlarda “inson va uning hayoti 
bog‘liq bo‘lgan mafhum va tafsilotlarni kichik-kichik hikoyalar vositasida mahorat 
bilan ifodalanganini ko‘ramiz” qabilidagi fikrlar qayd etiladi. Lekin, umumiy 
fikrlarga ko‘ra, Rabg‘uziy Islom dini tarixi asosida yaxlit asar (qissa) yaratgan. 
Asar nomidagi “qissa
24
” atamasi nisbiydir. Chunki Rabg‘uziygacha bo‘lgan 
adabiyotda nasriy asarlar birgina shu atama bilan yuritilgan. Qolaversa, Olloh taolo 
olam va Odamni yaratishdan maqsadi o‘z xalifasi qilib belgilagan Insonning 
boshqa xilqatlar orasida tutgan o‘rni; insoniyat hayotining murakkab ijtimoiy, 
ma’naviy va axloqiy ziddiyatlari, muammolari va ularning adib badiiy talqinidagi 
yechimlari rang-barang voqealar tasviri tizimida yoritilgan. 
Bu qissani birgina Muhammad as. haqidagi badiiy asar sifatida ham baholash 
mumkin. Zero, qaysi payg‘ambar haqidagi voqealar tasvirlanmasin, uning 
Muhammad as.ga aloqasi borligi yaqqol ko‘rinib turadi. Jumladan, Is’hoq as.ning 
tug‘ilishi voqeasidan quyidagi epizodni keltirish mumkin: 
To‘quz oy o‘n kundin so‘ng Is’hoq as. tug‘di. Ul kecha ming yulduz Ibrohim 
payg‘ambar tegrasinda yig‘ildi. Ibrohim as. munojot qildi: Ilohiy, bu ne alomat 
turur? Yarlig‘ keldi: Ey Ibrohim bu Is’hoq otlig‘ o‘g‘lungdin ming payg‘ambar 
bo‘lg‘usi turur. Ibrohim sevindi, Mavlo taolog‘a shukr qildi. Aydi: Ilohiy, 
Is’hoqg‘a (as.) muni berding, Ismoilg‘a (as.) ne karomat qilursen? Yarlig‘ keldi: 
Ey Ibrohim, Ismoilni manga topshurg‘il. Ismoildin bir payg‘ambar zohir 
24
Asar nomidagi “qisas” so‘zi arabcha “qissa” so‘zining ko‘pligi – qissalar ma’nosini anglatadi.


207 
qilg‘aymen, Muhammad otlig‘. Agar ul payg‘ambar bo‘lmasa erdi, hech 
payg‘ambar bo‘lmag‘ay erdi, sen ham bo‘lmag‘ay erding
25

Asarning London nusxasida bu so‘zlardan keyin 
Qamug‘ini aning sevuklugi 
uchun yaratdim
degan jumla ham bor. Demak, barcha payg‘ambarlar qissasi 
Muhammad as.ning payg‘ambarlik mohiyatini anglatishda vosita kabi xizmat qiladi. 
Deyarli barcha ilmiy va o‘quv adabiyotlarida “Qisasi Rabg‘uziy” 72 qissadan 
tarkib topgani ta’kidlanadi. Aslida asarda Qur’oni Karim va Hadislarda zikr 
qilingan 25 payg‘ambar tilga olinadi va ularning qissalari hikoya qilinadi. Bu 
payg‘ambarlar davrlarida sodir bo‘lgan va arab hamda yahudiy xalqlari orasida 
keng tarqalgan voqealar ularning qissasiga adib talqinida alohida sarlavha bilan 
kiritiladi. Ularning har birini alohida qissa sifatida talqin qilish unchalik to‘g‘ri 
emas. Masalan, Chigirtka qissasi sarlavhasi ostida berilgan matnda chigirtka obrazi 
yo‘q. Umumiy matn orasida chigirtkalarning yeyilgani va ularning qirilib ketishi 
haqidagi hadisni eslatib o‘tish bor, xolos.
Qissalar hajmi ham turlicha: masalan, Yusuf haqidagi qissa salkam 100 
sahifani tashkil qilsa, Lut haqidagi qissa bir necha sahifadangina iborat. 
Asarda voqealar tasviri tizimini qisqacha quyidagicha mundarija asosida aks 
ettirish mumkin: qisqa muqaddima, osmonlar va yer, ularning qatlamlari ularda 
yashagan azaliy xilqatlar sifatlari; Odam as.ning yaratilishi, uning jannatga olib 
borilishi, u yerda Havvo bilan kechgan hayoti, shayton hiylasi, ularning jannatdan 
quvilishi, yer yuzidagi hayotlari, o‘g‘illari Qobil va Hobil orasidagi janjal va ilk 
qotillik, Odamning vafot etishi; Shis as. qissasi, hikoyat; Idris as. qissasi; Nuh as. 
qissasi; Avj ibn Unuq haqidagi hikoya; Hud as. qissasi; Ibrohim as.ning podshoh 
Namrud bilan munosabatlari, Namrudning Ollohga isyonkorligi, Zul-Arshi-l-malik 
bilan muloqoti, Ibrohim as.ning o‘g‘li Ismoil as.ning tug‘ilishi, uning qurbonlikka 
olib borilishi, Ka’baning bino qilinishi, yana bir o‘g‘li Ishoq as.ning tug‘ilishi, 
Ibrohim as. qo‘lida tirilgan qushlar so‘zi, Ibrohim as.ning vafoti; Lut as. qissasi; 
Ya’qub as. qissasi; Yusuf as. qissasi, Nosiruddin Rabg‘uziy Bahoriyoti, latifa, bayt, 
25
Parchani Qozon toshbosma nusxasidan oldik. 


208 
she’r, g‘azal va hikoyatlar, Yusuf as.ning Zulayxo bilan qovushishi, jodugarlar 
so‘zlarining yolg‘onligi hikoyasi, Oysa hikoyasi; Muso as.ning Shomga borgani, 
odiylar sifati, Tavrotning nozil bo‘lishi, Musoning ozorlanishi, Olloh diydorini 
tilagani, tuban Qorun hikoyasi, somiriylar hikoyasi, Bani Isroil tavbasi, Sigir 
bo‘g‘izlash hikoyasi, Muso va Xizr as.ning yuksaklik darajalari hikoyasi; Dovud as. 
qissasi, tobutning yaratilishi, tuban Jolut hikoyasi; Sulaymon as. qissasi, uning 
chumoli bilan so‘zlashgani, Sulaymon as. kursisi sifati, Baytulmuqaddas sifati; 
Yunus as. qissasi; Ilyos as. qissasi, Xizr va Ilyos as.; Jirjis as. qissasi; Luqmon as. 
haqidagi hikoyatlar; Uzayr as. qissasi; Zakariyo, Yahyo, Maryam va Iso as. 
tavsiflari, Iso as.ning tug‘ilishi, hikoyatlar; Zulqarnayn qissasi; as’hobu-l-kahf 
(g‘ordagilar) hikoyasi; fil egalari hikoyasi; Muhammad rasululloh as. qissasi va 
payg‘ambar yaqinlari hamda xalifalari haqidagi hikoyalar. 
Binobarin, asar mavzu ko‘lami ana shu mundarijaga muvofiq ravishda 
shakllanadi. Bunda birinchi va aytish mumkinki, asosiy mavzu inson omili, inson 
qadr-qimmatiga e’tibordir. Asarda 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish