Ismoil Somoniy maqbarasi



Download 43,5 Kb.
Sana20.01.2020
Hajmi43,5 Kb.
#35716
Bog'liq
Minorai Kalon obyektlar

Minorai Kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra qafasa-koʻshk bilan bogʻlangan. Minora yuqoriga ingichkalashib boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pilpoya aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga oʻtiladigan koʻprikcha boʻlgan. M.k.ning oʻzagi ham, bezagi ham chorsi gʻisht (27x27x4x5 sm) ganchxok lo-yida terilgan. Bezak gishti oʻrniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari gʻishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan (keyinchalik toʻkilib ketgan). M.k. shu turdagi qad. inshootlar orasida alohida oʻrin tutadi. Shakllarning oʻzaro monandligi va mutanosibligi. handasiy uygʻunlik, ajoyib koʻrk va ma-hobatlilik M.k. ga chinakam goʻzallik bagʻishlaydi. Tanasi va muqarnaslari taʼmir etilgan (1924). Yer ostidagi asosi (kursisi) usta Ochil Bobomurodov tomonidan ochib taʼmirlangan (1960). Buxoroning 2500 yilligi munosabati bilan M.k.da taʼmirlash ishlari olib borildi (1997). M.k. Buxoro sh.ning noyob va qoʻhna yodgorlikdari qatoridan markaziy oʻrin egallagan.

Ismoil Somoniy maqbarasi

Ismoil Somoniy maqbarasi — Buxorodagi koʻhna meʼmoriy yodgorlik (taxm. 864—868). Somoniylar davlati ning asoschisi Ismoil Somoniy va uning avlodlari maqbarasi. I.Sm. 4tomoni bir xil chordara shaklida, jimjima gʻishtin bezaklari chiviqli toʻsiq yoki qamish, buyra toʻqimasini eslatadi. Devor qalinligi —1,8 m, tarhi — tashqarisi 10,80×10,70 m, ichkarisi 7,20×7,20 m. Usti gumbaz bilan krplangan. 4 burchagi ustunsimon shaklda ishlangan, gumbaz atrofiga 4 qubba oʻrna-tilgan. Devor tepasida kungirasimon darcha (40 ta). Har bir darcha hoshiyalangan. Ravoq tepasidagi qanos gʻish-tin tangachalar marjoni bilan chegaralangan. Ikki chetiga mayda gishtdan chorsi tumor yasalgan. Bino ichkarisi tashkaridagi bezak bilan uzviy bogʻliq boʻlib, uslub jihatdan bir xil. Ichki devor gumbaz osti bagʻalidagi ustmaust ra-voqchalar ustunchalarga tayangan. Ravoqchalar 8 qirrali gumbaz asosini tashkil qiladi. Qirralar burchagiga gumbazga tirgaklik qiluvchi ustunchalar ishlangan. Arxeologik qazilma vaqti (1927)da xona sahnida 2 yogʻoch sagʻana borligi aniqlangan. Yozma manbalar va rivoyatlarga kura, maqbarani Ismoil Somoniy otasi qabri ustiga qurdirgan. Sharq tomondagi sagʻana Ismoil Somoniy qabri (849—907) deb taxmin etiladi. Narshaxiy Buxoro tarixi ki-tobida Ismoil Somoniyning oʻgʻli amir Ahmad (914 y.) oʻz qullari tomonidan oʻldirilgan va mazkur maqbaraga qoʻyilgan deb yozadi. M. Saidjonov topgan Vaqfnoma (868 y)da zikr etilishicha, otasi amir Ahmad mozoridan Registongacha boʻlgan yerlarning bir qismi maqbaraga vaqf etilgan. Ismoil Somoniy maqbarasi Oʻrta Osiyo meʼmorligi va sanʼati tarixidagi dastlabki maqbaralardan. Uning tuzilishida qad. sugd meʼmorligining anʼanalari saklanib qolgan buyuk meʼmoriy asardir. 1925 y.da gum-bazi taʼmir etilgan. V. Vyatkin boshchiligida arxeologik tekshiruvlar olib borilgan. Binoni kumib yuborgan zax tuproqlardan tozalanib, B. Zasipkin va Us t a Shirin Murodov boshchiligida taʼmirlangan (1937—39). Ismoil Somoniy maqbarasi shahar madaniyat va istiroqat bogʻi hududida joylashgan. Ismoil Somoniy maqbarasi loyihasidan tortib, hajmiy tuzilishigacha geometrik tartib va qoida asosida yaratilganligi aniqlangan.

Magʻoki attori masjidi

Magʻoki attori masjidi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (10— 16-a.lar). Magʻok (chuqurlik)da va attor bozori yaqinida joylashgani sababli M.a.m. deb nomlangan. Qad. 4 ustunli Moh masjidi (9-a.) oʻrnida 12-a.da eski loyiha asosida qayta qurilgan (1934 y.da arxeologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan). 14-a.da taʼmirlangan, 15-a.da peshtoqining yuqori qismi buzilgan. Abdulazizxon davrida (1541—42 y.lar) binoning yuqori shemi, gumbazlari qayta qurilgan. Masjid tarhi (13,35×17,6 m) sodda yechimga ega, ichkarisi 6 ustunli, 12 gumbazli, oʻrta gumbazi balandroq boʻlib, uning asosi (poygumbazi)dagi darchalar orqali bino ichiga yorugʻlik tushadi. Sharqiy qismini keng pillapoyali zina egallagan. Bosh tarzidagi peshtoq gʻayriodatiy ravishda binoning yon tomoni (jan.)da joylashgan. Keyinchalik sharqiy qismiga qayta qurilgan. Peshtoqining koʻrinishida yoysimon chuqur ravoq va undagi oʻziga xos bezaklar muhim oʻrin tutadi. Ganch va mayda gʻisht boʻlakchalaridan bezatilgan peshtoq hashami gʻoyatda nafis va yuksak badiiy did bilan bajarilgan. Namoyon oʻlchamlariga mutanosib ravishda murakkab boʻrtma bezaklar ishlangan. Ustungoʻshalari oʻyma naqshlar b-n, boshasi vazasimon shaklda koʻrkamlashtirilgan. M.a.m.ning bezaklari 12-a. Buxoro meʼmorlik maktabining yuksak namunasi sifatida Oʻzbekiston meʼmorlik tarixida alohida oʻrin tutadi. 1939 — 49 y.larda peshtoqi mustahkamlanib taʼmirlangan, atrofi obodonlashtirilgan.

Qidiruv


Tarix.Uz

To‘maris malikasi – 2015

Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Vobkent minorasi

Vobkent minorasi

Vobkent-minorasi

Vobkent minorasi

Vobkent minorasi — Buxoro viloyati Vobkent shaxridagi meʼmoriy yodgorlik (12-a.). Oʻn ikki qirrali supa asosga oʻrnatilgan gʻoʻla (quyi qismining diametri 6,19 m, yuqori qisminiki — 2,81 m) shaklida rangdor, pishiq gʻishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud boʻlgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. Boʻrtma naqshli 10 belbogʻ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga oʻxshamaydigan qilib gʻisht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs (Sadr Burhoniddin Abdulaziz II) ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan (diametri 3,66 m), gʻisht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil qilingan, darchalarning quyisi gʻisht panjara bilan toʻsilgan. Minoraning tashqi koʻrinishi koʻp jihatdan Minorai kalonga oʻxshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan paytida uning bal. 2,3 m boʻlganini arxeologik tadqiqotlar koʻrsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 m

Chashmai Ayyub maqbarasi

Buxorodagi o’rta asrlar me’morchiligining alohida xususiyati – ko’cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old yuzasi, darvozalari bilan bir-biriga qarab turgan ikkita ulkan inshootdan iborat bo’lgan majmualarning barpo etilishi edi. Shu asosda shaharning markaziy me’morchilik majmuasi yaratilgan – Poi Kalon («Ulkan inshoot osti») maydoni. Uning minorasi gumbazli o’tish yo’li bilan benihoya ulkan juma masjidi – Masjidi Kalon bilan bog’langan. Uning qarshisida XVI asrning boshida hatto bizning davrimizda ham ishlayotgan Mir-Arab madrasasi barpo etilgan.

Nodir devonbegi xonaqohi

Nodir devonbegi xonaqohi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Buxoro xoni Imomqulixonnpnt vaziri Nodir devonbegi (Nodir mirzo Togʻay ibn Sulton) qurdirgan (1620—21). Labiho-vuz ansamblidatm hovuz bilan birga bunyod etilgan. Peshtogʻi hashamatli, ravogʻining qanosi ancha baland, ulugʻvor, ayrim yerlarida koshinlarning parchalari saqlanib kolgan. 2 tomonidagi tagi qirrali guldasta-mezanalar old koʻrinishiga salobat beradi. Xonaqohning 2 yonidan ham hujralarga kirila-digan eshiklari boʻlgan. Devorlari bir necha bor taʼmirlangani (1914—16 y.larda Buxoroning oxirgi amiri Sayid Olimxon tomonidan taʼmirlangan) dan asl koʻrinishi oʻzgargan. N.d.x. sim-metriktarqli (27,5X25 m), kiraverishda ayvon, xonaqoh (11,2 xll,2 m) va uning yon tomonlarida 2 qavatli dar-vishlar yotogʻi boʻlgan. Guldastalar ichidagi aylana zina bilan bino tepasiga chiqiladi. Xonaqoh ulkan gumbazli, devorlariga taxmonlar ishlangan. Undagi serhasham naqshlar saqlanmagan. Peshtoq ravogʻidagi 3 tobadonni ganchkori panjaralar bezagan. N.d.x.ninghoz. koʻrinishi oʻzgarib muhtasham, salobatli, kurkam inshootga aylantirilgan.

Ko’kaldosh madrasasi

Ko’kaldosh madrasasi – Buxoro shahridagi Labihovuz ansambliga kiruvchi arxitektura yodgorliklaridan biri, 1568-1569 yillari qurilgan. Buxoro amirining vaziri Qulbobo Ko’kaldosh qurdirgan ikki qavatli imorat. Madrasada 160 ta hujra bo’lib, ularda nafaqat Buxoro amirligi, balki butun O’rta Osiyo, Orenburg, Qozon, hatto Qrimdan kelgan talabalar tahsil olganlar. Minoraning dekorativ gumbazlari noyob silliqlangan g’ishtdan “o’rgimchak inisimon ” qilib terilgan. Bu gumbazlarni Buxoro maktabi uslubida ishlangan eng yaxshi monumental san’at namunalari, deyish mumkin. Qulbobo Ko’kaldosh Amir Abdullaxon Shayboniy bilan birga sut emishganligi uchun Ko’kaldosh, ya’ni ko’krakdosh deb atalgan.

Chor Bakr me’moriy majmuasi

Chor Bakr majmuasi Buxoro shahri yaqinidagi Sumitan qishlog’ida joylashgan. CHor Bakrdagi qator maqbaralar ko’p zamonlardan buyon xalq ziyoratgohi bo’lib kelgan. XVI asr Abdullaxon hukmronligi davrida ikki qavatli madrasa va hashamatli masjid barpo etiladi. U Abu Bakr Sa’d Yamaniy avlod — ajdodiga hurmat bajo keltirib, uning qabri boshida xonaqoh, hashamatli masjid va baland peshtoqli madrasa bino qildiradi. Segona shakldagi majmua 10 yil ichida qurib bitkaziladi.

Majmuaning ro’parasida taqriban 150 metr sharq tomonda Haramsaroy ham tiklnadi. Majmuada barpo etilgan binolarning hammasi birgalikda atrofi baland devor bilan o’rab olingan. Majmuaning old qismi keng hovli bo’lib, u ikki qismga ajratilgan. Majmuaga tashqi darvozadan kirib, ichkari darvozadan maqbaralar va masjid, madrasa joylashgan hovliga kiriladi. Majmuaning g’arb tomondagi darvozasi orqali chiqib ketiladi.

Chor Bakr majmuasi xonaqoh, madrasa, masjid, minora, haramsaroy, hazira va dajmalardn iborat.

Majmua tarkibidagi xonaqoh peshtoqi 3 qavatli, hujralar peshtoq qismida ham mavjud. Xonaqoh oldi ayvonli bolib, xonaqohda uch tomondan ikki pallali katta eshik qurilgan. Qibla tomon devori osmon sharfali mehrob bilan bezalgan. Gumbaz arki — duzi usuluda qilingan Gumbaz aylanasi 17 metr, balandligi esa 22 metr. Xonaqoh peshtoqining balandligi 20 metr. Poydevori yer ostida bo’lib, 12 metrni tashkil qiladi.

Chor Bakr madrasasi Buxoro madrasalarining oliy toifasiga kiritilgan. Madrasa peshtoqi juda hashamatli, huralari ko’p. Peshtoqi 3 qavatli, 3 qavatida ham hujralar mavjud. Madrasaning yuqori qismidagi joylashgan hujralariga maxsus pillapoya orqali chiqiladi. Madrasaning old qismini Namozgoh maydoni tashkil etgan. Madrasa peshtoqi 1950, 1971 — yillarda va undan keyin ham bir necha bor ta’mirlangan, ammo keyinchalik butulay buzilib ketgan edi. 1999 — yilgi ta’mirda ustalar uning poydevoriga qarab, o’zini qayta tikladilar.

Majmuaning masjid binosi 3 tomondan ikki tabaqali eshik qo’yilgan. Gumbazining ichki qismi arki- duzi usulida yasalgan. Masjidning ikkinchi qavatida hamda peshtoq qismida hujralar qurilgan.Masjid peshtoqining balandligi 20-30 metr poydevorining yer sathidagi qismi 12-metrni tashkil qiladi.

Yuqorida aytilgan 3 hashamatli binoning ro’parasida minora ham qurilgan. Ushbu minora 1890-yilda Mirzo Xoji Jo’yboriy tomonidan tiklangan.Minara unchalik baland emas. Taxminlarga ko’ra bu minora oldingi minoraning poydevori ustiga qurilgan bo’lishi mumkin.

Chor Bakr majmuasining ro’parasida Abdullaxon tomonidan o’zi uchun haramsaroy ham qurilgan.Haramsaroy ikki qavatli,binoning to’rt tomonidan shinam eshigi bo’lgan. Binoning ro’parasida esa hovuz bo’lgan. Binoning birinchi va ikkinchi tarafi ham chordara shaklida bo’lgan. Haramsaroyning tashqi va ichki tomoni naqshi kundali bilan bezatilgan. Haramsaroy atrofi 7 qavat kungurador devor bilan o’ralgan. Haramsay binosi bugungacha yetib kelmagan.Bino poydevorining g’arb tomonida qabr ham bor.

Chorbakr majmuasining umumiy maydoni 40-gektar bo’lib,12-gektar kenglikni qabriston qismi tashkil etadi.Mazkur qabristonda jo’yboyxojalari,podshoh avlodlari,hojalarning ahli ayoli,o’g’il nevaralari oldindan tayyorlangan dahma-go’rxonalarga qo’yilgan.

Buxoroning 2500 yillik to’yi munosabati bilan shahardagi tarihiy obidalar qayta tiklandi.

Prizidentimiz raxnamoligi ostida Chorbakr majmuasida ham ulkan qurulish ishlari olib borildi.Majmua 2000-yilning avgust oyida to’la tamirlanib istiqlolimizning 9-yilligi arafasida tantanali suratda jiyoratchilar ixtiyoriga topshirildi.

Buxoro. Qo’shmadrasa majmuasi

XVI asr. Qo’shmadrasa bir-biriga qarama-qarshi joylashgan Modari Abdullaxon (Abdullaxon onasi) va Abdullaxon madrasalaridir. Gumbaz va devorlarida saqlangan yozuvlarga ko’ra, Modari Abdullaxon madrasasi Abdullaxon tomonidan onasiga atab 1566-1567 yillari qurdirilgan. O’zining nomidagi madrasa esa 1588-1590 yillarda barpo etilgan. Oradagi farq chorak asrga teng bo’lib, aynan shu 25 yil ichida Buxoro me’morligi kuchli rivojlangan. Abdullaxon madrasalar, masjid, darvishlar xonaqohi, ko’priklar, rabotu karvonsaroylar qurilishida behad matonat ko’rsatib, Buxoroning iqtisodiy rivojlanishiga oid ko’p islohotlar o’tkazgan.

Qidiruv


Tarix.Uz

“Eng namunali boshlang‘ich tashkilot” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Home / TARIXIY OBIDALAR / BUXORODAGI OBIDALAR / Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon madrasasi

Abdulazizxon madrasasi — Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo‘sh imorat ansamblning jan. tomonida me’-mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652 y.da qurilgan. Ulug‘bek madrasasining (1419) qershisida. Ma-drasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsidovlining har tara-fi o‘rtasida peshtoqli ayvon bor. Umu-man Madrasa bezaklari yuksak san’at va mahorat b-kishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar katorida afsonaviy jonivorlar tasvi-ri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, jan. ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zar-hal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzarala-ri va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylana-si 50×67 m, hovli — 28×35 m. Madrasa 17- a. Buxoro mahobatli me’morligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’-iy ta’mirlar (peshtoq muqarnasini Us t a Shirin Murodov ta’mirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida say-yoxlar uchun millim musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shim.-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan.



XV asr. 1103 yilda G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida «Xojayi jahon» nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha asarlar muallifidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbuslari bilan buyuk alloma Abduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yillik yubileyi o‘tkazilishi munosabati bilan 2003 yilda G‘ijduvon shahri markazi xamda Abduxoliq G‘ijduvoniy me’moriy majmuasi qayta ta’mirlandi va atrof hududlari obodonlashtirildi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan madrasa ta’mirdan chiqdi. Ansambl atrofi ko‘kalamzorlashtirilib, G‘ijduvon shahrinig markazida go‘zal xiyobon tashkil etilgan.
Download 43,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish