83
olim Missershimedt tomonidan Enasoy havzalaridagi toshlardagi yozuvlar haqida
tarqatilgan xabarlarga ko‘ra ma’lum bo‘lgan edi.
XIX asr boshlarida Grigoriy
Spasskiyning “Sibirskiy vestnik” jurnalida toshlardagi bitiklar haqida bosilgan
maqolasi juda ko‘p mamlakatlardagi olimlarning diqqatini tortdi. Lekin bitiklarni
o‘qishga hech bir olim tezda muyassar bo‘lmadi.
1889 yilda rus sayyohi va yozuvchisi N.M.Yadrinsev Mo‘g‘ilistonning
Kosho-Saydam vodiysidan o‘tuvchi O‘rxun daryosi qirg‘oqlarida xuddi Enasoy
bo‘ylaridagiga o‘xshash juda ko‘p toshbitiklarni uchratdi. 1890 – 1891 yillarda
avval Fin-ugor jamiyati, so‘ng Rossiya fanlar akademiyasi O‘rxunga
ilmiy
ekspeditsiya uyushtirdi. Bitiklarni birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomsen
o‘qishga erishdi. Olim bitiklardagi belgilarni boshqa alifbolar bilan qiyoslamasdan
uning o‘ziga xos tartibi bo‘yicha tekshiruv olib bordi va bu prinsip o‘zining
natijasini berdi: alifbo harflari aniqlandi, “Tangri”, “turk” so‘zlari o‘qildi. Bitiklar
turkiylarga tegishli ekani tasdiqlandi.
Bu orada rus ekspeditsiyasi rahbari akademik V.V.Radlov bitiklardagi 15
harfni aniqladi. U V.Tomsen kashfiyotiga tayanib O‘rxun bitiklarini tarjima qildi.
N.M.Yadrinsev ma’lumot bergan qabr toshlari turk xoqoni Bilka Qoon (734 yil
vafot etgan) va uning ukasi Kul Tagin (732 y.v.e.)ga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Olimlar bu yozuvni german, fin, got yozuvlariga nisbatan qo‘llanib kelgan
“run yozuvi” (sirli yozuv) istilohi oldidan “turk” so‘zini qo‘shib atay boshladilar.
Lekin olimlarning keyinroq aniqlashlariga ko‘ra, bu yozuvning “dulbarjin yozuvi”
deb yuritilgani ayta boshlandi.
Ko‘p o‘tmay N.M.Yadrinsev Ongin daryosi bo‘ylarida yana bir necha bunday
yodgorliklar topganini ma’lum qildi. Klemenslar oilasi Selenga bo‘ylaridan turk
xoqonlarining maslahatchisi To‘nyuquq qabriga o‘rnatilgan toshni topdilar.
Toshlardagi bitiklarning o‘qilishi keyinchalik Markaziy Osiyoning boshqa
hududlarida ham bu yozuvdan foydalanilganini ko‘rsatdi. Avliyo ota (Jambul)
shahri yaqinidan, Talas daryosi bo‘ylaridan ham turli ashyolarga yozilgan shunday
yodgorliklar topildi. Run yozuvlari qog‘ozga, shuningdek,
boshqa buyumlarga
84
(oyna, qayish to‘qasi, idish-tavoq, yog‘ochga) ham bitilgan. «Irq bitigi»
(«Ta’birnoma») qog‘ozda yozilgandir.
A.Abdurahmonovning ko‘rsatishicha, 1970 yilda Olmaotadan 50 kilometr
uzoqlikdagi Esik shaharchasidan topilgan qabrdan O‘rxun alifbosida bitilgan tosh
bitig qo‘lga kiritilgan edi. Yozuv qadimgi turk tamg‘alarida uchraydigan
shakllarga asoslangan bo‘lib, unda
«Xonning o‘g‘li 23 yoshida o‘ldi. Issiq elining
boshi omon bo‘lsin!»
degan so‘zlar bitilgan. Qabr qaysi xonga tegishli ekanligi
aniqlanmagan bo‘lsa-da, yozuv bundan 2500
yil muqaddam yaratilgani
isbotlangan. Demak, runiy yozuvlarning tarixi uzoq, bu yozuvda yaratilgan yozma
adabiyot ham shunday qadimiylikka egadir. Lekin mukammal darajadagi tosh
bitiglar qo‘lga kiritilmaganligi sababli yozma davrni miloddan oldingi davrlardan
boshlashga hali vaqt erta.
Binobarin, bu yozuvda bitilgan adabiy tarixiy bitiklar Sibir, Mo‘g‘ulistonning
turli joylaridan, Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo, Kavkaz, Volga bo‘yi,
shuningdek,
Yevropadan topilsa-da, u tarixda O‘rxun-Enasoy yodgorligi nomi
bilan yuritiladi.
O‘rxun va Enasoy bitiglari jahon turkiyshunoslari e’tibori qaratilgan nodir
yodgorliklardandir.
V.Tomson,
R.Radlov,
S.Y.Malov,
S.G.Klyashtorniy,
I.V.Stebleva, H.O‘rxun, T.Tekin, Najib Osim, G.Aydarov, o‘zbek olimlaridan
A.P.Qayumov,
A.Rustamov,
G‘.Abdurahmonov,
N.Rahmonov,
A.Abdurahmonovlar o‘rganishgan. A.P.Qayumov, G‘.Abdurahmonovlar
bitiglar
qadimgi turkiy tildan hozirgi o‘zbek tiliga o‘girgan bo‘lsalar, N.Rahmonov va
A.Abdurahmonovlar ularning vujudga kelish omillari, matniy va adabiy-badiiy
xususiyatlarini tekshirganlar. Bitigtoshlar juda ko‘p bo‘lishiga qaramay hozirgacha
ulardan 250 ga yaqin o‘rganilgan.
Tosh bitiklar turkiy xalqlar tarixida favqulodda sodir bo‘lgan emas. Ular
o‘zidan avvalgi adabiyotning mazmuni, ruhi, g‘oyasini rivojlantirgan yangi
shaklidir. Yodnomalarda bayon qilish usuli va bu usulning uch qat’iy unsurlari –
asarda boshlanma,
voqea rivoji, tugallanmaning mavjudligi turkiy, umuman,
85
barcha xalqlar og‘zaki ijodiga xos arxaik xususiyatlardir. Bu xususiyatlar ularga
yirik janrlar yo‘lidagi bosqich sifatida qarash farazini keltirib chiqaradi.
Masalan, Ungin yodnomasi shunday boshlanadi:
Achumiz, apamiz Yami qag‘an
Tort bulungug‘ qismish, yig‘mish, yamish, basmish,
Ol qan yoq boltuqta kasra
Al yitmish, ichxinmish
Mazmuni:
Achamiz, otamiz Bumin qog‘an,
To‘rt bo‘lakni qismish, yig‘mish, yoymish, bosmish.
Ul xon yo‘q bo‘lgandan so‘ngra
El yo‘q bo‘lmish, qochishmish.
Bo‘min dastlabki turk xoqonlaridan hisoblanadi. Uning hayoti to‘g‘risida
rivoyat yoki afsonalar yaratilgan bo‘lishi kerak, chunki Kul tegin va Bilga xoqon
yodnomalarida ham Bo‘min haqida eslatilishi shundan dalolat beradi.
Tosh bitiklarning har biri ularda arxetiplar qanchalik ishtirok etmasin,
mustaqil asardir. U she’riy yo‘lda bitilgan. O‘z davrining ruhi singdirilgan. Shu
sababli ham I.V. Stebleva ularni «tarixiy qahramonlik poemalari» deb ataydi.
Urxun va Enasoy tosh bitiklari barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligidir.
Qadimgi turkiy adabiyotning vorisi hisoblangan bugungi ko‘plab
milliy
adabiyotlar unda o‘z tarixini, shakllanish jarayonini, katta hajmli nodir asarlarning
tug‘ilish ildizlarini ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: