Ssenariy
50 YILLIK DIYDOR UCHRASHUVI.
1-boshlovchi
Shodlik quvonchlarga to’la barcha qalb,
Bu aziz dargohda bayramdir bugun,
Bilimga erishgan baxtimiz sabab,
Biz ta’zim qilamiz, ustozlar uchun!
2-boshlovchi
Maqsadi ulug’vor, qadami qutlug’
Zaboni shirin-u kalomi qutlug’,
Onadek mehribon otadek ulug’
Biz ta’zim qilamiz, ustozlar uchun!
1-boshlovchi
Assalomu- alaykum mehridaryo ustozlar, hurmatli mehmonlar, aziz talabalar! Bugun Termiz davlat universitetimizda katta bayram. Bundan 50-yil muqaddam Termiz davlat universitetining 1-talabalari hisoblangan mana shu zalda o’tirgan hurmatli ustozlarimizning bitirganlariga bugun 50-yil to’libdi. Mana shu 50 yillik munosabati bilan bugungi tashkil etilgan diydor uchrashuv bayram kechamizga xush kelibsizlar!
Do'stlaringiz bilan baham: |