69
III Bob. Deviant xulqli o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik
korreksion ishlar
3.1 Deviant xulqli o’smirlar bilan olib boriladigan pedagogik korreksion
ishlarga texnologik yondashuv
Deviant xulqqa moyil o’smirlar bilan olib borilgan tadqiqot davomida
pedagogik korreksiya ishlariga texnalagik yondashdik va maktab jamoasi, ota-
onalar,
mahalla hududi nozirlari, ijtimoiy pedagoglar uchun quydagi
texnologiyani ishlab chiqdik.
O’smir yoshidagi o’quvchilarini yakka tartibda tarbiyalashda murabbiy ishini
tashkil etish texnologiyasi.
Turli deviant xulq-atvorning uzluksiz ravishda o’sishi jamiyat oldiga
ijtimoiy me’yorlardan og’ishgan xulqli o’quvchilar bilan olib boriladigan
ishlarning shakl va usullarini, texnologiyalarini topish vazifasini qo’ygan. SHu
sababli deviant va delinkvent xulq-atvorli o’smirlar bilan
ishlashning ikki asosiy
texnologiyalari, profilaktik va reabilitatsion ishlar fan va amaliyotda keng
tarqalgan.
Profilaktika (oldini olish)-o’smirlar xulq-atvorida ijtimoiy xulqiy
og’ishganlikning turli ko’rinishlariga asosiy sabab bo’luvchi sharoitlardan
ogohlantirish, bartaraf qilish yoki neytrallashga yo’naltirilgan davlat,
jamiyatning ijtimoiy-tibbiy va tashkiliy-tarbiyaviy chora-tadbirlarining
yig’indisidir. O’smirlarda deviant xulq-atvorning oldini
olishga qaratilgan bir
necha yondashuvlari mavjud.
1.Axborotli yondoshuv. Bu yondoshuv ijtimoiy me’yordan xulqiy og’ishganlik
kelib chiqishida voyaga yetmaganlar (bu ijtimoiy me’yorlarni) bilmasliklari
tufayli uni o’z asosiy yo’nalishi sifatida voyaga yetmaganlarga bu me’yorlarga
rioya qilish, o’z huquq va burchlari haqida axborot berishdan iborat. Davlat va
jamiyat qo’ygan talablarini bajarishda bolalarning yosh ko’rsatkichiga mos
qabul qilingan ijtimoiy me’yorlar haqida ma’lumot berishni ko’zda tutadi.
Bu ishni amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio,
televideniye)dan kino, teatr, badiiy adabiyot va boshqa san’at asarlaridan
70
foydalanish mumkin.
2. Ijtimoiy-profilaktik yondoshuv. Bunday asosiy maqsad – negativ holatlarning
sabablari va sharoitlarini aniqlash,
bartaraf etish, neytrallashdan iborat. Voyaga
yetmaganlar tomonidan giyohvandlik moddalarini iste’mol qilinishi uchun
jinoiy javogarlikka tortilishlari haqida ma’lumotga ega emaslar. Ular
giyohvandlik – shaxsiy ish deb biladilar, faqat giyohvandlik moddalarini
tarqatish jinoyat deb hisoblaydilar. O’smir giyohvandlik va kuchli ta’sir etuvchi
psixotron moddalar to’g’risidagi yangi qonun qabul qilinishi munosabati bilan
bu moddalarni iste’mol qiluvchilar ham jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Bizning jamiyatimizda o’smirlar o’rtasidagi
alkogolizm-ichkilikbozlik
profilaktikasi muammosi ham muhim o’rin tutadi. O’smirlar ichkilikbozlik va
alkologizmning og’ir ijtimoiy va psixonevrologik oqibatlari haqida ham
bilmaydilar.
3. Tibbiy-biologik yondoshuv. Bu yondoshuvning mohiyati ijtimoiy
me’yorlardan og’ishganlikning oldini olishda tibbiy-profilaktik xarakterdagi
turli psixik nosog’lom shaxslarga munosabat-biologik darajada bo’lishi lozim.
Agar insonda psixik (ruhiy) rivojlanishi, sog’lig’ida turli nuqsonlar bo’lsa, u o’z
ruhiy xususiyatlariga asosan ma’naviy-axloqiy me’yorlarni buzishi mumkin. Bu
holatda insonga uni o’zgartirib bo’lmaydigandek qaraladi. O’smirda bunday
psixik nosog’lomlikni o’z vaqtida aniqlash juda muhimdir.CHunki
ular umuman
xayolga kelmaydigan harakatlarni sodir etishlari mumkin. O’smir psixiatr
mutaxassislar ko’rigidan o’itkazilib, shunga muvofiq tibbiy davo choralari
ko’rilishi lozim.
4. Ijtimoiy-pedagogik yondoshuv. Bu yondoshuv mohiyati o’smirni deviantlik
xulq-atvoridagi shaxsiy xususiyatlarini qayta tiklash yoki to’g’rilashdan iborat.
Ayniqsa, uning axloqiy-irodaviy shaxsiy xususiyatlarini qayta tarbiyalash shart.
O’smirlarda, ularning irodaviy xususiyatlari, xulq-atvorida quyidagilarni
shakllantirish lozim:
- o’z so’zi va ishining egasi bo’lish;
71
- o’smirning jinoyatga boshlovchi, jamiyatga zarar yetkazish kabi illatlarga
bo’lgan qiziqish va harakatlarini to’xtatish;
- hozirgi davrda muhim bo’lgan
masalalar bilan band qilish;
- huquqqa qarshi bo’lmagan, puxta o’ylab chiqilgan maqsadlarni qo’yish.[2.34.
38-bet]
Erki bo’lmagan inson flyugerga o’xshaydi, shamol qay tarafga essa o’sha
tomonga o’giriladi. Bunday insondan ijtimoiy me’yorlarni buzish,
jinoyatchilikni kutish mumkin. Uni yengillik bilan aldash, o’zgalarning
so’zlariga quloq solishi. o’zga axloqiy qarash va baholarga og’dirish oson.
O’zga axloqiy qarashlarga ergashib, u huquqbuzarlik va axloqsizlik xulq-
atvoriga ega bo’ladi. Bunday insonlarni tarbiyalashda jamiyat tomonidan unga
erkinlik va huquqlarini berib, uni o’z-o’zini boshqara olishga o’rgatish zarur.
Bu borada zamonaviy murabbiyga quyilgan talablar aniqlanadi. Har bir
tinglovchi o’zini
tahlil qilib, kamchiliklarni aniqlaydi va bu ularga kelgusi ish
rejasiga o’zining ustida ishlashga oid vazifalarini kiritishga yordam beradi.
Qo’llaniladigan vositalar
: doska, marker, video-kamera, flamasterlar.
Do'stlaringiz bilan baham: