Na’munali pedagog bo’lish
Yordam beruvchi omillar
To’sqin bo’luvchi omillar
O’zim:
O’zim:
Maqsadga intilib astoydil ishlash;
Turli imkoniyatlardan foydalanib,
mashq
qilish;
Tanqidlarni to’g’ri qabul qilish;
Notiqlik haqidagi ma’lumotlar bilan
tanishish;
Hamkasabalarimni
kuzatish
va
ulardano’rganish;
Notiqlik to’g’risidagi video-kassetalarni
tomoshaqilish;
Kuchli va zaif tomonlar ro’yxatini
tayyorlash;
Bilim yetishmasligi;
Qo’rquv;
O’ziga ishonchning yetishmasligi;
Manbalar tanqisligi;
yomon odatlar-illatlar
Foydaning darrov ko’rinmasligi;
Tayyorgarlikning kamligi;
Jismoniy nuqson;
Boshqalar:
Boshqalar:
Ular menga ma’lumotlar bilan yordam
berishlari mumkin;
Yuksalish uchun hamkasabalarimdan
mahsus sohalar bo’yicha maslahatlar
Meni tanqid qilishadi
Ustimdan kulishadi;
E’tiborsizlik qilishadi;
74
olish
Tashkilot:
Tashkilot:
Mening o’sishim uchun manbalar
qidiradi;
Meni treningga jo’natadi;
Meni rag’batlantiradi;
Qo’llab-quvvatlamaslik;
Qadrlamaslik;
O’sish uchun imkoniyatlar yaratmaslik;
Manba:WWW.pedagog.uz
Kutilayotgan natija:
Tinglovchilar o’quvchilarni notiqlik mahoratini oshirish
yo’llari, nutqqa tayyorgarlik noan’anaviy usullari bilan tanishishadi va o’z
tajribasidan va tajribali notiqlar hayotidan, ijodidan misollar keltiradi. O’zining
va o’zgalarning tajribasi tahlil qilinadi.
«Aqliy xujum» uslubi yordamida namunali murabbiy qiyofasini guruh bo’lib
aniqlash.
1 mashq:
Kichik jamoalarda “Guruh portreti” uslubi yordamida na’munali
murabbiyga ta’rif berish.
“
Guruh portreti” :
Ishlashdagi izchillik shunday:Ekranda xazil shaklda
chizilgan portret namoish etiladi. Bu - ramziy murabbiyning
portreti.Tinglovchilarga quyidagi savol bilan murojaat etiladi: “Namunali
bo’lish uchun murabbiy tanasidagi har bir a’zo muayyan vazifalarni bajarishga
qaratilgan. Vazifalarni aniqlang.” Har bir jamoaga ekrandagi portret nusxasi
beriladi. Har bir jamoa fikrlab, ushbu portretga chizmalar yordamida ta’rif
beradi. “Guruh portreti” ishning natijasi xisoblanadi. U bilan keyinchalik
ishlash, ya’ni tahlil etish, aniq qadamlarni takomillashtirish, yaxshilash va
boshqa maqsadlarda qayta ishlab chiqish mumkin.
75
Ushbu uslubdan “Murabbiylik soat”lari quyidagi mavzularga bag’ishlanganda
foydalanish mumkin: “Namunali o’quvchi”, “A’lochi portreti”, “Muammoli
o’quvchi”, “Namunali (kasbegasi)” va boshqalar.Avvalam bor, o’zimiz –
murabbiylar ham notiqlik jihatidan yorqin namuna bo’lishimiz darkor. Notiqlik
mahorati – muvaffaqiyat muhim omillaridan ekan, yoshlarimizda tarbiyaviy
soatlarda erkin, tezkor fikrlashga imkon yaratuvchi zarur sharoitlar yaratishimiz,
turli mashqlar tashkil etishimiz lozim. Notiqlik mahorati – ishontirish usullarini
o’rgatuvchi fan. Notiqlik mahorati – na’munali murabbiy muvaffaqiyati uchun
muhim omil. «Aqliy xujum» yordamida yaxshi notiq qanday xususiyatlarga ega
bo’lishi aniqlanadi.Notiqlik mahoratini oshirishga qaratilgan mashqlar:
«Reklama qilish» (o’zini o’zi, do’stini, guruhini, biror bir buyumni), «Hamma
shanbalikka», «Tabriklayman, qutlayman» kabi mavzularda qisqa nutq tuzish.
Bundan tashqari tezkorlikni, hozirjavoblikni oshiruvchi «Blits-o’yin», «Hikoya
tuzish», «Ta’rif berish» (masalan buyumga, rangga, xarakatga, insonga) kabi
mashqlar.
Videotrening yordamida tinglovchilar o’zlarini notiq sifatida baholaydilar.
Baholashga ko’mak beruvchi savollar:
1. O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday ijobiy tomonlarimizni
ko’rdik (ixtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi);
76
2. O’zimizni notiq sifatida chetdan kuzatib, qanday salbiy tomonlarimizni
ko’rdik (ixtiyoriy ravishda har bir tinglovchi o’ziga baho beradi);
3. Qaysi bir tinglovchini eng zo’r notiq deb hisoblaysiz? (O’zini maqtashi ham
mumkin).
Xulosa. Nutqqa tayyorgarlik – psixologik jihatdan sovg’a tanlashga o’xshaydi.
Sovg’a in’om etuvchilar uch toifaga bo’linadi:
1.O’ziga keraksiz narsani birovga sovg’a qilib yuboruvchi (madaniyatsiz);
2.O’ziga ravo ko’rgan narsani birovga in’om etuvchi (sovg’a taqdim qiluvchi
sovg’a oluvchini o’zidek ko’radi);
3.O’ziga ravo ko’rgan narsadan ham a’lo narsani in’om etuvchi
Nutq shaxsan notiqning o’ziga yoqmasa, tinlovchilarga in’om etmasligi lozim.
Nutq ham sovg’a kabi tinglovchilar uchun yoqimli va kerakli bo’lishi darkor.
SHundagina nutq samarali bo’ladi. Hozirgi kunda eng muhim, eng dolzarb
vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor voyaga yetib kelayetgan yosh
avlodni kamol toptirish, ya’ni ularni komil inson qilib tarbiyalash. “Aqliy
xujum” uslubi orqali komillik nima, komil inson deganda qanday insonni ko’z
oldimizga keltiramiz degan fikrlarni tinglovchilardan jamlab olamiz.Har bir
xalqning o’zi intiladigan komillik timsollari bo’ladi. Ular ajdodlarimizning o’z
farzandlarini mard, sog’lom, qo’rqmas va mukammal qilib tarbiyalash yo’lidagi
orzularini ifodalaydi. Vazifa: Tinglovchilarning komillik timsollarini aniqlash.
Ushbu mashq individual tarzda bajariladi. Tinglovchilar komil inson haqidagi
orzulari qanday kishilar siymosida o’z ifodasini topganligini aniqlashadi va
daftarlariga belgilashadi. So’ng, jamoadoshlari bilan fikr almashishadi. Maktab
kishining ma’naviy shaxs sifatida shakllanishida poydevor rolini o’ynaydi. Bola
bu yerda nafaqat bilim oladi, balki uning dunyoqarashi kengayadi. Uning aql-
idrokli, teran fikr yurituvchi komil inson bo’lib yetishida bu muqaddas
77
dargohning ahamiyati katta. O’quvchilar sizdan ko’p narsani kutib qoladi. Siz
unga yordam berasiz, uni yo’naltirasiz, to’g’ri yo’l ko’rsatasiz. SHuning uchun
o’zingiz ham komillikka intilishingiz lozim.Buni siz “Mukammallikka intilish
tizimi sizda mavjudmi?” so’rovnomasi orqali bilishingiz mumkin. Bu
so’rovnoma 15 ta’kiddan tarkib topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |