MAVZU: OILA BILAN OLIB BORILADIGAN IJTIMOIYPEDAGOGIK FAOLIYAT. VASIYLIK VA HOMIYLIK. OTA-ONA QARAMOG’IDA BO’LMAGAN BOLALAR BILAN IJTIMOIY PEDAGOGIK ISH YURITISH 16 -seminar mashg’uloti
Reja: 1. Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni. 2. Ijtimoiy pedagogning oillalarga ko’rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari. 3. Vasiylik va homiylik – ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim yo’nalishi. 4. Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik ish yuritish metodikasi.
Tayanch tushunchalar lug’ati O’zbekcha Oila Ota-ona Oilaning ijtimoiy maqomi Oilaning turlari Oila a’zolari Yetimlik Ijtimoiy yordam Asrab olish Oilaning ijtimoiy-madaniy darajasi Oilaning vazifalari inglizcha Family Parents Social status of the family Types of family Family members Orphanage Social assistance Adoption Social - cultural level of the family Family problems
Talabalarni baholash mezonlari: 1. Mavzu rejasidagi masalalarni konspektlashtirish – 0, 5 ball; 2. Blis-so’rov savollariga javob berish va munozaralarda ishtirok etish – 0, 5 ball; 3. Kichik guruhlarda ishlash – 1 ball. Jami: 2 ball.
“Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat. Vasiylik va homiylik. Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiypedagogik ish yuritish” mavzusiga doir blis-so’rov savollari 1. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai nazardan oilani qanday turlarga ajratish mumkin? 2. Oilaning ijtimoiy maqomi deganda nimani tushunasiz? 3. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda qanday rollarni bajaradi? 4. “Yetim” va “ijtimoiy yetim” tushunchalarini qanday farqlash mumkin? 5. Yetimlikning kelib chiqish sabablariga nimalar kiradi? 6. Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga kimlar kiradi? 7. Vasiylik va homiylik tushunchalarining qanday farqi bor? 8. Farzandlikka olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik ish yurititshning maqsadi nimadan iborat? 9. Farzandlikka olgan oila bilan boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlarini sanab bering. 10. Mehribonlik uylarining asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
Blis-so’rov savollari javoblari: 1. Ijtimoiy-pedagogik nuqtai-nazardan oilalarni to’rtta turga kiritish mumkin: tinch, baxtli oilalar; xatar guruhi oillari; notinch oilalar, asosial oilalar. 2. Oilaning to’rtta ijtimoiy maqomi mavjud: ijtimoiy-iqtisodiy; psixologik, ijtimoiy-madaniy; vaziyatli-rolli. 3. Ijtimoiy pedagog oila bilan ish yuritishda uchta asosiy rolni bajaradi: maslahatchi, metodist, himoyachi. 4. Yetim bolalar – bu 18 yoshgacha ota-onasining biri yoki ikkalasi ham vafot etgan bolalardir. Ijtimoiy yetim bolalar esa biologik ota-onalari bor, biroq turli sabablarga ko’ra ularning tarbiyasi bilan shug’ullanmaydigan bolalardir. 5. Yetimlikning kelib chiqishining uchta asosiy sababi mavjud: 1) ota-onalarning o’z voyaga yetmagan bolasidan voz kechishi; 2) ota-onalik huquqidan mahrum etilish; turli sabablarga ko’ra ota-onalarning vafot etishi. 6. Ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarga ota-onasi vafot etgan; ota-onalik huquqidan mahrun etilganlar; bedarak yo’qolgan; ota-onasi muomalaga layoqatsiz; ota-onasi axloq tuzatish muassasalarida jazo o’tayotgan; ota-onasi jinoyat sodir etib, xibsda bo’lganlar; ota-onaning bola tarbiyasdan voz kechishi. 7. Vasiylik – yetim bolalarga ular voyaga yetgunga qadar g’amxurlik qilish, ya’ni ma’naviy otalik. Homiylik – biror kimsani manfaatlari va huquqlarini himoya qilish, mazkur vazifa zimmasiga yuklatilgan shaxs yoki tashkilot. 8. Farzandlikka olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik ish yuritishning asosiy maqsadi bolaning oila muhitiga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlash hamda oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini oshirishdan iborat. 9. Farzandlikka olgan oila bilan ijtimoiy-pedagogik ish olti bosqichda amalga oshiriladi: 1) oilani qidirish; 2) ota-onalarni o’rganish; 3) oilaga tashrif buyurish; 4) oila muhitini o’rganish; 5) ta’limiy-ma’rifiy faoliyat; 6) yuqori darajadagi ma’rifiy savodxonlik. 10. Mehribonlik uylarining asosiy vazifalariga bola uchun qulay sharoit yaratish; salomatligini asrash; moslashuvni ta’minlash; huquqiy himoyalash; ta’lim olishini ta’minlash; ma’naviy-axloqiy tarbiyalash; hayotiy maqsadlarni shakllantirish va o’z-o’zini rivojlantirishga yo’naltirish.
Kichik guruhlarning nomlanishi 1 -guruh – “Ijtimoiy profilaktika” guruhi. 2 -guruh – “Patronaj” guruhi. 3 -guruh – “Muruvvat” guruhi. 4 -guruh – “Sahovat” guruhi.
Kichik guruhlarda ishlash qoidalari 1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang. 2. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing. 3. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling. 4. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering. 5. Guruh taqdimotida hamma ishtirok etishi shart.
Kichik guruhlarda muhokama etish uchun taqdim etiladigan masalalar 1 - “Ijtimoiy profilaktika” guruhi uchun – Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat mazmuni. 2 - “Patronaj” guruhi uchun – Ijtimoiy pedagogning oillalarga ko’rsatadigan ijtimoiy-pedagogik yordam shakllari. 3 - “Muruvvat” guruhi uchun – Vasiylik va homiylik – ijtimoiy-pedagogik faoliyatning muhim yo’nalishi. 4 - “Sahovat” guruhi uchun – Ota-ona qaramog’ida bo’lmagan bolalar bilan ijtimoiy-pedagogik ish yuritish metodikasi.
Kichik guruhlarda topshiriqni bajarish tartibi 1. Guruhga taqdim etilgan mavzu yuzasidan bayon etiladigan asosiy fikrlarni ajratib oling. 2. Asosiy fikrlarni vatman qog’oziga chizma yoki rasm ko’rinishida aks ettiring. 3. Vatman qog’ozida aks ettirilgan asosiy fikrlarga izoh berishni guruh a’zolari o’rtasida taqsimlang hamda har bir ishtirokchining mulohazasi bilan tanishing. Kichik guruhlar faoliyatini baholash mezoni 1. Muhokama uchun taqdim etilgan masala mohiyatini ochib berish – 0, 5 ball. 2. Fikrlarni asoslash va misollar keltirish – 0, 25 ball. 3. Masala yuzasidan umumiy xulosa chiqarish – 0, 25 ball.
“Oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning zaruriyati shundaki…” mavzusida asoslangan esse yozish. Topshiriqni bajarish tartibi: 1. Mazkur mavzu yuzasidan o‘z nuqtai nazaringizni bayon eting. 2. Nuqtai nazaringizni asoslash uchun dalillar keltiring. 3. Mavzu yuzasidan aniq xulosalar chiqaring.
Ijtimoiy pedagogning oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatishdagi asosiy rollari Asosiy rollar Maslahatchi Metodist Himoyachi Vazifasi Ota-onalarga oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan pedagogik maslahatlar berish, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni birgalikda hal etish Oilada bolalarning erkin va to‘g‘ri rivojlanishlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi zarur sharoitlarni yaratishda ota-onalarga ko‘maklashish, bolalarni ijtimoiylashtirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish Bolalarni turli salbiy ijtimoiy ta’sirlar (ruhiy zo‘riqtirish, mafkuraviy tajovuz, jismoniy ekspluatatsiya hamda giyohvand, ichuvchi yoki bolalarga salbiy munosabatda bo‘luvchi ota-onalar)dan himoyalash
Oilalarga ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish bosqichlari Bosqichlar 1 -bosqich 2 -bosqich Ijtimoiy-pedagogik yordamga muhtoj oilalarni aniqlash 3 -bosqich Oilalarga amaliy ijtimoiypedagogik yordam ko‘rsatish Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy -pedagogik yordam yo‘nalishlarini belgilash 4 -bosqich Oilalarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy -pedagogik yordamning samaradorlik darajasini o‘rganish
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarga vasiylik qilish tizimi Yetimlarga vasiylik qilish Farzandlikka olish Davlat qaramog’iga olish Vasiylik oilasi Vaqtinchalik qabul qiluvchi oila Go’daklar uyi Muruvvat uyi Mehribonlik uyi Maktab internat
Farzandlikka olgan oila bilan olib boriladigan ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari va mazmuni № Ijtimoiy-pedagogik faoliyat bosqichlari Ijtimoiy-pedagogik faoliyat vazifalari 1 Farzandlikka oluvchi oilani qidirish. Axborot berish 2 3 4 5 6 Bo‘lg‘usi qabul qiluvchi ota-onalarni o‘rganish. Bola bo‘lgan muassasa va oilalarga tashrif buyurish (bolalar uyi, inqirozli oila) va boshqalar. Bo‘lg‘usi bola qabul qiluvchi oilani o‘rganish. Boshlang‘ich ta’lim: ma’ruza qilish, hikoya, suhbat o‘tkazish, video-filmlar ko‘rsatish. Bolani oilaga oylashtirish, ota-onalarga chuqur ta’lim berish. Tashhis qo‘yish (ilk) Ijtimoiy-pedagogik faoliyat metodlari Anketa so‘rovlari, suhbat, intervyu o‘tkazish Anketa so‘rovlari o‘tkazish, suhbat Vositachilik Kuzatuv, suhbat Tashhis qo‘yish (guruhlashgan) Test o‘tkazish, suhbat, hujjatlarni o‘rganish Ta’lim berish Ma’ruza, suhbat, kuzatuv, mashg‘ulotlar Patronaj Kerakli metodlardan o‘z o‘rnida foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |