12
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra keyingi 15 yilda dunyoda o‘simlik
moylarini iste’mol qilish yiliga 70 million tonnadan 146 mil-
lion tonnaga oshganini ko‘ramiz. Bunda, ayniqsa,
palma moyi
iste’mol qilish 3 marta, soya va indov moyi iste’mol qilish 2,2
martaga oshganini ko‘ramiz.
3-jadval
Dunyo mamlakatlarida o‘simlik moyi iste’moli, mln tonna
Mamlakatlar
2005–06-yil
2010–11-yil
Bir kishiga
to‘g‘ri keladigan
miqdor
kg odam\yil
Xitoy
21,51
29,32
18,34
YeS-27
(Yevrosoyuz)
20,13
25,09
44,85
Hindiston
12,07
16,90
11,46
AQSH
11,14
12,02
39,11
Braziliya
3,67
6,29
25,26
Indoneziya
5,35
6,19
25,74
Malayziya
4,56
5,49
201,07
Pokiston
2,59
3,46
21,50
Rossiya
2,71
3,26
22,8
Argentina
0,8
2,20
39,50
Yaponiya
2,19
2,16
17,80
Meksika
2,01
2,10
19,63
Misr
1,39
1,85
20,65
1995–1996-yil
2010–2011-yil
yeryong‘oq
yeryong‘oq
indov
indov
zaytun
zaytun
soya
soya
paxta
paxta
kungaboqar
kungaboqar
kakos
kakos
palma
palma
palmister
palmister
1-rasm. Dunyoda o‘simlik moylarining turlari bo‘yicha ishlab chiqarish
strukturasi.
13
Yog‘larning tarkibi va ozuqaviy ahamiyati. «Yog‘» so‘zi turli
maqsadlarda ishlatiladi. Kundalik turmushda va savdoda «yog‘»
so‘zi oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan o‘simlik yog‘lari, hayvon
yog‘lari,
margarin, qandolat, oshpazlik, non mahsulotlari tayyor-
lashda ishlatiladigan yog‘lar va sariq yog‘
guruhiga kiruvchi mah-
sulotlar tushuniladi.
Kimyo fanida yog‘lar deb glitseridlar tushuniladi, ular gli-
tserin va yog‘ kislotalarining murakkab efirlaridir, ya’ni glitse-
ridning uch molekula yog‘ kislotasi
bilan hosil qilingan birik-
masidir.
Yog‘lar tabiatda va barcha tirik organizmlarda triglitserid-
lardan iborat bo‘lmasdan, balki triglitseridlar, unga yo‘ldosh
moddalar aralashmasidan tashkil topgan holda uchraydi va ular-
ga lipidlar deb aytiladi. Lipid so‘zi grekcha «lipos» so‘zidan olin-
gan bo‘lib, yog‘ degan ma’noni bildiradi.
Lipidlarning tarkibi va tuzilishi murakkab bo‘lib, ularning
tarkibida
spirtlar, aldegidlar, yog‘ kislotalari va azot birikmalari,
fosfat kislota, uglevodlar, aminokislotalar
va boshqa moddalar-
ning qoldig‘i uchraydi. Lipidlarning tarkibi turlicha bo‘lsa ham,
lekin ularning hammasi gidrofob – suvda erimaydi, organik eri-
tuvchida yaxshi eriydi.
Lipidlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ular odam, hayvon,
o‘simliklar va mikroorganizmlar tarkibida uchraydi.
Ular uglevod
va oqsillar bilan birgalikda tirik mavjudod to‘qimalarini tuzilishi-
da ishtirok etadi. O‘simliklarning vegetativ qismida 5% gacha,
urug‘ida 50% dan ortiq lipidlar bor. Inson organizmining og‘irlik
miqdorini, 10–20% ini lipidlar tashkil etadi.
Yog‘lar oziq mahsuloti sifatida oziq-ovqat mahsulotlari ichi-
da muhim o‘ringa ega. U tabiatiga ko‘ra o‘simlik va hayvon
yog‘lariga bo‘linadi.
Dunyoda o‘simlik moylari ishlab chiqarish miqdori hayvon
yog‘lariga nisbatan bir necha marotaba oshib bormoqda, bun-
ga sabab o‘simlik moylarini yuqori fiziologik
xususiyatga egali-
gi (tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalari va takoferolning borligi)
va iqtisodiy jihatdan, hayvon yog‘lari ishlab chiqarishga qaragan-
da kam mehnat sarf bo‘lishidadir.
14
Bundan tashqari moyli urug‘lardan moy olishda moy bilan
birga chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa bo‘lgan
kunjara va
shrotning olinishidir.
Hamma yog‘lar uchun umumiy bo‘lgan xususiyat bu ular ning
suvdan yengilligi, qog‘ozda dog‘ bo‘lib qolishi va bu dog‘ni qizdir-
ganda ham yo‘qolmasligi, qovushqoqligi
va barmoqlar orasida
ishqalaganda sirg‘alishi.
Yog‘lar bug‘lanmaydigan modda bo‘lib, ular qizdirganda par-
chalanadi. Yog‘larni parchalanish harorati 250–300°C oralig‘ida.
Do'stlaringiz bilan baham: