Taqrizchilar:
Q.P. Serkayev – ToshKTI «Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi»
kafedrasi mudiri, dotsent,
J.N. Tursunov – kasb-hunar kolleji direktori.
ISBN 978-9943-4136-1-0
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2014.
3
KIRISH
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog‘i
hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulot-
lariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarini esa xomashyoga bo‘lgan
talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini
agrar tarmoqda tayyorlanadi. Qishloq xo‘jaligi respublikamiz ning
iste’mol bozoriga oziq-ovqat mahsulotlari va qayta ishlash sa-
noatiga esa xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo‘jaligi
mashinasozligi, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar mahsulot-
lari uchun kafolatli bozor bo‘lib hisoblanadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining real tarmoqla-
rida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash tadbirlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimizda ichki iste’mol bozorini sifatli tovarlar bi-
lan to‘ldirish, aholining muhim oziq-ovqat mahsulotlariga
bo‘lgan ehtiyojini kafolatli ta’minlash masalasiga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Shu maqsadda iqtisodiyotning yetakchi tarmoq-
larini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish, ishlab chiqarishni texnik va
texnologik modernizatsiyalash tadbirlari jadal olib borilayapti. Bu
esa o‘zining yuksak samaralarini bermoqda. 2011-yilda iste’mol
tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2000-yildagiga nisbatan 4 baro-
bar oshib, 2010-yildagiga qaraganda 11,2 foizga o‘sgani buning
yorqin dalilidir.
O‘zbekiston bugungi kunda xalqaro hamjamiyatning va global
moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblana-
di.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora ken-
gayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amal-
ga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimida in-
tegratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining
o‘sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvarda
qabul qilingan «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ken-
gaytirish va ichki bozorni to‘ldirish yuzasidan qo‘shimcha cho-
4
ra-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida aholining oziq-ovqat mahsu-
lotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini barqaror ta’minlash, ichki iste’mol
bozorini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsu-
lotlari bilan bekam-u ko‘st to‘ldirish, asosan qishloq joylarida za-
monaviy, yuqori unumli texnika va texnologiya bilan jihozlangan
qayta ishlovchi ixcham korxonalarni jadal barpo etish, shu asos-
da yangi ish joylarini shakllantirish, ko‘proq odam larni ish bilan
ta’minlash, ularning daromadlari va farovonlik darajasini oshi-
rish maqsad va vazifalari belgilangan.
O‘simlik moylari ishlab chiqarish mamlakatimiz oziq-ovqat
sanoatining asosiy tarmoqlaridan biridir. Uning asosiy mahsu-
loti oziq-ovqat va texnik o‘simlik moyi hisoblanadi. O‘simlik
moyi boshqa oziq mahsulotlari bilan birgalikda insonlar ratsional
ovqatlanishining asosiy mahsuloti hisoblanadi.
O‘simlik moyi oziq-ovqatda to‘g‘ridan to‘g‘ri holatida, qay-
ta ishlangan – margarin, mayonez, oshpazlik va qandolatchilik
yog‘i va boshqa mahsulotlar sifatida ishlatiladi.
Texnik o‘simlik moyidan xo‘jalik, maishiy va texnik sovun-
lar, yog‘ kislotalari, glitserin, olif, lak va bo‘yoqlar olishda foy-
dalaniladi.
Ba’zi bir o‘simlik moylari surkov moylari sifatida va kosmetik
mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
O‘simlik moylari ishlab chiqarishda hosil bo‘lgan chiqindilar
xalq xo‘jaligida katta ahamiyatga ega. Moyli urug‘larni moysiz-
lantirishdan keyin qolgan qoldiq – shrot, chorva mollari uchun
ozuqa, oziq-ovqat oqsili va boshqa mahsulotlar olish uchun xom-
ashyo hisoblanadi. Moyli urug‘larning qobig‘i sheluxa – chor-
va mollari uchun dag‘al ozuqa, gidroliz sanoatida turli kimyoviy
moddalar olishda xomashyo hisoblanadi.
Yog‘-moy sanoati korxonalari 2011-yilning noyabridan bosh-
lab «Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi»ga birlashtiril-
gan bo‘lib, bu korxonalarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni muhim
ahamiyatga ega.
«Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi» 2016-yilgacha
korxonalarni qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qi-
lish bo‘yicha 36,5 mln dollarlik 33 ta investitsiya loyihasini amal-
ga oshiradi.
5
Hozirgi kunda respublikada yillik quvvati 3,6 mln tonna moy-
li o‘simlik urug‘larini qayta ishlaydigan 39 ta korxona ishlab tu-
ribdi, bu korxonalarda paxta chigiti, kungaboqar, soya, masxar,
meva danaklari va sabzavot urug‘laridan moy olinib, bu moy-
lardan oziq-ovqat sanoati tarmoqlarida ishlatiladigan moylar,
margarin mahsulotlari, mayonez, xo‘jalik sovuni, atir sovun,
distillatsiyalangan yog‘ kislotalari va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarilmoqda.
Hozirgi vaqtda har yili o‘rtacha 225–235 ming tonna o‘simlik
moylari ishlab chiqarilmoqda. Yog‘-moy sanoatida ishlab chiqari-
layotgan mahsulotlardan o‘simlik moyi, glitserin, xo‘jalik sovuni
va shrot eksport qilinmoqda.
Mustaqillik tufayli yurtimiz jahonga yuz tutdi. Xorijiy mam-
lakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalardagi hamkorlik
kundan kunga rivojlanib bormoqda. Bu sohalarda yog‘-moy sa-
noati korxonalari ham chet ellik tadbirkor ishbilarmonlar ishti-
rokida o‘zaro foydali sherikchilik asosida turli mahsulotlar ishlab
chiqaradigan qo‘shma korxonalar tashkil etmoqdalar.
Bugungi kunda respublika aholisi va xalq xo‘jaligini ekologik
toza, raqobatbardosh, sifatli, chiroyli qadoqlangan yog‘-moy mah-
sulotlari bilan ta’minlash uchun sanoat korxonalari tomonidan
keng miqyosda yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda. Yildan yil-
ga ishlab chiqarilayotgan yog‘ni rafinatsiyadan keyin hidsizlanti-
rib idishga qadoqlab chiqarish hajmi ko‘payib bormoqda.
Yog‘-moy sanoati mutaxassislari xaridorgir mahsulotlar ish-
lab chiqarish, paxta chigitini kompleks qayta ishlash, chiqindi-
siz texnologiyani tashkil qilish, paxta chigiti tanqisligi paytida
ishchi o‘rinlarini qisqartirmasdan, noan’anaviy, import o‘rnini
bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish ustuda ish olib bormoq-
dalar.
«Oziq-ovqat sanoati korxonalari assotsiatsiyasi» tarkibiga kir-
gan yog‘-moy korxonalarida qo‘shimcha ishchi o‘rinlari yara tish
maqsadida soha uchun an’anaviy bo‘lmagan ishlab chiqarish-
lar yo‘lga qo‘yildi. «Kogon yog‘» hissadorlik jamiyatida qandolat
mahsulotlari, «Qarshi yog‘» HJda mineral suv, «Uchqo‘rg‘on
yog‘» HJ qoshida shifobaxsh o‘tlarni va choyni qadoqlaydigan va
sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan bo‘lim ishlab turibdi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |