omil tahlili
ishlatiladi, bu metod o’zini tahlil qilish, so’rov o’tkazish, odamlaming hayotiy
kuzatishlari natijasida olingan ko’plab turli ko’rsatkichlar va shaxsga baho
berishni yetarlicha kamaytirish imkonini yaratadi. Natijada statistik jihatdan
mustaqil holatdagi inson shaxsining alohida qirralari bo’lib hisoblanadigan
omillar to’plami hosil bo’ladi. Ushbu metod yordamida R. Kettel 16 xi! turdagi
shaxs qirralarini namoyon qilishga muvaffaq bo’ldi. Ulaming har biri kuchli va
kuchsiz rivojlanganlik darajasini anglatuvchi ikkita nomga ega bo’ldi. Tajribada
aniqlangan qirralar to’plami asosida R. Kettel 16-omilli shaxs so’rovnomasini
tuzib chiqdi. Bu so’rovnoma haqida to’liqroq ma’lumot bilan laboratoriya
mashg’ulotlarida tanishamiz.
Shaxsning psixoanalitik nazariyasi
(Z. Freyd, A. Adler, K. Yung, E.
Fromm, K. Xorni). Bu nazariyaga ko’ra, shaxs uch qism: Id, Ego va
Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id - bu
anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan
umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z. Freyd jinsiy ehtiyojlar va
tahdidlilikni, A. Adler - hokimiyatga intilishni, K. Xorni - turli-tuman
komplekslami, E. Fromm - odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini
ajratib ko’rsatadilar. Bu - shaxsning o’zini anglashi.
Superegoga inson
qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. SHaxsning bu uch
tarkibiy qismlari, odatda, uyg’unlik holatida bo’lmaydi, ular o’rtasida
nevrozlarga, inson ruhiyati va hulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo’luvchi
nizolar yuzaga keladi.
146
К. Yung Freydning undan ajralib chiqqan birinchi o’quvchilaridan bin
bo’lib hisoblanadi. Ular o’rtasidagi turli fikrlilikning paydo bo’lishiga Z.
Freydning panseksualizm g’oyasi sabab bo’ldi.
Yung bo’yicha, inson psixikasi uch daraja: ong, shaxsiy anglanmaganlik
va jamoaviy anglanmaganlikdan iborat. Inson shaxsi tuzilishida qadimgi o’tgan
insoniyatdan qolgan xotiralardan hosil bo’lgan jamoaviy anglanmaganlik asosiy
o’rinni egallaydi. Jamoaviy anglanmaganlik umumiylik xususiyatiga ega. U ham
o’z navbatida turli darajalardan iborat. Bu milliy, irqiy va umuminsoniy meros
bilan belgilanadi. Eng chuqur daraja odamgacha bo’lgan davrdan, ya’ni,
odamning avlodi bo’lgan hayvonlaming tajribasidan boshlanadi. Shunday qilib,
Yung ta’rifiga ko’ra, jamoaviy anglanmaganlik - bu qadimgi ajdodlarimizning
ongi bo’lib, ular o’ylagan va his etgan, hayot va dunyo, xudolar va inson
mavjudotlarini o’rganish vositalaridan iborat.
Jamoaviy anglanmaganlik ba’zi odamlarda faqat tushlarida emas, balki,
real ijodkorlikda arxetiplar ko’rinishida namoyon bo’ladi. Masalan, ona arxetipi
- bu hissiyot va obraz mazmuniga ega bo’lgan o’z onasidan kelib chiqqan
umumiy ona g’oyasi. Bola bu arxetipni tayyor ko’rinishda irsiyat orqali oladi va
shu asosda o’z onasining aniq obrazini yaratadi.
Yung fikriga ko’ra, jamoaviy anglanmaganlikdan tashqari shaxsiy
anglanmaganlik ham mavjuddir, lekin u ongdan ajralmagan holatdadir. Shaxsiy
anglanmaganlik qachondir anglangan bo’lib, keyinchalik yoddan chiqarilgan
yoki
ongdan
siqib
chiqarilgan
kechinmalardan
iborat.
Shaxsiy
anglanmaganlikning tuzilish birligini mulohazalar va xotiralar, tuyg’ular
qorishmasi, yig’indisi tashkil etadi.
Shuningdek, Yung «Men» tushunchasini kiritdi. Bu tushuncha orqasiga
insonning yaxlitlikka va bir butunlikka intilishi yashiringan. Bu orqali onglilik
va anglanmaganlik o’rtasidagi mutanosiblikka erishiladi. «Men» turlicha
ifodalanishi mumkin. Uning ifodalanishiga bog’liq ravishda odamlami ma’lum
tiplarga ajratish mumkin. Yung insonning o’ziga yoki ob’ektga yo’nalganligi
asosida shaxs tiplarining tasniflanishini keltiradi. Bunga muvofiq ravishda u
barcha odamlami ekstravertlar va introvertlarga bo’ladi.
Freydning yana bir ustozidan uzoqlashgan mashhur o’quvchilaridan biri,
individual psixologiyaning asoschisi - Alfred Adler hisoblanadi. U Freydning
biologiyalashtirish nazariyasini keskin qoraladi. Adler, insonda asosiysi - uning
tabiiy ichki sezgilari emas, balki, o’zi «umumiylik tuyg’usi» deb nomlagan
ijtimoiy tuyg’ulari ekanligini ta’kidladi. Bu tuyg’u tug’ma bo’lsada, ijtimoiy
jihatdan rivojlantirilgan bo’lishi zarur.
Bundan tashqari, Adler Freydning shaxsni uch bo’iakka bo’linishi haqidagi
fikriga qarshi chiqdi. Uning fikricha, shaxs tuzilishi bir butun bo’lib, shaxs
147
taraqqiyotidagi bo’linadigan qism bo’lib, insonning ustunlikka intilishi
hisoblanadi. Lekin bu intilish har doim ham amalga oshavermaydi. Masalan,
inson tanasidagi organlaming nuqsonlari tufayli o’zining mukammal emasligi
tuyg’usini boshidan kechiradi, shuningdek, bu tuyg’u bolalikdagi noqulay
ijtimoiy sharoitlar tufayli paydo bo’lishi mumkin. Inson mukammal emaslik
tuyg’usini yengish uchun turli ko’rinishdagi to’ldiruvchilami izlay boshlaydi.
Masalan, Adler yuqori to’ldiruvchini ishlab chiqish imkoniyati haqida fikr
yuritadi. Bu o’zining mukammal emasligiga qarshi reaktsiyaning o’ziga xos
ko’rinishidir. Yuqori to’ldiruvchanlikni ishlab chiqish malakasi, jismonan zaif
va irodasiz odamlaming matonat bilan faoliyat yuritishlariga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, yuqori to’ldiruvchanlikda Adler ijodkorlik mexanizmi,
faollikni ko’radi. Misol tariqasida, u Napaleon shaxsiga izoh berishni yoqtirardi,
va Napaleonning sarkarda sifatidagi alohida layoqatlarini, xususan, undagi
kichik bo’y o’lchami tufayli yuzaga kelgan mukammal emaslik tuyg’usi bilan
tushuntirib berar edi. SHunday qilib, ko’rganimizdek, mukammal emaslik
tuyg’usi o’z tabiatiga ko’ra tug’ma bo’lgani uchun, Adler Freydning nazariy
qarashlarini
ijtimoiylashtirishga
harakat
qilib
ko’rgan
bo’lsada,
biologiyalashtirishdan to’liq voz kecha olmadi.
Z. Freydning izdoshlaridan biri Karen Xomining fikriga ko’ra, inson
mohiyatining asosini, bolada tug’ma bo’lgan, xavotirlanish tuyg’usida ko’rish
mumkin ekan. Bu tuyg’u, Xomi fikricha, inson muntazam ravishda boshidan
kechiradigan dunyodagi qarama-qarshiliklar tuyg’usi, va uni bartaraf etish istagi
inson harakatlari motivatsiyasining asosi bo’lgan xavotirlanishni yuzaga
keltirishidan hosil bo’ladi.
Xomining ta’kidlashi bo’yicha, inson ikki tendentsiya: xavfsizlikka intilish
va o’z xohishlarini qondirishga intilish orqali boshqariladi. Bu ikkala intilish
ko’p hollarda bir-birini inkor etadi, shunda inson hulq-atvoming ma’lum
usullarini ishlab chiqqan holda, o’zi so’ndirishga harakat qiladigan asabiylashish
holati yuzaga keladi. Xomi hulq-atvomi to’rt turga ajratdi: birinchi turida
«muhabbatga asabiy holatda intilish» hayotda xavfsizlikni ta’minlash vositasi
sifatida ifodalanadi; ikkinchisi qandaydir ob’ektiv sabablar bilan emas, balki,
odamlarga nisbatan qo’rqinch va dushmanlik bilan tushuntiriladigan
«hokimiyatga asabiy holatda intilish» da ifodalanadi; uchinchi turida hulq-atvor
odamlardan yakkalanishga intilishda ifodalanadi; to’rtinchi turi o’zning
yordamga muhtojligini («asabiy tobelib>) tan olishda ifodalanadi.
Xomi yo’nalishlar sonini ko’paytirishga harakat qildi, lekin, umumiy
hisobda uch turida to’xtaldi: a) odamlarga intilish; b) odamlardan uzoqlashishga
intilish, mustaqillikka intilish; v) odamlarga qarshi harakat qilishga (tahdid)
intilish. Munosabatlaming bunday uch xil turiga mos ravishda Xorni shaxs asab
tizimining uch turini ajratadi: barqaror, bartaraf etilgan va tahdid soluvchi. Hulq-
atvorning bunday turlari sog’lom insonlarga xosdir. Sog’lom va nevrozga
chalingan odamlar o’rtasidagi farq shundan iboratki, nizoli tendentsiyalari
o ’rtasidagi qarama-qarshilik sog’lom odamda kasallikka chalingan odamga
nisbatan ancha kam darajada bo’ladi.
Shunday qilib, Xomi Freyd ta’limotining biologiyalashtirish mohiyatini
keskin tanqid ostiga olgan bo’lsada, o’zining asosiy holatidagi
«dastlabki
xavotirlik» va «negizli xavotirlanish» haqidagi fikrlari bilan Freydni takrorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |