Shaxs ijtimoiy rollari nazariyasi
(araerikalik ruhshunos E. Bern va nemis
ruhshunosi K. Levin). Ushbu psixologik nazariya insonning hayotda ma’lum,
o’ziga xos bo’lgan ijtimoiy rollami ijro etishidan kelib chiqadi. Aynan, mana
shu rollar ushbu odam shaxsining asosiy xususiyati bo’lib hisoblanadi.
Bunday nazariyaning ma’lum bo’tgan turlaridan bin amerikalik ruhshunos
Erik Bern tomonidan taklif etilgan. Uning nuqtai nazariga ko’ra, odam boshqa
rollardan ko’proq quyidagi ijtimoiy roilami ijro etadi: bola roli, ota-ona roli va
katta odam roli.
Bola roli katta odamning o ’zini boladek his etishda davom etishida va bola
sifatida tutishida namoyon bo’ladi (mas’uliyatsiz, xarxasha qiladi, arazlaydi,
e’tibor va g’amho’riik talab etadi va h.k.). Ota-ona roli odamning boshqalar
uchun mas’uliyatni, ularga g’amho’rlikni o’z yelkasiga olishida, boshqalarga
o’rgatishi, jazolashi, talab qilishida va h.k.larda namoyon bo’ladi.
Ota-ona roli odam o’zini, haqiqatdan ham, katta odamlar o’zlarini bir-
birlariga nisbatan qanday tutishlari lozim bo’lsa, shunday tutishlaridan iborat.
Har kimning shaxsiy erkinligi va mustaqilligini hurmat qiladilar, huquqini tan
oladilar, ishonadtlar, qo’llaydilar va sh.o’.
Fizikaviy «maydon» tushunchasi va topologiyada qabul qilingan tasvirlash
tamoyillarini qo’Hagan holda, K.. Levin individ va muhit o’rtasidagi
mutanosibiik buzilgan holatdagi hulq-atvoming dinamik tizimi kontseptsiyasini
ishlab chiqdi.
K. Levin kontseptsiyasida boshlang’ich holat sifatida individning «hayotiy
bo’shlig’i» ichida ma’lum yo’nalish, kattalik va tayanch nuqtasiga ega bo’lgan,
uning psixologik kuchiari (intilishlar, istaklar va sh.o’.) hosil bo’ladigan va
o’zgaradigan yaxlit maydon sifatida qabul qilinadi. «Maydon»ning bir xil
hududlari individni toitadi, boshqalari itaradi. Ob’ektlamiftg bu sifati hulq-atvor
«maydon» kuchiari bilan haraikatlanadigan hulq-atvoming motivatsiyali
tuzilishini xarakterlovchi valentlik (musbat yoki manfiy) deb ataladi. Valentlik
shaxs va uning maqsadlari, yo’ldagi to’siqlar va h.k.lar jamlangan psixologik
«bo’shlig’ini» o’z ichiga oluvchi yaxlit vaziyatning vazifasi bo’lib hisoblanadi.
149
Yuqorida sanab o’tilgan nazariyalardan tashqari, turli ilmiy-psixologik
yo’nalishlar ham mavjud. Bunday yo’nalishlardan bid bo’lib, umuminsoniy
psixologiya hisoblanadi. Umuminsoniy yo’nalish psixologlari uchun shaxs faqat
atrofdagi voqelikka emas, balki, shaxsan o’ziga tegishli bo’igan psixologik
hosiladir. Umuminsoniy psixologiyaning vakillari K. Rodjers va A.
Masloudidar.
Terapiyadagi o’zining metodini K. Rodjers nodirektiv, ya’ni, bemorda
jamlangan metod deb nomladi. Bu metodga asosan, shifokor bemorga bosim
o’tkazishi kerak emas. SHifokor va bemor o’rtasidagi aloqa bir-biriga nisbatan
hurmatga asoslangan bo’lishi kerak, bunda ularning ikkisi ham suhbat yoki
aloqaning teng huquqli ishtirokchisi bo’lib hisoblanadilar. Terapevtning vazifasi
shifokoming bemor uchun ikkinchi «Men»i sifatida namoyon bo’lishi va lining
ichki olamiga e’tiborli bo’igan vaziyatni yaratishdan iborat. Bunday vaziyatda
mijoz barcha kechinmalari, hissiyotlari qiziqish va mamnuniyat bilan idrok
etilishini his etadi, bu tajribasida yangi qirralami ochishga, ba’zida esa u yoki bu
kechinmalar ma’nosini birinchi marta anglab yetishga yordam beradi.
Keyinchalik Rodjersning nodirektiv terapiya g’oyasi nodirektiv hulq-atvor
psixologiya nazariyasigacha rivojlandi. Bu nazariyaga asosan, sog’lom
odamlarning o’zaro muloqoti ham xuddi shunday nodirektiv bo’lishi kerak.
Rodjers shaxs nazariyasining markaziy halqasi bo’lib,
o ’zini baholash
darajasi hisoblanadi. Bolaning kattalar va boshqa odamlar, bolalar bilan o’zaro
munosabatlarga kirishishi natijasida unda o’zi haqida tasawur paydo bo’ladi.
Lekin o’zini baholashning shakllanishi nizolilarsiz o’tmaydi. Ko’p hollarda
atrofdagilaming baho berishi o’zini baholash bilan mos kelmaydi. Inson ko’pda
atrofdagilar bahosini qabul qilish yoki o’z fikrida qolishdan birini tanlay olmay,
qiyin ahvolda qoladi. Murakkab «solishtirish» jarayoni sodir bo’ladi, buni
Rodjers «jonli baholash jarayoni» deb ataydi, chunki dastlab baholash manbai
bola organizmida bo’lib o’tadi, ya’ni, bu yerda biz yana bir bora tug’ma sifatlar
tushunchasi bilan to’qnashamiz.
Psixologiyadagi umuminsoniy yo’nalishning
boshqa vakili amerikalik
mhshunos Abraxam Xarald Maslou bo’ladi. Uning nuqtai nazariga ko’ra,
insonning
asosiy
ehtiyoji
-
bu
o’zini
dolzarblashtirish,
o’zini
mukammallashtirish va o’zini namoyon etish. A. Maslouning yozishicha:
«O’zini dolzarblashtiruvchi odamlarning barchasi qandaydir faoliyat bilan
mashg’ul bo’ladi ... Ular bunga berilgan bo’lib, ular uchun bu ish juda qadrli -
bu o’ziga xos layoqat»11. Bunday turga mansub odamlar yuksak qadriyatlami
amalga oshirishga intiladilar (ular ichida - yaxshilik, haqiqat, insofiilik,
go’zallik, haqqoniylik, yetuklik va boshqalar), bunday odamlar uchun bular
11 Maslou V. Samoaktualizatsiya//Psixologiya lichnosti: tekstq. M., 1982. B.l 10.
150
hayotiy muhim ehtiyoj bo’lib xizmat qiladi. SHaxs tuzilishi Maslou bo’yicha
tartibli tizimdan yoki ehtiyojlar darajasidan iborat. Bu ehtiyojlami tubandan
yuqoriga sanab o’tamiz: fiziologik (organik) ehtiyojlar, xavfsizlikka bo’lgan
ehtiyojlar, mansublilik va muhabbatga bo’lgan ehtiyojlar, hurmat qilish
ehtiyojlari, bilish ehtiyoji, estetik ehtiyoj va o’zini dolzarblashtirish ehtiyojlari.
Yuksak taraqqiy etgan shaxs insonda mavjud bo’lgan o’zining barcha
qobiliyatlarini to’la rivojlantirish, ma’nan o’sish va ahloqiy yuksalishga intilish
kabi dolzarblashtirish ehtiyojlari bildiradigan xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ehtiyojlar darajasi va u yoki bu ehtiyojning shaxs tuzilishida
egallagan o’rnining o’zgarishini belgilovchi quyidagi qonunlar mavjud:
yuqoriroq darajadagi ehtiyojlar insonning quyiroq darajadagi ehtiyojlari oz
darajada bo’lsa, ham qondirilgan holatdagina yuzaga kelib, muhim va dolzarb
ehtiyojga aylanadi; agar insonda yangi ehtiyoj yuzaga kelib, dolzarblashganida,
uning yaxlit ehtiyojlar darajasi ham qaytadan tuziladi.
Maslou fikricha, o’zini dolzarblashtirish — bu doimiy taraqqiyot va o’z
imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish jarayoni. Maslou o’zini dolzarblashtirish
- tug’ma hodisa bo’lib, inson tabiatiga kiradi deb hisoblaydi. Inson yaxshilik,
ahloqiylik, samimiylikka bo’lgan ehtiyojlar bilan tug’iladi. Ular insonning
asosini tashkil etadi, va odam bu ehtiyojlami joriy qilishni bilishi kerak bo’ladi.
Rossiya psixologiyasida shaxs sohasida ma’lum bo’lgan tadqiqotlar L.S.
Vigotskiy maktabi vakillarining nazariy
ishlari bilan bog’liq. SHaxs
muammosini hal etishga A.N. Leontev va L.I. Bojovich katta hissa qo’shganlar.
L.S. Vigotskiy, L.I. Bojovich tomonidan kiritilgan yetakchi faoliyat va
taraqqiyotning ijtimoiy vaziyati tushunchalariga tayanib ish ko’rish bola
hayotining turli davrlarida faoliyatning o’zaro ta’siri va shaxslararo muloqotning
murakkab dinamikasida ichki nuqtai nazar deb ataladigan dunyoga ma’lum
1 nigoh bilan qarash shakllanishini ko’rsatdi. Bu nuqtai nazar shaxsning muhim
xususiyatlaridan
biri,
faoliyat
yetakchi
motivlari
yig’indisi sifatida
tushuniladigan taraqqiyotning sharti bo’lib hisoblanadi.
A.N. Leontev o’zining ?markaziy o’rinni faoliyat tushunchasi egallagan
shaxs tuzilishi va taraqqiyoti kontseptsiyasini taklif etdi. L.I. Bojovichning
kontseptsiyasiga o’xshash, bu kontseptsiyada ham, shaxsning asosiy ichki
xususiyati
shaxsning motivatsiya
sohasi
bo’lib
hisoblanadi.
Uning
nazariyasidagi muhim tushuncha inson faoliyati maqsadlarining uning
motivlariga, ya’ni, ayni damda bevosita qo’zg’atuvchiga yo’nalganlikka bo’lgan
munosabatini ifodalovchi shaxsiy mohiyatdir. SHaxsga tegishli bo’lgan faoliyat
turlari qanchalik keng, turli-tuman bo’lsa, ular shunchalik taraqqiy etgan va
tartibli, shaxsning o’zi esa shunchalik ma’nan boy bo’ladi.
Xulosa o’mida, shaxs bo’yicha tadqiqotlar hozirda ham faollik bilan olib
borilayotganini ta’kidlab o’tish joiz. Hozirgi zamon tadqiqotlarining muhim
xususiyati nazariy qarashlar eksperimental tadqiqotlar asosida shakllanishidan
iborat.
Ijtimoiy
munosabatlar
tizimida
Do'stlaringiz bilan baham: |