N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

birinchi nuqtai nazari -
intraindivid shaxsiy 
atributsiya: shaxs sub’ektning o’ziga xos bo’lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; 
shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo’ladi.
Ikkinchi nuqtai nazar -
shaxslararo aloqalar muhiti shaxsni aniqlash va 
mavjudlik sohasi bo’lib xizmat qilganida shaxsni tushunish vositasi sifatidagi 
interindivid shaxsiy atributsiya.
Ko’rib chiqishning 
uchinchi nuqtai nazari
- metaindivid shaxsiy 
atributsiya. Ushbu holatda individning o’z faoliyati orqali boshqalarga 
ko’rsatadigan ixtiyoriy yoki ixtiyorsiz ta’siri ko’zda tutiladi. Shaxsga yangicha 
nazar bilan qaraladi: uning individ sifatlari qatoridagi muhim xususiyatlarini 
faqat o’zida emas, balki boshqa odamlardan ham izlash taklif etiladi. Bunda 
shaxs boshqalarda ideal tarzda tasawur etilishi, ulaming o’zga turmush tarzi, 
uning shaxs sifatida alohidalanishida yuzaga keladi.
Bunday ideal tasawur etishning mohiyati — sub’ekt faoliyati yoki uning 
hamkorlikdagi faoliyatini yuzaga chiqaradigan boshqa odamning aqliy va 
affektiv-ehtiyojiy sohasidagi real faol o’zgarishlardan iborat. Bunday holatda 
gap shaxsning boshqalarda o’z hayotini davom ettirishi mumkin bo’lgan faol 
jarayon haqida, boshqalarda o’zining davomiyligini ko’ra bilishi haqida ketadi. 
Individ o’limidan so’ng shaxs butunlay yo’qolib ketmasdan o’zgalar hayoti 
bilan davomiyligini saqlab qoladi. A.S.Pushkin so’zlarini esga olsak: «Yo’q, 
butunlay o’lmayman ... dunyoda bitta bo’lsa ham shoir qolmagunicha». 
Shaxsning psixologik tuzilishini quyidagi ko’rinishda tasawur etish mumkin 
(7.1 rasm).
139


Tabiiy
muhit
Shakllanish omillari
Ijtimoiy
му^ит
Shaxs
7.4. Shaxs tuzilishida biologik va
Inson 
shaxsidagi 
biologik 
va
ijtimoiy nisbatlar muammosi
ijtimoiy nisbatlar muammosi - hpzirgi
zamon 
psixologiyasining 
markaziy 
muammolaridan biri. Psixologiya fanining bunyodga kelishi va taraqqiyoti 
jarayonida «psixik», «ijtimoiy» va «biologik» tushunchalar o’rtasidagi mavjud 
bo’lishi mumkin bo’lgan aloqalar ko’rib chiqildi. Psixik taraqqiyot to’laligicha 
ham biologik va ijtimoiydan mustaqil bo’lgan muayyan jarayon sifatida, ham 
faqat biologik yoki faqat ijtimoiy rivojlanishning hosilasi sifatida, yoki ulaming 
intividga ko’rsatadigan parallel ta’sirining natijasi sifatida tushuntirilgan edi. 
SHunday qilib, ijtimoiy, psixik va biologik nisbatlami turli xilda izohlovchi 
kontseptsiyalaming bir nechtasini ajratish mumkin.
140


Psixik taraqqiyotning ichki ta’sir natijasida vujudga kelganligini isbot 
qiluvchi kontseptsiyalar guruhida psixik nisbat biologik va ijtimoiy nisbatlar 
bilan bog’liq bo’lmagan, o’zining ichki qonunlariga to’laligicha bo’ysunadigan 
hodisa sifatida o’rganiladi. Bunda ushbu kontseptsiyalar nuqtai nazaridan inson 
organizmiga psixik faoliyatning qandaydir «sig’imi» sifatida o’rin ajratiladi. 
Bunday fikrlarni bizlar ko’proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini 
e’tirof etuvchi mualliflar ishlarida uchratamiz.
Biologik kontseptsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin 
sodir bo’ladigan hodisaning chiziqli funktsiyasi sifatida o’rganiladi. Bu 
kontseptsiyalarga asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning 
baicha xusnsiyatlari biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, 
ulaming taraqqiyoti esa biologik qonunlarga bo’ysunadi. Ko’p hollarda bu 
kontseptsiyalarda psixik taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik 
qonun - rekapitulyatsiya qonuni qo’Uaniladi, bu qonunga ko’ra, individ 
taraqqiyoti o’zi tegishli bo’lgan tur evolyutsiyasining asosiy ko’rinishlarida 
amalga oshiriladi. Ushbu e’tirofning ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil 
hodisa sifatida mavjud bo’lmasligi, barcha ruhiy hodisalami biologik 
(fiziologik) tushunchaiar yordamida ta’riflash yoki tushuntirish mumkinligi 
haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazaming fiziologlar o’rtasida juda 
keng tarqalganligini alohida ta’kidlab o’tish zarur. Masalan, I.P. Pavlov ushbu 
nuqtai nazaming tarafdori edi.
Bir qator ijtimoiy kontseptsiyalar mavjud bo’lib, ular ham rekapitulyatsiya 
g’oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o’zgacha tarzda namoyon bo’ladi. 
Ushbu kontseptsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi 
jamiyat tarixiy rivojlanishi, awalambor, ma’naviy hayot, madaniyaming 
taraqqiyoti jarayonining asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o’z tasdig’ini 
topgan.
Shunga o’xshash kontseptsiyalaming mohiyatini V. Shtem yanada yorqin 
tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta’limotda rekapitulyatsiya tamoyili ham 
hayvonlar psixikasi evolyutsiyasini, ham jamiyat ma’naviyatining taraqqiyoti 
tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go’daklik davrining 
birinchi oylarida tuban hissiyotlaming ustunligi holatidagi anglanmagan 
refleksli va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; 
ikkinchi yarim yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini 
rivojlantirib, yuqori sut emizuvchi - maymun darajasiga yetadi, va ikki yoshda 
gavdani tik tutib yurish va nutqni egallagandan so’ng oddiy insoniy holatga 
erishadi. O’yin va ertaklaming birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar 
bosqichida turadi. So’ngra maktabga o ’qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka 
ma’lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda kirib boradi, - bu insonning davlat
141


va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo’lgan madaniyatga a’zo bo’lishining 
ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining birinchi yillarida ko’hna va 
qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o’ta mutanosibdir, o’rta maktab 
yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, faqat yetuklik davrida 
Yangi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma’naviy darajalarga erishiladi»10.
Lekin, fikrimizcha, bunday o’xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda 
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o’ziga xos bo’lgan ta’lim va 
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlaming har bir avlodi 
jamiyatning ma’lum bir rivojlanish bosqichiga to’g’ri kelib, o’sha bosqichda 
tarkib topgan ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o’z 
taraqqiyotida bosib o’tilgan tarixiy bosqichlami qisqartirilgan ko’rinishda 
takrorlab o’tirish shart emas.
Odamning ma’lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim 
tomonidan inkor etilmaydi. Shu bilan birga, inson ma’lum ijtimoiy muhitda 
tug’ilgani uchun faqat biologik ob’ekt sifatida emas, balki, ma’lum jamiyat 
vakili sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o’zaro 
ta’sirda bo’lganliklaridan psixologiya uchun o’zaro aloqalarining xususiyatini 
aniqlash muhimdir.
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko’p sonli 
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang’ich sharti uning biologik 
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi 
bo’lgan ma’lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to’plami bilan 
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud 
bo’lgandagina amalga oshishi mumkin.
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o’zaro faoliyati 
va o’zaro ta’siri muammosini ko’rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini 
ajratish mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. 
Shunday qilib, shuni ko’zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik - ruhiy -
ijtimoiy» o’zaro ta’sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs 
tuzilishidagi biologik - ruhiy - ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi.
Mashhur rossiyalik ruhshunos 
B.F. 
Lomov, 
shaxs 
shakllanishi 
muammosini tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha 
murakkabligi va turli mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu 
muammoga qarashlari quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, 
individ taraqqiyotini tadqiqi etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan 
chegaralanib bo’lmaydi. Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti 
ma’nosida ko’rib chiqilishi lozim. Shu munosabat bilan biologik va ijtimoiy 
nisbat muammosi organizm va shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon
10 Shtcm V. Osnovq genetiki chclovcka. M., 1965. В. 113.
142


bo’ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda tutish lozimki, bu tushunchalardan biri 
biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. 
Lekin ikkovi ham odamga ham Homo sapiens turining vakili sifatida, ham 
jamiyat a’zosi sifatida munosabatda bo’ladi. 
Shu bilan birga, bu 
tushunchalaming har birida inson xususiyatlarining turli tizimlari: organizm 
tushunchasida - inson individi tuzilishi biologik tizim sifatida, shaxs 
tushunchasida esa - insonning jamiyat hayotida qatnashishi aks etgan. 
Uchinchidan, psixologiya shaxs shakllanishi va taraqqiyotini tadqiq etib, shaxs 
- individning ijtimoiy sifati ekanligidan kelib chiqadi, bunda odam inson 
jamiyatining a’zosi sifatida namoyon bo’ladi. Individning bu sifati jamiyatdan 
tashqarida mavjud bo’lolmasligidan, «individ - jamiyat» munosabatlari 
tahlilidan tashqarida tushunish yetish mumkin emas. Individ shaxsiy 
xususiyatlarining ob’ektiv asosi bo’lib, iming o’zi yashab, rivojlanib kelayotgan 
ijtimoiy munosabatlar tizimi xizmat qiladi. Va, nihoyat, to’rtinchidan, shaxsning 
shakllanish va rivojlanish jarayonini inson tomonidan ushbu jamiyatda ma’lum 
tarixiy bosqichda tarkib topgan ijtimoiy dasturlaming o’zlashtirilishi sifatida 
ko’rib chiqish zarur. Bunda jamiyat tomonidan bu jarayonning maxsus ijtimoiy 
institutlar, birinchi navbatda, ta’lim va tarbiya tizimi yordamida yo’naltirilishini 
ko’zda tutish lozim.
Bundan kelib chiqqan holda quyidagi xulosani keltirish mumkin: individ 
taraqqiyoti xususiyatlarini belgilovchi omillar tizimli xususiyatga ega bo’lib, 
yuqori dinamika bilan ajralib turadilar, ya’ni, rivojlanishning har bir bosqichida 
turli xil o’riniami egallaydilar.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish