N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

E ’tiqodlar
- bu shaxsni o’z qarashlari, 
tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi 
motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni - bu tabiat va 
jamiyatni o’rab turgan olam haqidagi bilimlar, ulami muayyan tarzda anglash. 
Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, 
tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning 
dunyoqarashi
sifatida 
o’rganilishi mumkin.
Shaxs 
mayli
- bu awalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan 
m a’lum
shaklda
idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik.
Ko’pchilik mayllaming yanglish mohiyati, yoki inson shaxsiy tajribasidagi 
ba’zi faktlardan shoshilineh va yetarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan 
xulosalaming natijasi, yoki 
fikrlash stereotiplarini
- ma’lum ijtimoiy guruhda 
qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalami tanqidsiz o’zlashtirish natijasi 
bo’lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va 
boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo’lgan mayllar 
ijobiy
va 
salbiy
bo’lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo’lishi 
mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism 
ajratiladi: 
kognitiv
tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir 
namunasidir; 
emotsional-baholash
tarkibiy qism mayl ob’ektiga nisbatan 
xayrixohlik va xush ko’rmaslik majmuasidir; 
hulq-atvor
tarkibiy qism - mayl 
ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga 
oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga 
ko’p marta o’zgartirishlar kiritilgan. Awalambor, shaxsni, aynan, psixologik 
tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog’liq nazariy qiyinchiliklami 
bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil 
etuvchi tarkibiy qismlami sanab o’tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson 
psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o’ziga xos xususiyatlarining to’plami 
sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy 
tomonidan «kollektsiya to’plash» deb nomlangan, bunda shaxs o’zida 
temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.laming qirralarini 
mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.
XX asr 60-yillarining o’rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o’rganish bilan 
bog’liq tadqiqotlar o’tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu 
yo’nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K.
136


Aflotunovning yondoshuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga 
ajratadi:
1. Yo’nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, 
moyilliklar, ideallar kabi shakllami o’z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya 
yo’li bilan shakllanadi.
2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo’lingan, lekin 
shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri 
ostidagi bilimlar, malakalar, ko’nikmalar va odatlami birlashtiradi).
3. Aks ettirish turli shakilarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, 
xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg’ular, iroda).
4. Biopsixik xossalar o’zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va 
yosh xususiyatlari, patologik, organik o’zgarishlami birlashtiradi (7.1 jadval).
Bu to’rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil 
tarkibiy qism bo’lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, 
asosiy tarkibiy qismlaming har birining xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter 
va layoqatlar.
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs 
umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig’indisi 
sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va 
biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo’lib qoldi. 
Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga 
aylanadi.
7.1 Jadval
Xarakter va layoqatlar tegishli bo’lgan shaxs darajalari sifatidagi asosiy tarkibiy
qismlar
Tarkibiy
qimslar-
ning
nomla-
nishi
Tarkibga
kiruvchi
elementlar
Ijtimoiy va 
biologik 
nisbat
Asosiy aloqatar
Shakllant
irishning
maxsus
turlari
Tahiilning
zarur
darajalari
Aks ettirish 
bilan
Anglash
bilan
Ehtiyojlar
bilan
Faollik
bilan
Yo’nal­
ganlik
E’tiqodlar,
dunyoqarash
ideallar,
moyilliklar,
qiziqishlar,
istaklar,
havaslar
Biologik
deyarli
mavjud
cmas
Aks
ettiruvchi- 
ga tajriba 
asosida 
munosabat
Asosan
kelajakni
anglash
Ijtimoiy
ehtiyojni
aks
ettirish
orqali
E’tiqod­
lar orqali
Tarbiya
orqali
Ijtimoiy-
psixologik
Tajriba
Odatlar,
malakalar,
ko’nikmalar
bilimlar
Ijtimoiydan
anchagina
ko’p
Aks ettirish 
shakl- 
larining 
mazmuni
O’tmishni
anglash
zaruriyati
Odatlar
orqali
Iroda 
ko’nikma 
lari orqali
O’qish
Psixologik
pedagogik
137


Psixik
jarayon-
lar
Iroda,
tuyg'ular,
idrok,
tafakkur,
hissiyot,
evolyutsiya,
xotira
Ko’pda
ijtimoiydan
ko’proq
Psixik aks 
cttirishning 
shakllari
Voqelikni 
anglash- 
ning o’zi 
yctarli
SHaxsga
ehtiyoj
orqali
Iroda
orqali
Mashq
Individual
psixologik
Bio-
psixik
xossalar
Tempera­
ment, jinsiy, 
yosh, 
patologik 
xususiyatlar
Ijtimoiy
deyarli
mavjud
emas
Psixik aks 
ettirish 
mexanizmi
Faqat
uslubni
anglash
Biologik
ehtiyoj
orqali
Asab
jarayoniar 
ining 
kuchi va 
harakat- 
chanligi 
orqali
Mashq
Psixofizio
logik
Neyropsix
ologik
XX asr 70-yillaming oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv 
yo’nalishi tizimli yondoshuvni qo’Hash tendentsiyasi bilan almashindi. Shu 
munosabat bilan A.N. Leontev g’oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning fikricha, 
shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan alohida 
turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlaming birgalikda bo’ysunishi 
ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. Shu o’rinda, A.N. 
Leontev ko’rsatib o’tganidek, shaxsga tegishli bo’lmagan, avvalambor, irsiyat 
tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, temperament, 
biologik ehtiyojlaming o’sish kuchi, affektivlik, tug’ma layoqatlar kabi, 
shuningdek, orttirilgan ko’nikma, bilim va malakalar, hamda, - kasbiy belgilami 
ta’kidlab o’tish joiz. Uning fikricha, sanab o’tilganlar, insonning individual 
xossalarini tashkil etadi.
Shaxs awalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari 
shaxs xususiyatlariga aylanmaydi.
A.N. Leontev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o’rganishga 
umumiy yondoshuv A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylaming ishlarida 
rivojlantirildi. Ulaming fikriga ko’ra, shaxs hamkorlikdagi faoliyatning har bir 
ishtirokchisi o’rtasida o’matilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi 
barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o’rganilishi mumkin.
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan 
individual munosabatlaming (sub’ekt - ob’ekt - sub’ektiv va sub’ekt - sub’ekt -
ob’ektiv) barqaror tizimiga nisbatan sub’ekt sifatida o’rganish imkonini beradi. 
A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o’ta 
sezgir» tizimli xususiyati sifatida ko’rib chiqadilar. Shaxsni sub’ektiv 
munosabatlar tizimida ko’rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch 
xildagi atributsiyasini (qo’shib yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining 
uch xil nuqtai nazarini ajratadilar.
138


Ко’rib chiqishning 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish