og’zaki
yoki
yozma
turlaridan
biriga tegishli bo’ladi (6.2 rasm).
Bunda ikki tur ma’lum o’xshashlikka ega bo’ladi. Bu o’xshashlik hozirgi
zamon tillaridagi yozma nutq, xuddi og’zaki nutq kabi tovushli ekanligidan
iborat: yozma nutq belgilari bevosita ma’noni emas, so’zning tovush tarkibini
yetkazadi.
Og’zaki nutqning asosiy boshlang’ich ko’rinishi bo’lib, suhbat shaklida
kechadigan nutq hisoblanadi. Bunday nutq
suhbat
yoki
dialog
deb ataladi.
Uning asosiy xususiyati suhbatdosh tomonidan faol olib boriladigan nutq
hisoblanadi, ya’ni, suhbat jarayonida ikki suhbatdosh ishtirok etib, tilning sodda
gap va iboralami qo’llaydilar. Dialog nutqning ochiq holda ifodalanishi talab
etmaydi, chunki suhbatdosh suhbat davomida nima haqida so’z yuritilayotganini
tushunadi va boshqa suhbatdosh tomonidan bildirilgan iborani fikran yakunlay
oladi. Shunga o’xshash vaziyatlarda birgina so’z boshqa suhbatdosh tomonidan
aytilgan iborani yakunlab qo’yishi mumkin. bunda birgina so’z yaxlit iboraning
o’mini bosadi.
Nutqning boshqa shaklini so’zlovchi tomonidan aytilgan nutq tashkil etadi,
bunda tinglovchilar uning nutqini idrok qiladilar, lekin unda to’g’ridan-to’g’ri
qatnashmaydilar. Bunday nutq
monolog
deb ataladi. Ma’mzachining nutqi
124
monologik nutq hisoblanadi. Bu nutq psixologik jihatdan dialogdan
murakkabroqdir, chunki u tinglovchidan o’z mulohazalarini tushunarli, qat’iy
mantiqqa asoslangan holda bayon qilish malakasini talab etadi. Bunda
so’zlovchi yetkaziladigan axborotning tinglovchilar tomonidan o’zlashtirilishini
baholashi zarur, ya’ni, u faqat o’z nutqinigina emas, balki tinglovchilami ham
kuzatishi kerak bo’ladi.
Dialog ham, monolog ham
fa o l
va
sust
bo’lishi mumkin. Nutqning faol
shakli - bu so’zlovchining nutqi, tinglovchining nutqi esa sust shaklda namoyon
bo’ladi. Gap shundaki, tinglayotganimizda tashqaridan unchalik sezilmasada,
ichimizda so’zlovchining so’zlarini takrorlaymiz. Odamlar faol va sust nutq
shakllarining rivojlanish darajasiga ko’ra ajratiladilar. Ko’pincha odam boshqa
odamning nutqini yaxshi tushunadi, lekin o’zining fikrlarini yetkazib
berolmaydi. Va, aksincha, odam yetarlicha yaxshi so’zlab berishi mumkin, lekin
boshqalami tinglashni umuman bilmaydi.
Nutqning boshqa turi
yozma
nutq hisoblanadi. Yozma va og’zaki nutqlar
o’rtasida psixologik tafovutlar mavjud. Og’zaki nutqning yozma nutqdan
farqlaridan biri og’zaki nutqda so’zlaming qat’iy ravishda ketma-ket kelishi, bir
so’z talaffuz etilganida undan oldin kelgan so’z na so’zlovchi va na tinglovchi
tomonidan idrok qilinmasligidan iborat. Yozma nutqda boshqacharoq:
yozayotgan ham, o’qiyotgan ham o’zlarining idrok maydonlarida bir vaqtning
o’zida so’zlar qatoriga ega bo’ladilar, ehtiyoj tug’ilgan vaziyatlarda esa bir
necha satr yoki sahifa orqaga qaytishlari mumkin. Yozma nutqning og’zaki nutq
oldidagi afzalligi shundan iborat. Yozma nutqni ixtiyoriy ravishda tuzish
mumkin, chunki yozganlaringiz doimo ko’z oldingizda bo’ladi. SHu bilan birga,
yozma nutq murakkab nutq shakli bo’lib hisoblanadi, chunki u awaldan o’ylab
iboralar tuzish, mulohazalami aniqroq bayon etishni talab etadi, negaki, unga
emotsional tus berib, zarur imo-ishoralar bilan amalga oshira olmaymiz.
Nutqning yana bir -
kinestetik
shakli mavjud. Nutqning bu turi insonda
o’tmish davrlardan buyon saqlanib qolgan. Vaqt o’tishi bilan nutqning ushbu
turi o’z vazifalarini yo’qotgan va hozirda asosan nutqning emotsional-ifodali
tarkibiy qismlari - imo-ishoralar sifatida qo’llaniladi.
Lekin odamlaming kinestetik nutq avvalgidek nutqning asosiy turi bo’lib
sanaladigan katta guruhi mavjud. Bunda kar-soqov bo’lib tug’ilgan yoki baxtsiz
hodisa yoki kasallik natijasida so’zlash yoki eshitish qobiliyatidan mahrum
bo’lgan odamlar nazarda tutiladi. Albatta, hozirgi zamon kinestetik nutqi
qadimgi kinestetik nutqdan tubdan farq qiladi. U bir muncha taraqqiy yetgan
bo’lib, belgili daraklaming yaxlit tizimiga ega.
Nutq turlarining ichki va tashqi nutq turlariga bo’linishining yana bir
umumiy ko’rinishi mavjud. Tashqi nutq muloqot, axborot almashinuv
jarayonlari biian bog’liq. Ichki nutq, avvalambor, tafakkur jarayonini ta’minlash
bilan bog’liq.
Og’zaki, ayniqsa, yozma nutqqa tayyorgarlik ko’rishda so’zlovchining o’z
ichida nutqni qaytarib olish davri mavjud. Mana shu ichki nutqdir. Unga
parchalarga bo’linganlik xosdir, u vaziyatga bog’liq bo’ladi. Ichki nutq tashqi
nutq asosida shakllanadi.
Tashqi nutqning ichki nutqqa ko’chirilishi (interiorizatsiya) tashqi nutq
tuzilishining qisqarishi bilan birgalikda kechadi, ichki nutqning tashqi nutqqa
o’tishi (eksteriorizatsiya) esa, aksincha, ichki nutq tuzilishini ochib berishni, uni
mantiqiy, hamda grammatik qoidalarga muvofiq ravishda tuzishni talab etadi.
TA’LIM OLUVCHINING MAVZU BO’YICHA O’Z - O’ZINI
TEKSHIRISHGA OID SAVOLLAR:
1. «Muloqot» tushunchasi, uning maqsadi va mazmunini ochib bering.
2. Insonlar muloqotining vazifalari va turlari nimadan iborat?
3. Qanday muloqot vositalarini bilasiz?
4. Muloqotning nuqtai nazarlari haqida gapirib bering.
5. Muloqotdagi Kauzal atributsiya, refleksiya, tenglashtirish va pertseptsiya
nimani bildiradi?
6. Tirik jonzotlar filogenezi va odam ontogenezidagi muloqot taraqqiyotini
ochib bering.
1. Reveal the notion “communication”, its aim and content.
2. What are the tasks and kinds of the human communication?
3. What are the means of communication?
4. Tell about points of view of communication.
5. What do the Casual attribution, reflection, equalization and perception
in communication mean?
6. Reveal the communication development of the creatures’ phylogenesis
and human ontogenesis.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1. Birax A. Psixologiya ipjmiki. - M., 2004.
2. Verdeber R. Psixologiya obmeniya. - SPb., 2005.
3. Davletshin M.G. Umumiy psixologiya. - Toshkent, 2003.
4. Karimova V.M. Psixplogiya. - Toshkent, 2000.
5. Leontev Д .К Re<$^ psixologiya/ K.N.Komilov.prof. A.A.Smip^oy, prolj.
B.M.Teplov tahriri ostida. M., 1948.
6. Stolyarenko L.D. Osnovi psixologii. - Rostpy-na-Donu, 1997.
MAVZU BO’YICHA TEST TOPSHIRIQLARI
1. Muloqot:
a) shaxsning mohiyatga ega bo’lgan xususiyati;
b) faoliyat kabi ahamiyatii bo’lgan, inson turmush tarzining bir tomoni;
v) insonning boshqa odamlar bilan o’zaro ta’sirlashuv shakli;
g) ikki va undan ortiq odamlaming bilish yoki affektli-baholash xususiyatli
axborot almashinuvidan iborat bo’lgan o’zaro ta’sirlashuvi.
2. Shaxslararo munosabatlar - bu:
a) odamlar o’rtasida faoliyat va guruhlardagi muloqotda o’rnatiladigan
munosabatlar;
b) rahbarlar va xodimlar o’rtasidagi munosbatlar;
v) tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi munosbatlar;
g) faoliyat jarayonidagi odamlar o’rtasidagi dialoglar.
3. Muloqot, odatda,.... tomonlarining birligida namoyon bo’ladi:
a) axborotli, pertseptiv, yo’nalishli;
b) interfaol, kommunikativ, nutqiy;
v) shaxslararo, kognitiv, kommunikativ, emotiv, konativ;
g) bilish, emotsional, shaxslararo.
4. Muloqotda o’zini boshqa odamga o’xshatish yo’li bilan uni tushunish
xususiyatiga ega bo’lgan shaxslararo idrokning bosh mexanizmlaridan biri:
a) ijtimoiy-psixologik refleksiya;
b) stereotiplashtirish;
v) empatiya;
g) identifikatsiya.
5. Imo-ishoralar, mimika va pantomimika - b u .... muloqot vositalar:
a) optik-kinestezik;
b) paralingvistik;
v) ekstralingvistik;
g) fazoviy-vaqtli.
VII MAVZU. SHAXS
REJA:
7.1. lnson, individ, shaxs va individuallik.
7.2. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish.
7.3. Shaxs tuzilishi.
7.4. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi.
7.5. Shaxs haqida psixologik nazariyalar.
7.6. O’zini anglash, o’zini baholash va shaxsiy da’vogarlik darajasi.
7.7. Shaxsning psixologik himoyasi.
7.8. Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti.
Mavzu o’quv maqsadi:
Ta’limiy: talabalar tomonidan inson, individ, shaxs va individuallik, «shaxs»
tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish, shaxs tuzilishi, shaxs
tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi, shaxs haqida psixologik
nazariyalar,o’zini
anglash,
o’zini
baholash
va
shaxsiy
da’vogarlik
darajasi,shaxsning psixologik himoyasi, shaxs shakllanishi va taraqqiyoti
haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan inson, individ, shaxs va
individuallik, «shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish,
shaxs tuzilishi, shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi, shaxs
haqida psixologik nazariyalar, o’zini anglash, o’zini baholash va shaxsiy
da’vogarlik darajasi,shaxsning psixologik himoyasi, shaxs shakllanishi va
taraqqiyoti haqidagi bilim, ko’nikma va malakalari asosida dunyoqarashini
kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Individ
- biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm
(har bir odam individ bo’lib tug’iladi).
Individual is a biologic organism that carries general genetic features of the bio
logic kind (each human is bom as individual).
Do'stlaringiz bilan baham: |