I l l MAVZU. MIYA VA PSIXIKA
REJA:
3.1. Psixikaning neyrofiziologik asoslari.
3.2. Retseptorlar va sezgilar.
3.3. Bosh miya xaritasi.
Mavzu o’quv maqsadi:
Ta’limiy: talabalar tomonidan psixikaning neyrofiziologik asoslari, retseptorlar,
bosh miya xaritasi haqidagi bilimlami o’zlashtirilishini tashkil etish.
Tarbiyaviy: bo’lajak pedagoglar tomonidan psixikaning neyrofiziologik
asoslari, retseptorlar, bosh miya xaritasi haqidagi bilim, ko’nikma va malakalari
asosida dunyoqarashini kengaytirish.
Rivojlantiruvchi: mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o’quv
maqsadlari asosida
talaba shaxsini rivojlantirish.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Shartsiz reflekslar -
organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa,
xavf va shunga o’xshashlar)ga nisbatan tug’ma reaktsiyasi.
Unconditioned reflex is a bom reaction to the important vital factors (food, dan
ger and other) of the organism.
SHartli reflekslar
- bu organizmning shunday rektsiyalaridirki, ular tug’ma
bo’lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi.
Conditioned reflex is a reaction that is not a bom but possessed in life situation.
Retseptorlar
- hissiy yoki sensor hujayralar bo’lib, ular, ya’ni, bu ta’sirlanish,
ichki yoki tashqi ta’sirlanish bo’lishidan qat’iy nazar, u haqidagi axborotni qabul
qilgandan so’ng, o’zgartirib, asab tizimiga yetkazib beruvchi maxsus
tuzilmalardir. Receptors are sensitive cells that are
specialists in detecting and
responding to stimuli from external elements.
.
Hozirgi zamon fanida iadal rivojlanib, katta
3.1. Psixikaning
. . • ,
.
.
neyrofiziologik asoslari
qiziqtsh
uyg otayotgan
va
inson
sir-
sinoatlariga
chuquiroq
kirib
borishga
muvaffaq bo’lgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi.
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat ko’rsatishini nerv
hosilalarining to’plamlari ta’minlab beradi.
41
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo’limlardan iborat. Markaziy
asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani o’z ichiga oladi.
Miya organizmda
boshqaruvchi vazifasini o’taydi va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi.
Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson
organizmining beshta asosiy tuyg’ulari - ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish
va sezishni nazorat qiladi.
Periferik asab tizimi - nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar
majmuasi yurak, o’pka, ovqat hazm qilish tizimi
va boshqa ichki organlar,
tomirlar va to’qimalami ta’minlaydi, bulaming barchasi vegetativ asab tizimini
tashkil etadi. lining faoliyati inson iroda kuchiga bog’liq bo’lmaydi. (2.1 rasm)
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini
boshqaradi. Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish
vazifasini keltirishimiz mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab
hujayralari organizmning o’zidan, shuningdek, tashqi
muhitdan axborot qabul
qiladilar.
Ko'krak orqa n i n oenlari
Bel orqa miya nertiari
Dnmj'aaa orqa miya nerrbui
Do'stlaringiz bilan baham: