Bosh va orqa miya - ikki hayotiy muhim organlar -
miya qutisi va umurtqa
pog’onasi suyaklari bilan o’ral'gah va himoya' qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy
qismlari bo’lib katta miya (ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi.
Miya yarim sharlarj - b u organning 'axborotni qabul qilib, tananing boshqa
qismlariga-o’tkazuvchi asosiy qisjnidir. Yarim sharlar nutq, tafakkur va xotiraga
ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga yordam
beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalami
boshqaradi.
.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy
hamkorlikda inson barcha
organlarining faoliyatini boshqaradi. Inson fikrlan, xotiralari, hissiyotlari yoki
sezgilari, shuningdek, uning har bir anglangan harakati amalga oshirgan
faoliyatining aksi bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari,
asab tizimi, ichki,
vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa
gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilami boshqaradi.
Asab tizimi somatik va vegetativ bo’limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet
mushaklari qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan
holda organizm bilan tashqi muhit o’rtasidagi aloqani amalga oshiradi.
Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish, ajratishga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Miya oq va kul rang moddadan iborat. Kill rang modda asab
hujayralarining to’plamlarid^n hosil bo’ladi, oq moddani esa asab tolalari tashkil
etadi. Yaqin vaqtgacha kul rang modda asosan yurish va yugurishga bo’lgan
ko’nikma hosil qilish bilan bog’lanar edi. Hozirgi
kunlarda olimlar yana bir
qonuniyatni aniqladilar - yangi raqs harakatlarini o’rganib, ijro etishga layoqatli
insonlaming miyasi faolroq bo’lar ekan.
Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr
yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar
ko’proq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faoHashtirishlari ma’lum
bo’ldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan
kul rang moddadan 6,5 marta ko’proq, go’zal jins vakillari esa oq moddadan 10
marta ko’proq foydalanar ekan.
Asab tizimining strukturaviy birligi neyrondir. Asab tizimi neyronlar
yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birilari
bilan maxsus tuzilmalar -
sinapslar
orqali aloqada bo’ladilar. Har bir neyronda muntazam ravishda
almashinuv jarayonlari ro’y berib, oqsillar sintezlanadi, asab impulslari
to’plangan holda o’tkazilib turiladi.
4 3
2.2 Kasm
Neyron - o’ziga xos hujayra bo’lib, o’simtalari bo’ladi: uzun o’simtalari
aksonlar,
kalta sertarmoq o’simtalar -
dendritlar
deb ataladi. Neyron tanasining
o’rtacKa diametri 0,01 mmni, bosh miyadagi neyronlaming umumiy soni esa
100 mlrd.ni tashkil etadi
Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik
zahirasini
joylaydi, va natijada, ko’p miqdorda ortiqclja neyronlar hosil bo’ladi.
Ularning taxminan 70% bolaning tug’ilish davrigacha nobud bo’ladi va bu
jarayon tug’ilgandan so’ng ham, umri bo’yi davom etadi. Hujayralaming
bunday nobud bo’lishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan bo’ladi.
Neyronlar o’ta egiluvchandir. Egiluvchanlikning ma’nosi shundan iboratki,
nobud bo’lgan asab hujayralarining vazifalari ularning o’z hayotchanligini
saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning o’lchamlari
kattalashgani
hisobiga
yo’qotilgan
vazifalaming
o’mi
to’ldiriladi.
Ma’lumotlarga ko’ra, bosh miyadagi neyronlaming 90% ga yaqini nobud
bo’lmagunicha, kasallik belgilari namoyon bo’lmay, inson sog’lom ko’rinishini
saqlab qolar ekan. Ya’ni, bitta tirik asab hujayrasi to’qqizta nobud bo’lgan
hujayralaming o’mini bosishi mumkin ekan.
4 4
Lekin asab tizimining egiluvchanligi keksalik
davrigacha zehnni tiniq
holatda saqlab qolishning yagona mexanizmi emas. Tabiatning zahiradagi yana
bir yo’li - voyaga yetgan sut emizuvchilaming bosh miyasida yangi asab
hujayralarining hosil bo’lishi, yoki neyrogenez hodisasi ham mavjud. Agar asab
hujayralari bo’linmaydigan bo’lsa, yangi neyronlar qaerdan paydo bo’ladi? Ular
voyaga yetgan organizmning o’zak hujayralaridan hosil bo’ladi.
Nerv faoliyatining asosiy mexanizmi bo’lib refleks hisoblanadi. Refleks -
organizmning markaziy asab tizimidan beriladigan va u orqali nazorat
qilinadigan ta’sirga javob reaktsiyasi. «Refleks» atamasi ilk bora XVII asrda
fiziologiyaga frantsiyalik olim Rene Dekart tomonidan kiritilgan. Ammo bu
atama psixik faoliyatni tushuntirib berish uchun 1863 yildagina I.M.
Sechenov
tomonidan qo’llanilgan edi. I.M. Sechenov ta’limotini rivojlantirgan holda, I.P.
Pavlov tajribada refleksning o’z vazifalarini bajarish xususiyatlarini tadqiq etdi:
Barcha reflekslar ikki guruhga ajratiladi: shartli va shartsiz. SHartsiz
reflekslar - organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa, xavf va
shunga o’xshashlar)ga nisbatan tug’ma reaktsiyasi. Ulaming paydo bo’lishi u
yoki bu sharoitlami talab etmaydi, masalan, ko’zni pirpiratish, ozuqani
ko’rganda so’lak ajratish reflekslari va boshqalar.
SHartsiz
reflekslar
organizmning tayyor tabiiy zahiradagi javob reaktsiyalaridir. Ular ma’lum
hayvon turining evolyutsiya davomida rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.
Shartsiz reflekslar bir turga mansub bo’lgan organizmlarda bir xilda bo’ladi - bu
tabiiy tuyg’ulaming fiziologik mexanizmi. Ammo yuqori tuzilgan hayvonlar va
insonlarda tug’ma reaktsiyalardan tashqari, ushbu organizm shaxsiy hayotiy
faoliyatida orttirgan reaktsiyalar, ya’ni shartli reflekslar ham o’rin tutadi.
Shartli reflekslar - bu organizmning shunday rektsiyalaridirki, ular tug’ma
bo’lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi. Ular ko’p marotaba takrorlanishlar
va u yoki bunga bo’lgan qat’iy odatning shakllanishi sababidan paydo bo’ladi.
, т D .
, ,
Inson miyaning alohida faoliyatiga
Do'stlaringiz bilan baham: