N. K. Jamalov mehnat huquqi


Yillik qo’shimcha ta’tillar



Download 2,79 Mb.
bet49/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

4.Yillik qo’shimcha ta’tillar

Qo’shimcha ta’til – bu alohida toifadagi xodimlarga belgilangan aso­siy (minimal yoki uzaytirilgan) ta’tildan tashqari (qo’shimcha ravishda) beriladigan mehnat ta’tilining turidir.

Qo’shimcha ta’tillarning muddati va ularni berish tartibi mehnat to’g’risidagi qonunlar, boshqa normativ hujjatlar yoki mehnat shartnomasi shartlari bilan belgilanadi.

MK ning 136-moddasiga ko’ra, qo’shimcha ta’tillar quyidagi xo­dimlarga belgilanishi nazarda tutilgan:

1) mehnat sharoiti noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarga;

2) o’ziga xos bo’lgan, shuningdek og’ir va noqulay tabiiy-iklim sha­roitlarida ish bajarayotgan xodimlarga;

3) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

Mehnat kodeksining 232-moddasida o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor ayollarga har yili uch ish kunidan kam bo’lmagan muddat bilan haq to’lanadigan qo’shimcha ta’til berilishi nazarda tutilgan.

Qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan hollardan tashqari, qo’shimcha ta’tillar jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.

Mehnat sharoiti noqulay ishlar uchun beriladigan qo’shimcha ta’tillarning eng kam muddati O’zbekiston Respublikasi Mehnat va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan uslubiyot asosida o’tkaziladigan ish joylarini mehnat sharoitlariga ko’ra attestatsiyadan o’tkazish orqali aniqlanadi. Bunda ishlab chiqarish muhitining fizikaviy, kimyoviy, biologik omillari u yoki bu ish joyidagi mehnat jarayonining og’irligi va tig’izligi bir-biriga uyg’un holda asboblar yordamida tekshiruvdan o’tkaziladi. Tekshirishlarning natijalari maxsus kartalarga yozib boriladi va umumlashtiriladi, mehnatning zararliligi va xavfliligi klassi hamda darajasi aniqlanadi. Mehnat sharoitlarini baholash va ish joylarini attestatsiyalash uslubiyotida maxsus jadval bo’lib, u yerda zararlilik darajasi natijalariga muvofiq ravishda mazkur ish joyida mehnat vazifalarini bajaruvchi xodimlar uchun qo’shimcha ta’tilning eng kam muddati ko’rsatiladi.

SHu tartibda aniqlangan ish joylari ro’yxati va qo’shimcha ta’tillar muddati uslubiyotga muvofiq ana shu ma’lumotlarni jamoa kelishuviga yoki jamoa shartnomasiga (agar u tuzilmagan bo’lsa, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishuvga binoan ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan alohida lokal hujjatga) kiritish uchun asos bo’ladi va qonun hujjatlarida belgilangan ta’tillar hisoblanib, ularning xarajatlari tegishli tartibda belgilanishi kerak. Bunday ta’tillarni qisqartirish yoki ularni ko’rsatib o’tilgan ish joylarida ish bajaradigan xodimlarga bermaslik ularning mehnat huquqlarini buzish deb baholanadi. Jamoa kelishuvlari, korxonaning jamoa shartnomasi yoki xodim va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi korxona oladigan foyda hisobiga bunday ta’tilning muddati uzaytirilishini nazarda tutishi mumkin.

Bundan tashkari, Mehnat kodeksi 137-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq, jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi bilan (agar ular tuzilmagan bo’lsa, - kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishilgan holda ish beruvchi tomonidan) noqulay mehnat sharoitida ishlaganlik uchun yillik qo’shimcha ta’tillarni berish tartibi va shartlari tartibga solingan bo’lishi kerak. Ish joylarini attestatsiyadan o’tkazish natijalariga doir ma’lumotlar mehnat sharoiti noqulay ishlar uchun qo’shimcha ta’tillarning muddatini belgilashga asos bo’ladi.

O’ta zararli va o’ta og’ir mehnat sharoitida ishlovchi xodimlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdaga 133-sonli qarori bilan tasdiqlangan.97 SHu qarorning o’zi mehnat sharoiti o’ta zararli va o’ta og’ir ishlarda band bo’lgan shaxslar uchun ish vaqtining eng ko’p muddatini va qo’shimcha ta’tilning eng kam muddatini nazarda tutadi. Ro’yhatda nazarda tutilgan xodimlar qo’shimcha ta’tilining muddati o’n ikki ish kunidan kam bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasi Mehnat va Sog’liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan uslubiyot asosida o’tkaziladigan ish joylarini mehnat sharoitlariga ko’ra attestatsiyadan o’tkazish natijalariga qarab aniqlanadi. SHu sababli, agar attestatsiya natijalariga ko’ra mazkur xodim 12 emas, balki, masalan, 24 ish kuni davom etadigan qo’shimcha ta’til olish huquqiga egaligi aniqlansa, bu xodimga xuddi щuncha muddatli qo’shimcha ta’til berilishi zarur.

Mehnat kodeksining 135-moddasiga binoan o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarga, shuningdek ishlayotgan I va P guruh nogironlariga yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili muddati kalendarь kunlarda hisoblab chikariladi.

Xodimlar uchun qonunlarda nazarda tutilganiga qo’shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari boshqa normativ hujjatlar bilan, shu jumladan shartnomalarasosida (jamoa kelishuvlari, korxona­ning lokal hujjatlari), shuningdek xodim va ish beruvchi o’rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bilan belgilab qo’yilishi mumkin.

Hozirgi vaqtda bu turdagi ta’tillarni berishni nazarda tutgan bir qator qonun hujjatlari amalda. Jumladan CHernobilь halokati okibatida jabrlangan xodimlarning ayrim toifalariga beriladigan yillik qo’shimcha ta’til muddati 14 kalendarь kundan iborat qilib belgilangan. O’zbekiston Respublikasining «Prokuratura to’g’risida»gi qonunining50-moddasiga muvofiq asosiy uzaytirilgan ta’tildan tashqari ish stajiga muvofiq qo’shimcha ta’tillar beriladi:


  • o’n besh yildan ortiq ish stajiga ega bo’lgan prokuratura organlari xodimlariga - besh kalendarь kun,

  • yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega bo’lganlarga esa – o’n kalendarь kun.

Qo’shimcha ta’tillarningboshqa turlarini korxonaning mablag’lari hisobidan berishjamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida yoki xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan bo’lishi mumkin.

Masalan, aksariyat ko’pchilik korxonalarda shu korxonadagi yoki tarmoqdagi uzluksiz ish staji uchun qo’shimcha ta’til berilishi belgilab qo’yiladi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish