17-Mavzu: Mehnatga oid nizolarni ko’rish
Reja:
1.Mehnat nizolari komissiyasi va unda nizolarni
ko’rib hal etilishi
2. Mehnat nizolarni fuqarolik ishlari bo’yicha sudlarda ko’rib hal etilishi
3. Mehnat nizolarini ko’rib chiqish va hal etish bo’yicha xalqaro tajriba
1. Mehnat nizolari komissiyasi va unda nizolarni
ko’rib hal etilishi
Mehnat kodeksida nazarda tutilgan mehnat nizolarini mehnat nizolari Komisciyasida ko’rish orqali hal etish mexanizmi aynan ish beruvchi va xodimlar vakillik organlari o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy sherikchilikka asoslanadi hamda yuzaga kelgan ixtilofni bevosita korxonaning o’zida, vaqt va mablag’ tejalgani holda tez hal etish imkonini beradi.
Jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa shartnomasi tuzilmagan hollarda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o’rtasidagi kelishuvda mehnat nizolari Komisciyalarini tuzish nazarda tutilishi mumkin.
Mehnat nizolari komissiyasi mehnat nizolarini bevosita korxona yoki tashkilotning o’zida ish beruvchi va xodimlar vakillik organi o’zaro kelishiuvi yo’li bilan hal etuvchi organ bo’lib, nizolashayotgan taraflarni qonun asosida o’zaro murosaga keltirish orqali ziddiyatni bartaraf qilishga intiladi.
Mehnat nizolari Komisciyalari ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tomonidan teng sondagi vakillardan iborat tarkibda tuziladi.
Komisciyaga kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organidan ajratilgan a’zolar tegishli organning qarori bilan, ish beruvchining vakili esa, korxona rahbarining buyrug’i bilan tasdiqlanadilar. SHuningdek, komissiya tarkibi korxona kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda korxonaning buyrug’i bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Mehnat nizolari komissiyaning son tarkibi va vakolat muddati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo’lsa, ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organining kelishuviga binoan belgilanadi.
Ko’p hollarda Mehnat nizolari komissiyasi to’g’risidagi Nizom jamoa shartnomasiga ilova qilinadi va ushbu nizomda uning vakolatlari, nizoni ko’rib hal etish tartibi va boshqa masalalar belgilab qo’yiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi yakka mehnat nizolarini ko’rib hal qilishi mumkin. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnat nizolari Komisciyada ko’rib chiqilishi mumkin emas va bunday hollarda nizo vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan bo’ysunish tartibida ko’riladi.
Mehnat nizolari Komisciyasida ish yuritish xodimning yozma arizasiga asoslanadi.
Xodimning mehnat nizosiga doir ish yuritish haqidagi arizasi Mehnat nizolari komissiyasi tomonidan (mas’ul qilingan shaxs tomonidan) qabul qilinib, belgilangan tartibda hisobga olinadi. Nizo ko’riladigan joy va vaqt haqida xodimga yozma xabar beriladi.
Nizo ariza berilgan kundan etiboran o’n kun muddat ichida xodimning ishtirokida ko’rib chiqilishi shart. Xodimning ishtirokisiz nizoni ko’rib chiqishga uning yozma arizasi bo’lgan taqdirdagina yo’l qo’yiladi. Basharti xodim uzrsiz sabablarga ko’ra Komisciya majlisiga kelmasa, mazkur arizani ko’rib chiqishni kun tartibidan olib tashlash xususida qaror qabul qilinishi mumkin, bu esa xodimni takroran ariza bilan murojaat etish huquqidan mahrum qilmaydi.
Xodim, kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi mehnat nizosi ko’rib chiqilishida ishtirok etish uchun advokat taklif qilish huquqiga ega.
Mehnat nizolari komissiyasi majlisga guvohlarni chaqirtirish, mutaxassislarni taklif qilish, ish beruvchidan zarur hisob-kitoblar va hujjatlar taqdim etishini talab qilish huquqiga ega.
Majlisda Komisciyaning ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlar boshqa vakillik organi vakillaridan iborat teng miqdordagi a’zolari ishtirok etishlari kerak.
Mehnat nizolari Komisciyasining har bir majlisida raislik vazifasini ish beruvchining va kasaba uyushmasi qo’mitasining yoki xodimlar boshqa vakillik organining vakillari navbatma-navbat bajaradilar. Bunda bir majlisning o’zida raislik va kotiblik vazifasini bir tarafning vakillari bajarishi mumkin emas.
Komisciyaning har bir majlisida taraflar tomonidan keyingi majlisning raisi va kotibi tayinlanadi, ularga majlisni tayyorlash va chaqirish vazifasi yuklatiladi.
Mehnat nizolari Komisciyasining majlisida bayonnoma yuritiladi.
Mehnat nizolari komissiyasi ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoxud xodimlar boshqa vakillik organining vakillari o’rtasidagi kelishuvga binoan qarorqabulqilinadi.
Komisciyaning qarori dalillar bilan isbotlangan hamda mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarga, mehnat shartnomasiga asoslangan bo’lishi kerak.
Komisciyaning pul undirish talablariga oid qarorida xodimga tegishli summa aniq ko’rsatilishi lozim.
Qaror majlis raisi va kotibi tomonidan imzolanadi. U majburiy kuchga ega bo’lib, tasdiqlanishi yoki qandaydir maxsus organ tomonidan ro’yxatga olinishi talab etilmaydi.
Qaror qabul qilingan kundan etiboran uch kun ichida xodimga, ish beruvchiga va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organiga qarorning nusxasi topshiriladi.
Qaror ustidan shikoyat qilish uchun belgilangan o’n kunlik muddat o’tgandan keyin uch kun ichida Komisciyasining qarori ish beruvchi tomonidan bajarilishi kerak. Qaror ushbu muddat ichida bajarilmasa mehnat nizolari komissiyasi tomonidan xodimga ijro varaqasi kuchiga ega bo’lgan guvohnoma beriladi.
Mehnat nizolari komissiyasi chiqargan qaror ustidan tuman (shahar) sudiga shikoyat bilan murojaat etilsa, guvohnoma berilmaydi.
Mehnat nizosi ko’rilib, xodimning foydasiga qaror chiqarilganiligi haqidagi guvohnoma berilgan vaqtidan boshlab uzog’i bilan uch oy davomida majburiy ijro qilish uchun cud ijrochilari departamentiga topshirilishi lozim.
Belgilangan uch oylik muddat xodim tomonidan uzrli sabablarsiz o’tkazib yuborilganida guvohnoma o’z kuchini yo’qotadi. Ammo, ushbu muddat uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborgan taqdirda, guvohnomani bergan mehnat nizolari komissiyasi o’tkazib yuborilgan muddatni tiklashi mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonunining
5-moddasiga ko’ra118 Mehnat nizolari Komisciyasining qarorlari majburiy ijro etilishi lozim bo’lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari jumlasiga kiritilgan. Mazkur qonunning 7-moddasida esa mehnat nizolari Komisciyalari o’z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar ijro hujjatlari sirasiga kirishi ko’rsatib qo’yilgan.
Mehnat huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog’liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo’yicha sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o’z huquqlarini amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Sud ijrochisi ijro hujjatini sud yoki boshqa organdan yoxud undiruvchidan (agar ijro hujjatini ijroga topshirish muddati o’tmagan va mazkur hujjat ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo’lsa) ijro uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qo’zg’atishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |