N. K. Jamalov mehnat huquqi


Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko’ra quyidagi nizolar bevosita tumanlararo fuqarolik sudlari tomonidan ko’rib chiqilishi va hal etilishi mumkin



Download 2,79 Mb.
bet86/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko’ra quyidagi nizolar bevosita tumanlararo fuqarolik sudlari tomonidan ko’rib chiqilishi va hal etilishi mumkin:

1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiyasi tuzilmagan bo’lsa;

2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’iy nazar, ishga tiklash to’g’risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o’zgartirish to’g’risida, majburiy pro­gul yoki kam haq to’lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to’lashga doir bo’lsa;

3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to’lanishi haqida bo’lsa;

4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog’lig’i­ga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan, ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to’lanishi haqida bo’lsa;

5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo’lsa;

6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki xodim­larning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etil­gan masalalar yuzasidan kelib chiqqan bo’lsa.

Mansabdor shaxslar tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to’lash to’g’risidagi mehnat nizolari, agar mansabdor shaxslar yetkazgan zarar xo’jalik nizosini ko’rib chiqish paytida aniqlangan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan ham ko’rib chiqiladi.

Mehnat nizosi mehnat nizolari Komisciyasida ko’rilmagan degan vaj bilan xodimning arizasini ko’rib chiqishni rad etishga yo’l qo’yilmaydi.

Mehnat nizolari yuzasidan sudga murojaat qilinganida taalluqlilik va sudlovlilik qoidalariga amal qilinishi talab etiladi.

Ishlarning taalluqliligi Fuqarolik protsessual kodeksga ko’ra belgilangan bo’lib, da’vo odatda javobgar tomon doimiy yashaydigan (yuridik shaxs joylashgan) hududdagi tumanlararo fuqarolik sudida ko’rilishi lozim.

Javobgarning amaldagi yashash joyi noma’lum bo’lgan taqdirda, javobgarning oxirgi yashash joyidagi aloqa tashkiloti, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organi yoxud oxirgi ish joyidagi ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) chaqiruv qog’ozining ikkinchi nusxasiga chaqiruv qog’ozi olinganligi va chaqiriluvchining qaerdaligi ma’lum emasligi sababli uni topshirishning imkoni bo’lmaganligi haqida yozib yuborgan ma’lumot sudga kelib tushgach, sud ishni ko’rishga kirishadi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998 yil 17 apreldagi 12-sonli “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida”gi qarorida ko’rsatilishicha “Ishga tiklash haqidagi nizo bo’yicha ariza xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy muddat ichida bevosita sudga beriladi.

Sudьya da’vo qilish muddati o’tkazib yuborilgan degan asos bilan da’vo arizani qabul qilmaslikka haqli emas. Sud da’vo muddati uzrli sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilgan deb topsa, bu muddatni tiklaydi. Agar sud ishdagi hujjatlarni har tomonlama tekshirib, sudga murojaat qilish muddati uzrsiz sabablarga ko’ra o’tkazib yuborilganligini aniqlasa, da’voni rad etadi”119.

Fuqarolik protsessual kodeksning 8-moddasi hamda Fuqarolik kodeksining 153-moddasining 2-qismi mazmuniga ko’ra, fuqarolik sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshirilishi tufayli da’vogarning sudga murojaat etish muddatini o’tkazib yuborganligi masalasi sud tomonidan faqat nizodagi tarafning bergan arizasiga muvofiq qo’llaniladi.

Xodimlar mehnat nizolari bo’yicha sudga murojaat qilganlarida davlat boji va boshqa sud xarajatlarini to’lashdan ozod qilinadilar.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 337-moddasiga ko’ra sudlarga murojaat qilinganda tegishli miqdorda davlat boji undiriladi.

Mehnat kodeksining 277-moddasiga asosan, xodimlar mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo’yicha sudga murojaat qilganlarida sud xarajatlarini to’lashdan ozod etiladilar.

Mehnat nizosi yuzasidan sudga taqdim etiladigan da’vo arizasi fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga mos bo’lishi kerak.

Sudda fuqarolik ishlari yozma shaklda ariza berish yo’li bilan qo’zg’atiladi.

Arizada quyidagilar ko’rsatilishi lozim:

1) ariza berilayotgan sudning nomi;

2) da’vogarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va yashash joyi, agar da’vogar tashkilot bo’lsa, uning qaerda joylash­ganligi, shuningdek agar ariza vakil tomonidan berilayotgan bo’lsa, vakilning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) va manzili;

3) javobgarning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi), yashash joyi yoki agar javobgar tashkilot bo’lsa, uning qaerda joy­lashganligi;

4) da’vogarning talabi;

5) agar da’voni baholash lozim bo’lsa, uning bahosi;

6) da’vogar o’zining talablariga asos qilib ko’rsatayotgan holatlar va bu holatlarni tasdiqlaydigan dalillar;

7) arizaga ilova qilingan hujjatlarning ro’yxati.

Mehnat nizosi ishtirok etuvchi shaxslarni albatta xabardor qilgan holda sudning ochiq majlisida ko’riladi.

Yopiq sud majlisi qonunda nazarda tutilgan hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talabi bilan yoki sudning tashabbusi bilan o’tkaziladi.

Sud majlisida da’vogar, javobgar, uchinchi shaxslar ishtirok etadilar va ularning protsessual mavqei Fuqarolik protsessual kodeksga ko’ra belgilanadi.

Sud korxona rahbari va boshqa mansabdor shaxslarni sud majlisida qatnashishlari majburiy ekanligini belgilashga haqlidir.

Sud ishni mazmunan ko’rib hal etadi va hal qiluv qarori chiqaradi.

Mehnat shartnomasi qonuniy asossiz yoki belgilangan tartib buzilgan holda bekor qilingan yoxud xodim g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan taqdirda, u mehnat nizosini ko’rib chiqayotgan organ tomonidan avvalgi ishiga tiklanishi kerak.

Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganligining qonuniyligi yoki qonuniy emasligi haqidagi masala hal qilinayotganda, sud xodim bilan mehnatga oid munosa­batlar bekor qilinganligining asosliligiga baho berib o’tadi.

G’ayriqonuniy ravishda sudlanganligi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki g’ayriqonuniy ravishda jinoiy javobgarlikka tortilishi munosabati bilan ishdan (lavozimdan) chetlatilgan xodimga avvalgi ishi (lavozimi) berilishi lozim, buning imkoniyati bo’lmaganda esa (korxona tugatilganligi, shtatlar qisqarganligi) yoki ishga (lavozimga) tiklash uchun monelik qiluvchi qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud bo’lgan taqdirda, unga avvalgi ishiga (lavozimiga) teng boshqa ish (lavozim) berilishi kerak.

Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifi noto’g’ri yoki amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, sud uni o’zgartiradi va hal qiluv qarorida qonunning tegishli moddasi (bandi) ko’rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish sababini amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiqqilib ko’rsatadi. Sud ayni bir vaqtda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishi to’g’risidagi va xodimga to’lanishi lozim bo’lgan ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani hal qiladi.

Xodimning iltimosiga ko’ra sud mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini uning o’z xohishiga binoan yoki taraflarning kelishuvi bo’yicha deb o’zgartirilganligi to’g’risida hal qiluv qarori chiqarish bilan cheklanishi mumkin.

Basharti xodim mehnat shartnomasini bekor qilishning ta’rifi o’zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblasa, u holda tuman (shahar) sudi nizoni ko’rish bilan bir vaqtda, xodimning talabiga ko’ra, unga yetkazilgan ma’naviy zararni to’lash masalasini ham hal etadi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish sababining ta’rifi noto’g’ri yoki amaldagi qonun hujjatlariga nomuvofiq deb topilgan taqdirda, sud uni o’zgartiradi va hal qiluv qarorida qonunning tegishli moddasi (bandi) ko’rsatilgan holda mehnat shartnomasini bekor qilish sababini amaldagi qonun hujjatlariga aniq muvofiq qilib ko’rsatadi. Sud ayni bir vaqtda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishi to’g’risidagi va xodimga to’lanishi lozim bo’lgan ishdan bo’shatish nafaqasining miqdori haqidagi masalani hal qiladi.

Xodimning iltimosiga ko’ra sud mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta’rifini uning o’z xohishiga binoan yoki taraflarning kelishuvi bo’yicha deb o’zgartirilganligi to’g’risida hal qiluvqarori chiqarish bilan cheklanishi mumkin.

Basharti xodim mehnat shartnomasini bekor qilishning ta’rifi o’zining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblasa, u holda tuman (shahar) sudi nizoni ko’rish bilan bir vaqtda, xodimning talabiga ko’ra, unga yetkazilgan ma’naviy zararni to’lash masalasini ham hal etadi.

Hal qiluv qarori ustidan qonunga ko’ra vakolat berilgan shaxslar (da’vogar, javobgar, uchinchi shaxslar va boshqalar) belgilangan tartibda va muddat ichida appelattsiya shikoyati berishi mumkin.

Mehnat nizosi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori odatda u qonuniy kuchga kirganidan so’ng Fuqarolik protsessual kodeksi hamda “Sud organlari va boshqa organlar qarorlarini ijro qilish tartibi to’g’risida”gi qonun talablariga ko’ra ijro qilinadi. Biroq, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy ravishda bekor qilinganda uni ishga tiklash, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ta’rifini o’zgartirish to’g’risida sud chiqargan hal qiluv qarori yoki g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash haqida mehnat nizolarini ko’ruvchi organ chiqargan qaror darhol ijro etilishi lozim. Ish beruvchi tomonidan bunday qarorning ijrosi kechiktirilgan taqdirda, qarorni qabul qilgan mehnat nizolarini ko’ruvchi organ ijro kechiktirilgan barcha vaqt uchun xodimga o’rtacha ish haqi to’lash yoki ish haqidagi farqni to’liq miqdorda to’lash haqida tegishincha ajrim yoki qaror chiqaradi. Agar g’ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o’tkazilgan xodim mehnat nizolari komissiyasi tomonidan berilgan guvohnoma asosida Komisciya qarorini majburiy ravishda ijro yettirishni so’rab sudga murojaat qilan bo’lsa, sud mehnat nizolari komissiyasi qarorining ijrosi kechiktirilganligi tufayli yuzaga kelgan majburiy progul vaqti uchun xodimga ish haqi to’lash to’g’risida ajrim chiqaradi.

Mehnat nizolarini ko’ruvchi organning xodimga uch oydan ko’p bo’lmagan muddat uchun ish haqini to’lash to’g’risidagi qarori ham darhol ijro etilishi lozim.

Ish beruvchi xodimning pul undirishga doir talablarini hech qanday muhlat bilan cheklamay, hamma vaqt uchun qondirishga haqli­dir.




Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish