N. K. Jamalov mehnat huquqi


-Mavzu: Mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari



Download 2,79 Mb.
bet6/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

2-Mavzu: Mehnatga oid munosabatlarning sub’ektlari

Reja:

1. Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi

2. Mehnat huquqiy munosabat sub’ektlari.

3. Mehnat munosabati sub’ekti sifatida fuqaro (xodim)

4. Mehnat huquqining sub’ekti sifatida ish beruvchilar

5. Xodimlarning vakillik organlari (kasaba uyushmasi, mehnat jamoasi) mehnat huquqining sub’ekti sifatida

6. Korxona va tashkilotlarda ish beruvchining vakilligi
1. Mehnat huquqiy munosabat tushunchasi va uning tasnifi

Har qanday huquqiy me’yor, avvalo, ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchidir. Huquqiy munosabat amaldagi huquqiy me’yorlar asosida tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatdir.

Mehnatga oid huquqiy munosabat- korxona, muassasa, tashkilotda xodim mehnatini qo’llash bo’yicha yuridik munosabatdir.

Moddiy boyliklar ishlab chiqarish, ijtimoiy zarur xizmatlarni ko’rsatish, davlat va jamiyatni idora qilish aniq-muayyan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan kundalik faoliyat orqali ro’y beradi va ushbu faoliyatlar o’zaro qo’shilgani holda ijtimoiy mehnat munosabatlarini tashkil qiladi. Ularni huquqiy tartibga solinishi esa mehnat huquqining predmetini tashkil qiladi.

Iqtisodiy tushuncha sifatida mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining ajralmas qismini tashkil qiladi.

Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining tarkibi sifatida ishlab chiqarish qurol va vositalariga mulkchilik shakli bilan, moddiy ne’matlar taqsimoti bilan bevosita bog’liq­dir. Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlariga xos bo’lgan xususiyatlarga (ob’ektiv ekanligi , ishlab chiqarish kuchlari o’zgara borishi bilan birga o’zgarishi) ega bo’ladi.

Mehnat munosabatlarining bevosita sub’ektlari xodim va ish beruvchi bo’lgani holda mehnatni tashkil etilishi, mehnat munosabat­larini tartibga solinishida ko’pgina boshqa sub’ektlar ham ishtirok etadilar (xodimlar va ish beruvchilar vakillik organlari, mahalliy va boshqa davlat idoralari va boshqalar).

Mehnat munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarining hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning bir qismi sifatida jamiyat taraqqiyoti darajasini, uning ob’ektiv ehtiyojlarini, taraqqiyot tendentsiyalarini o’zida ifodalaydi.

Mehnat munosabatlari mehnat huquqi predmeti sifatida korxo­nadagi ichki tartib qoidalar doirasida, xodimning ish beruvchiga bo’ysunishiga asoslangan holda, xodim mehnat jamoasi tarkibiga kiritilishi orqali va bu jarayonning u bilan mehnat shartnomasi tuzilishi yo’li bilan amalga oshirilishi kabi jihatlari bilan bog’liq bo’ladi.

Yollanishga (mehnat shartnomasi tuzishga) asoslangan mehnat munosabatlarigina mehnat qonunchiligi ta’sir doirasida bo’ladi.

Menat sohasidagi huquq va burchlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslardan, shuningdek fuqarolar hamda yuridik shaxslar­ning, garchi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo’lmasa-da, lekin mehnat qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuniga ko’ra mehnat huquq hamda burchlarni keltirib chiqaradigan harakatlaridan vujudga keladi.


Mehnat huquq va burchlari quyidagilardan vujudga keladi:

1)Mehnat shartnomalari va boshqa bitimlardan;

2) Qonunda mehnat huquq va burchlari vujudga kelishining asosi sifatida nazarda tutilgan davlat organlarining yoki fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari hujjatlaridan;

3) Sudning fuqarolik huquq va burchlarini belgilagan qarori­dan;

4) Fan, adabiyot, san’at asarlarini yaratish, ixtirolar va boshqa intellektual faoliyat natijasida yaratilga sanoat mulklaridan ishlab chiqarishda foydalanishdan;

5)Ish beruvchiga yoki xodimga zarar yetkazish natijasida;

6) Xodimlar va ish beruvchilarning boshqa harakatlari natija­sida;

7) Qonun hujjatlari mehnat-huquqiy oqibatlarning kelib chiqishi bilan bog’laydigan hodisalar natijasida.

Mehnat huquqiy munosabatlar o’zining ob’ekti, sub’ektlari doirasi va mazmuni bilan tavsiflanadi.

Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, mehnat huquqiy munosabat ob’ekti mehnat shartnomasiga asoslangan mehnat jarayonida xodim va ish beruvchi o’rtasidagi o’zaro aloqalar (shu munosabat bilan ularda bir-birlariga nisbatan paydo bo’ladigan huquqlar va majburiyatlar) sanaladi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish