N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet5/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

Sud xukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi”.

Konstitutsiyamizning 38-moddasida “Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to’lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi” deb qo’yilgan. Bu norma yollanib ishlovchi xodimlarga berilgan konstitutsiyaviy kafolatni o’zida aks ettiradi. Mehnat huquqining boshqa ko’plab institutlari mazmunida ham konstitutsiya qoidalari o’z aksini topgandir.



O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mamlakatimizda yuzaga keluvchi yollanishga (mehnat shartnomasi tuzishga) asoslanadigan mehnat munosabatlarini tartibga soladigan eng muhim qonunlar majmui bo’lib, unda mulkchilik shakli, xo’jalik yuritish usulidan qat’i nazar barcha korxona, muassasa, tashkilotlarda, xususiy ish beruvchilarda yuzaga keluvchi mehnat munosabatlariga oid normalar mujassamlashgandir.

O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mehnatni huquqiy tartibga solish sohasidagi eng muhim manbai sifatida O’zbekiston Respublikasining barcha hududida, iqtisodiyotning barcha tar­moqlarida vujudga keluvchi mehnat munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiladi.

Mehnat kodeksi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan va 1996 yil 1 apreldan boshlab amalga kiritilgan (o’tgan davr davomida unga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilgan). Mazkur kodeks umumiy va maxsus qismlar, 16 bob va 294 moddani o’zida birlashtiradi.

Mehnat kodeksi mehnat munosabatlarini tartibga solinishida yetakchi mavqega ega bo’lib,mehnat sohasidagi barcha qonunlar va boshqa qonun hujjatlari mehnat kodeksiga zid bo’lishi mumkin emas.

Korxona va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladigan va qabul qilinadigan shartnomaviy yo’sindagi me’yoriy hujjatlar (lokal me’yoriy hujjatlar ham) mehnat kodeksiga zid kelishi, xodimlar ahvolini kodeksda nazarda tutilganidan yomonlashtirishi, kafolatlar darajasini pasaytirishi mumkin emas.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga ko’ra: Mehnat haqidagi kelishuvlar va shartnomalarning xodimlar ahvolini mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilganiga qaraganda yomonlashtiradigan shartlari haqiqiy emas.

Mehnat qonunchiligi mehnat kodeksi asosida rivojlantiriladi va takomillashtirib boriladi.

Mehnat munosabatlariga oid qonunlar ham mehnat huquqining maxsus manbalaridan bo’lib, Mehnat kodeksi normalarida nazarda tutilgan munosabatlarni batafsil tartibga solishga xizmat qiladi.

Ana shunday qonunlar jumlasiga 1992 yil 2 iyuldagi “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi4, 1993 yil 6 mayda qabul qilingan "Mehnatni muho­faza qilish to’g’risida"gi5, 1998 yil 1 mayda yangi tahrirda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi6, “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi7, “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risida”gi8 qonunlar va boshqa qonunlarni kiritish mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga ko’ra: O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan Respubli­kaning butun hududida majburiy kuchga ega bo’lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Mehnat huquqi manbalari orasida Prezident Farmonlari va Qarorlari muhim o’rin tutadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari mehnat huquqining muhim manbai sifatida mehnat munosabatlarini tartib­ga solinishiga oid yangi qoidalarni joriy etadi, bu sohadagi davlat siyosatini o’zida aks ettiradi. SHu bilan birga Respublika Prezidentining faqat normativ tusdagi aktlari mehnat huquqi manbai bo’la olishi ko’rsatib o’tilmog’i lozim9.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati (Vazirlar Mahkamasi) qaror va farmoyishlari ham mehnat huquqi manbalari orasida yetakchi o’rin tutadi. Vazirlar Mahkamasi yuqori ijroiya organ sifatida qonunlar va Prezident farmon hamda qarorlari ijrosini ta’minlashga qaratilgan huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o’zi qabul qilgan qarorlarning bajarilishi ustidan bevosita yoki vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa organlari orqali nazoratni amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnat huquqi manbalari jumlasiga kiruvchi eng muhim qarorlari sifatida 1997 yil 11 martdagi 133-sonli “Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi Qarori; O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining "Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida" 2006 yil 5 yanvardagi PF-3706-son Farmonini amalga oshirish haqida”gi Qarori va boshqalar qayd etilishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining norma­tiv-huquqiy hujjatlari. Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari o’z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Nizomlar, qoidalar va yo’riqnomalar tarzida normativ-huquqiy hujjat­lar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo’riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O’zbe­kiston Respublikasining Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari bir necha vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari bilan birgalikda yoki ularning bittasi tomonidan boshqalari bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran o’n kun ichida ularni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o’zida kechroq muddat ko’rsa­tilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan so’ng o’n kundan keyin kuchga kiradi.

Mehnat munosabatlarini tartibga solish, bu sohadagi qonunlar va boshqa qonun hujjatlari ijro etilishini ta’minlashga qaratil­gan idoraviy me’yoriy hujjatlar qabul qilish sohasida O’zbekiston Respublikasining Mehnat vazirligi maxsus vakolatga ega bo’lgan davlat boshqaruvi organi sanaladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 apreldagi 117-sonli “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori bilan “O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to’g’risidagi Nizom” tasdiqlangan bo’lib, unga ko’ra: “Vazirlik o’z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajari-lishi majburiy bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir .

Vazirlik, zarur hollarda, davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda, belgilangan tartibda qo’shma qarorlar va boshqa huj­jatlar qabul qilish huquqiga ega”.

Mehnat vazirligi funktsional davlat boshqaruvi organi bo’lgani tufayli uning tomonidan qabul qilinadigan normativ huquqiy idoraviy hujjatlar tarmoqlararo xususiyatga ega va iqtisodiyotning barcha sohalarida qo’llaniladi.

Mehnat vazirligining mehnat huquqi manbai sanaluvchi muhim aktlari qatoriga 1998 yil 29 yanvarda 402–son bilan ro’xatga olingan “Mehnat daftarchalarini yuritish to’g’risidagi yo’riqnoma”, 2009 yil 12 maydagi “O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar ko’tarishlari va tashishlari mumkin bo’lgan og’ir yuk normalarining chegarasini belgilash to’g’risidagi Nizom”ni tasdiqlash haqida Qarori va boshqalar ko’rsatilishi mumkin.

Mehnat huquqi manbai sanaluvchi idoraviy normativ huquqiy hujjatlar boshqa vazirlik va idoralar tomonidan ham chiqarilishi mumkin (Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi va boshqalar).

Mahalliy davlat xokimiyati organlari normativ hujjatlari ham mehnat munosabatlarini mintaqalarda tartibga solinishida ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 104-moddasiga ko’ra hokim o’ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi.

Lokal tusdagi me’yoriy hujjatlar. Mehnat huquqining ushbu manbalari korxona va tashkilotlarda ish beruvchi va xodimlar vakillik organlari o’rtasidagi ijtimoiy sherikchilik munosabat­lari natijasida yuzaga keladi.

Bozor munosabatlarining chuqur ildiz ota borishi bilan lokal me’yorlarning ahamiyati hamda ular bilan tartibga solinadigan mehnat munosabatlari miqyosi uzluksiz kengayib bormoqda.

Ijtimoiy sherikchilikni amalga oshirilishi jarayonida qabul qilinadigan va korxona hududi doirasida amal qilishga mo’ljallangan me’yoriy hujjatlar lokal me’yorlar deb ataladi. Ular davlat aktlari sanalmaydi va davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanmagan bo’lsada, mehnat huquqi fani manbalari jumlasiga kiritiladi. CHunki, ular vositasida korxona va tashkilotlarda vujudga keluvchi ijtimoiy mehnat munosabatlari shartnomaviy asosda tartibga solinadi. Tarmoq va hudud doirasida (bir necha yuzlab korxonalardagi mehnat munosabatlarini tartibga solishga mo’ljallangan) amal qiladigan hamda ish beruvchilar va xodimlar vakillik organlari birlashmasi tomonidan qabul qilinadigan ijtimoiy sherikchilik aktlari ham lokal me’yoriy hujjatlar deb ataladi va bunda ular davlat organlarining maxsus vakolat asosidagi huquqiy aktlari emasligi nazarda tutiladi.

Lokal me’yoriy hujjatlar universal tusda (korxona jamoa shartnomasi¸ tarmoq jamoa kelishuvi, korxonaning ichki mehnat tartibi qoidalari) yoki tor maqsadga qaratilgan bo’lishi (Masalan, mukofotlash haqidagi nizom, mansab (xizmat) yo’riqnomalari va boshqalar) mumkin.

Lokal me’yoriy hujjatlar ish beruvchi, xodimlarning vakillik organi yoki xodimlar vakillik organi va ish beruvchi tomonidan birgalikda qabul qilingan bo’lishi mumkin.

Lokal me’yoriy hujjatlar normativ hujjatlarga qo’yiladigan umumiy talablarga javob berishi kerak.

Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari, shuningdek mansabdor shaxslar va xodimlarning majburiyatlarini belgilovchi normativ hujjatda ushbu majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutiladi.

Normativ hujjatga uni qabul qilish sabablari va maqsadlarini tushuntirishdan iborat bo’lgan muqaddima kiritilishi mumkin.

Lokal me’yoriy hujjatlar xodimlar ahvolini qonunda nazarda tutilganidan yomonlashtiruvchi normalar, shuningdek, inson qadr-qimmatini yerga uruvchi, kamsitishga yo’l qo’yuvchi qoidalardan holi bo’lmog’i lozim.

Lokal me’yoriy hujjatlarning vaqt davomida amal qilishi masalasi uni qabul qiligan organning qaroriga ko’ra (jamoa shartnomasi yoki kelishuvi tomonlari kelishuvi bilan) belgilanadi. Bunda jamoa shartnomalarning kuchga kirishi, amal qilishi yuzasidan muddatlar ushbu hujjatlarning o’zida belgilanadi. Jamoa kelishuvi uch yildan ko’p muddat davomida amal qilishi mumkin emas.

Korxonalarning lokal me’yoriy hujjatlari ushbu korxona xodimlariga nisbatan qo’llaniladi va bu hujjatlarning hudud bo’yicha amal qilish doirasi ham ushbu korxona yoki tashkilot hududi bilan cheklanadi.

Korxonaning lokal me’yoriy hujjatlari qonun talablariga zid keladi, deb hisoblovchi har bir xodim ularning qonuniyligini tekshirib ko’rilishini so’rab sudga murojaat qilishi mumkin. Mehnat munosabatlarini qonun va huquq anologiyasi bo’yicha tartibga solinishi. Mehnat munosabatlari qonun hujjatlari, lokal me’yorlar yoki taraflarning kelishuvi bilan to’g’ridan-to’g’ri tartibga solinmagan hollarda qonun hujjatlarining o’xshash munosabatlarini tartibga soluvchi normasi qo’llaniladi (qonun o’xshashligi, qonun anologiyasi).

Ko’rsatib o’tilgan hollarda qonun o’xshashligidan foydalanish mumkin bo’lmasa, taraflarning huquq va burchlari fuqarolik qonun hujjatlarining umumiy negizlari va mazmuni (huquq o’xshashligi (analogiyasi)ga hamda halollik, oqillik va adolat talablariga amal qilgan holda belgilanadi.

Mehnat huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarni o’xshashlik bo’yicha qo’llanishga yo’l quyilmaydi.

Mehnat faoliyatining biron-bir sohasida vujudga kelgan va keng qo’llaniladigan, qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan xulq-atvor qoidasi, biron-bir hujjatda yozilganligi yoki yozilmaganligidan qat’i nazar, ish muomalasi odati deb hisoblanadi.

Mehnat qonun hujjatlarida tegishli normalar bo’lmagan taqdirda, bu munosabatlarni tartibga solishda mahalliy odat va an’analar qo’llaniladi.

Tegishli munosabat ishtirokchilari uchun majburiy bo’lgan qonun hujjatlari normalariga yoki mehnat shartnomasiga zid bo’lgan ish muomalasi odatlari, mahalliy odat va an’analar qo’llanilmaydi.

Mehnat huquqining manbai sanaluvchi normativ-huquqiy huj­jatlarning amal qilish doirasini to’g’ri va to’liq tushunib yetish amaliy ahamiyatga ega bo’lib, bu sohadagi qoidalarni bilmaslik yoki noto’g’ri tushunish amalda xatoliklarga olib keladi va buning natijasida qonuniylik tamoyiliga putur yetadi.

Mehnat kodeksi va boshqa mehnat qonun hujjatlari odatda O’zbekiston Respublikasining butun hududida, yuridik kuchga kiritilgan paytidan to bekor qilinguniga qadar barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan amal qiladi .

Ayni paytda ularni amal qilishiga oid maxsus qoidalar ham belgilab qo’yilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasining “Norma­tiv-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi Qonunida ularning vaqt, hudud va shaxslar o’rtasida amal qilishiga doir tartiblar ko’zda tutilgan.

Qonun hujjatlari muayyan vaqt oralig’ida - yuridik kuchga kirgan paytidan to bekor qilinguniga qadarlik vaqtda amal qiladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari mazkur organlarning rasmiy nashrlarida e’lon qilinadi.

O’zbekiston Respublikasining qonunlari va O’zbekiston Respub­likasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, shuningdek mahal­liy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, agar hujjatlarning o’zida boshqa muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, rasman e’lon qilin­ganidan so’ng o’n kundan keyin kuchga kiradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va O’zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari tegishincha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda kuchga kiradi va ular e’lon qilinishi shart.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining huquqiy hujjatlari, agar hujjatning o’zida kechroq muddat ko’rsatilgan bo’lmasa, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazilganidan so’ng o’n kundan keyin kuchga kiradi.

Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tibo­ran o’n kunlik muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazilishi lozim. Normativ-huquqiy hujjatni manfaatdor shaxs­lar e’tiboriga yetkazish normativ-huquqiy hujjat matni bilan moneliksiz (erkin) tanishish huquqini ta’minlovchi har qanday shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.

Qonun, u amalga kiritilishiga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan, agar bu hollar qonunda bevosita nazarda tutilgan bo’lsa, tatbiq etilishi mumkin. Agar qonun xatti-harakatlar sodir etilgan paytda javobgarlikka sabab bo’lmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab bo’lgan xatti-harakatlar uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini belgilash yoki kuchaytirishni nazarda tutsa yoxud yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar keltirsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berish mumkin emas.

Huquqiy hujjat, agar uning matnida boshqa izoh berilmagan bo’lsa, muddatsiz amal qiladi.

Huquqiy hujjatlarning shaxsar o’rtasida amal qilishi deganda huquq sub’ekti sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq qilinishi tushuniladi. Mehnat qonun hujjatlari O’zbekis­ton Respublikasining fuqarolari va yuridik shaxslariga, agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, shuningdek O’zbekiston Respublikasi hududi­dagi chet ellik yuridik shaxslarga, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tatbiq etiladi.

“O’zbekiston Respublikasining mehnat kodeksini amalga kiritish tartibi to’g’risida”gi 1995 yil 21 dekabrdagi qonunda10 ko’rsa­tilishicha, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi amalga kiritilganidan keyin, ya’ni, 1996 yil 1 apreldan e’tiboran yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi.

Mehnat kodeksi amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabatlarda taraflarning huquqlari va burchlari 1996 yil 1 apreldan e’tiboran Mehnat kodeksiga muvofiq tartibga solinadi.

Mehnat kodeksi O’zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi.

Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi hududida ishlayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

CHet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga to’liq yoki qisman tegishli bo’lgan va O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalarda O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari qo’llaniladi.

Agar mehnat shartnomasi tuzilganidan keyin taraflar uchun majburiy bo’lgan, shartnoma tuzilayotgan paytdagidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan qonun qabul qilingan bo’lsa, tuzilgan shartnomaning shartlari o’z kuchini saqlab qoladi, qonunning avval tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan munosabatlarga tatbiq etilishi

Mehnat huquqi manbai sanaluvchi qonun hujjatining o’zida bevosita nazarda tutilgan hollarda yoki qonun hujjati mazmunidan shu narsa aniqlangan hollarda uning shaxslar o’rtasida amal qilishining boshqacha qoidalari ham belgilanishi mumkin. Masalan, ayollarga taalluqli normalar yoki voyaga yetmagan xodimlarga mo’ljallangan normalar va boshqalar. Qonun hujjati yuridik shaxsga (ish beruv­chiga) yoki jismoniy shaxsga (xodimga taalluqli bo’lishi mumkin.Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi yo’q shaxslarga nibatan tatbiq qilinadigan norma va qoidalar belgilab qo’yilishi mumkin va hokazo.

Normativ huquqiy hujjatlar, shu jumladan mehnat qonun hujjatlari odatda O’zbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi. Biroq, mehnat huquqiy me’yoriy hujjatda uning hudud bo’ylab amal qilish doirasi cheklangan bo’lishi mumkin. Masalan, ayrim iqtisodiyot tarmoqlariga oid normalar (agrar sohaga, kon sanoatiga yoxud boshqalar), mamlakatimizning ayrim mintaqalariga doir normalar (masalan suvsiz va cho’l zonalar uchun, qishloqda tashkil etilgan korxonalar uchun va hokazo) mavjud bo’lishi mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash. Normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto’g’ri yoki mantiqqa zid tarzda qo’llanilgan hollarda amalga oshiriladi. Rasmiy (vakolatli davlat organi tomonidan) va ilmiy (autentik) sharhlash mavjud.

Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto’g’ri yoki ziddiyatli tarzda qo’llanilgan taqdirda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharhni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi beradi.

Qonun osti hujjatlari normalariga rasmiy sharhni ularni qabul qilgan organlar beradi.

Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy sharhlash jarayonida ularga normalarni aniqlashtirishga qaratilgan tuzatishlar, o’zgartirishlar, qo’shimchalar kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Mehnat huquqi manbai sanaluvchi normativ-huquqiy hujjatlar olimlar va mutaxassislar tomonidan doktrinal (ilmiy) sharhlani­shi mumkin. Bunday sharh rasmiy kuchga ega bo’lmasada, ammo qonun hujjati mazmun-mohiyatini to’g’ri tushunishga xizmat qiladi.

Mehnat qonun hujjatlari sud organlari tomonidan ularni qo’llash jarayonida sharhlanishi mumkin (sud sharhi).

1995 yil 30 avgustdagi “O’zbekiston Respublikasining konstitu­tsiyaviy sudi to’g’risida”gi Qonuni 1-moddasiga ko’ra: “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mos­ligiga doir ishlarni ko’radigan sud hokimiyati organi hisoblanadi.

Konstitutsiyaviy sud: O’zbekiston Respublikasi qonunlarining va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, O’zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;

Qoraqalpog’iston Respublikasining Konstitutsiyasi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog’iston Respublikasi­ning qonunlari O’zbekiston Respublikasining qonunlariga muvo­fiqligi to’g’risida xulosa beradi;

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining normalariga sharh beradi.

Umumiy yurisdiktsiya sudlari va xo’jalik sudlari tomonidan ham qonun mazmuni yuzasidan tushuntirishlar berilishi mumkinligi belgilangan.

Sud qarorlarining mehnatga oid qonun hujjatlarini to’g’ri anglab yetish hamda to’g’ri qo’llashdagi yuksak ahamiyati qayd etilgani holda ular huquq manbai bo’la olmasliklari ko’rsatib o’tilishi lozim. CHunki, O’zbekiston Respubikasi sud pretsedentini tan olmaydigan kontinentel huquq tizimiga mansub bo’lib, qonunchilik hokimiyati sud hokimiyatidan aniq-ravshan ajratilgan va sud organlariga qonun ijodkorligi vakolati berilmagan.

Oliy sud qarorlari quyi sudlar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar sanalgani holda ular normativ-huquqiy kuchga ega emas.

Ayni paytda mehnat munosabatlarining muayyan turi va tizimiga oid masalalarda qabul qilingan Oliy sud plenumi qarorlari nafaqat sud organlari uchun, balki huquqni qo’llovchi boshqa organlar, mansabdor shaxslar uchun ham foydali bo’lib, ularda ishlarni ko’rish chog’ida qonunlarni qo’llash amaliyoti umumlashtirilgan holda, yo’l qo’yilayotgan kamchilik va nuqsonlar ko’rsatilib, ularni bartaraf etilishi yuzasidan yo’l-yo’riqlar ko’rsatiladi, qonun normasiga sharh beriladi.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1998 yil 17 apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kon­trakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarni qo’llanili­shi haqida”gi qarori11 mehnat qonunlarini to’g’ri qo’llash yuzasidan qimmatli ko’rsatmalarni nazarda tutadi.

O’zbekiston Respublikasining (O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan) xalqaro huquqiy hujjatlar ham mehnat huquqi manbalari jumlasiga kiritiladi. Ular milliy mehnat qonunchiligimiz tizimiga implementatsiya qilinishi orqali yoki bo’lmasa bevosita tatbiq etilishi mumkin.

Mehnat huquqiy munosabatlarni tartibga solinishida milliy huquqiy vositalar bilan birga, xalqaro huquqiy aktlar ham muhim o’rin tutadi. Bunda xalqaro huquqiy hujjatlar bilan universal standartlar va talablar belgilansa, milliy huquqiy normalarda ushbu standartlar milliy va boshqa o’ziga xos xususiyatlar hisobga olinib, aniqlashtiriladi va muayyan mamlakat uchun joriy etiladi.

Mehnat huquqi manbalari orasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining universal hujjatlari, eng avvalo 1948 yil 10 dekabrdagi “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi”, 1966 yil 19 dekabrdagi “Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Pakt”, “Siyosiy va fuqarolik huquqlari to’g’risidagi xalqaro Pakt” va uning fakulьtativ protokollari, ayol­lar, bolalar, nogironlar huquqlariga doir Konventsiyalari muhim ahamiyatga ega.

Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 23-moddasida mehnat qilish huquqi ushbu huquqdan kelib chiquvchi boshqa huquqlar bilan birgalikda umumiy tarzda bayon etilsa, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro Paktda bu huquq har bir shaxsning mehnat orqali o’zi va oilasi uchun yetarli mablag’ ishlab to­pish, farovon turmush kechirishni ta’minlash nuqtai nazaridan ta’riflanadi.

Xalqaro Pakt davlat zimmasiga o’z fuqarolarining mehnat qilish va u bilan bog’liq boshqa huquqlarga ega bo’lishga haqli ekan­liklarinigina emas, balki bu huquqlar to’la ro’yobga chiqarilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni samarali muhofaza qilish majburiyatni ham yuklaydi. Davlat zimmasiga yuklanayotgan majburi­yat uning tomonidan aniq yo’naltirilgan iqtisodiy- ijtimoiy siyo­sat yuritish, bu siyosat tarkibiy qismi sifatida kasbiy tayyorgarlik, kasbga yo’naltirish, samarali ravishda ish bilan bandlikni ta’­minlash kabi elementlarni o’zida mujassamlantirishini taqazo qiladi.

Xalqaro mehnat huquqi manbalari orasida regional xalqaro tashkilotlar: Yevropa ittifoqi, Yevropa iqtisodiy hamjamiyati, MDH kabilarning xalqaro huquqiy hujjatlari ham muhim o’rin tu­tadi. Bular orasida Mustaqil davlatlar hamdo’stligi tomonidan qabul qilingan hujjatlar alohida ahamiyatga egadir.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish