N. K. Jamalov mehnat huquqi



Download 2,79 Mb.
bet3/98
Sana19.01.2022
Hajmi2,79 Mb.
#391849
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
ma\'ruza mehnat (6)

3.Mehnat huquqining tizimi

Mehnat huquqi fan sohasi sifatida predmetga xos umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan, ammo nisbatan mustaqil tarkibiy birliklar (huquq institutlari), normalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular yaxlit holda mehnat huquqi tizimini tashkil qiladi.

Mehnat huquqining tizimi-yagona huquq sohasini tashkil etuvchi va nisbiy mustaqil tashkiliy tuzilishga, huquq institutlariga ega bo’lgan huquqiy me’yorlar yig’indisidan iborat.

Mehnat huquqining tizimi: Umumiy qism va maxsus qismga bo’linadi.

Mehnat huquqi umumiy qismi tarkibiga fanning predmeti, uslublari, tamoyillari, manbalari, huquqiy munosabat va uning mohiyati, ijtimoiy sherikchilik va uni amalga oshirilish shakllari, mehnat munosabat sub’ektlari va ularning huquqiy maqomi, jamoa shartnoma va kelishuvlari tuzilishi, bajarilishi bilan bog’liq bo’lgan institutlar kiritilgan bo’lib, ular mehnat huquqining maxsus qismiga oid munosabatlarni tartibga solinishida muayyan ahamiyatga ega bo’ladi. Umumiy qismga oid institutlar vositasida mehnat munosabatlarini mehnat huquqiy tartibga solishning maxsus xususiyatlari namoyon bo’ladi.

Mehnat huquqining maxsus qismi mehnat munosabatlarining predmeti bo’yicha aniq maqsadga yo’naltirilgan, konkret turini ifodalovchi institutlar hamda umumlashtiruvchi tushunchalarni o’z ichiga qamrab oladi.

Quyidagilar mehnat huquqining maxsus qismi institutlarini tashkil etadi :


  1. Aholini ishga joylashtirish va bandlikning huquqiy masalalari.

  2. Mehnat shartnomasi tuzish, o’zgartirish, uni bekor qilish.

  3. Ish vaqti va dam olish vaqti.

  4. Mehnatga haq to’lash.

  5. Kafolatli va kompensatsiya to’lovlari.

  6. Mehnat intizomi va uni ta’minlashning huquqiy vositalari.

  7. Mehnat muhofazasi va adolatli mehnat sharoitlariga bo’lgan huquqni ta’minlash.

  8. Mehnat shartnomasi taraflarining o’zaro moddiy javob­garliklari.

  9. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan qo’shimcha mehnat huquqiy kafolatlar.

  10. Mehnat nizolari va ularni ko’rib hal qilish.

Mehnat huquqi fani va qonunchilik tarmog’i tizimi asosan o’zaro mos keladi. SHu bilan birga davlat ijtimoiy sug’urtasi masalalari mehnat qonunchiligi tarmog’i tizimiga kiritilgan bo’lsada, bu institut mustaqil huquq sohasi predmeti ekanligi (ijtimoiy ta’minot huquqi) qayd etib o’tilmog’i lozim. Mehnat huquqi ijtimoiy mehnat munosabatlarining o’zaro aloqadorlikda va biri ikkinchisini taqozo qilishi nuqtai nazaridan o’rganiladi. Bunda muayyan o’zaro yaqin va umumiy xususiyatga ega munosabatlarni guruhlanishi ularni o’rganishni osonlashtiradi, mazkur institutga taalluqli ijtimoiy munosabatlar mohiyatini to’liq anglab yetish va samarali tartibga solishga yordam beradi.


Download 2,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish