8-topshiriq. O‘zbek tilidagi quyidagi iqtisodiy so‘z va terminlarning yasalishi va ma’nosiga ko`ra farqlanishiga e’tibor qarating:
Iqtisodchi, xazinachi, saralovchi, ijarachi, iste’molchi, soliqchi, ta’minlovchi, pudratchi, sanoatchi, hisobchi, nazoratchi, moliyachi, omonatchi, raqobatchi, buyurtmachi, kafolatlovchi, g‘amlama, ustama, uyushma, birlashma, tuzilma, buyurtma, bo‘linma, undirma chorakor, tadbirkor, tejamkor, sohibkor, mulkdor, xaridor, qarzdor, nasiyador, sarmoyador, hissador, omonatnoma, shartnoma, ahdnoma, yo‘riqnoma, ruxsatnoma, so‘rovnoma, topshiriqnoma, taqsimot, hisobot, iqtisodiyot, qadriyat, ta’minot, mahsulot, raqobat, bojxona, zarbxona, taqchillik, tanqislik, mulkchilik, foydalilik, boqimandalik, manfaatdorlik, mahsuldorlik, rentabellik, xo‘jalik, ustuvorlik, samaradorlik, yetuklik, alohidalik, mustaqillik, behisob, bebaho, bepul, befoyda, bevosita, behisob-hisobsiz, foydaxo‘r, sudxo‘r, nafaqaxo‘r, merosxo‘r, boqim, bitim, kirim, chiqim, to‘lov, o‘lchov, soliq, sotiq, savdogar, undirish, cheklash, himoyalash, jilovlash.
9-topshiriq: Quyidagi so‘zlarga -chi, -ma, -kor, -dor, -noma, -ot, -ik, gar qo‘shimchalaridan birortasini qo‘shib ko‘ring, o‘zakdagi o‘zgarishni izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing.
Иқтисод, бозор, хизмат, жамғар, ундир, уста, тадбир, ҳам, чора, қарз, хисса, хабар, тақсим, ҳисоб, танқис, савдо.
10-topshiriq: Matnlardagi yasama iqtisodiy terminlarni aniqlang va ajratib yozing.
Bozorchi-bu bozorga savdo-sotiq ehtiyoji bilan kelgan kishi .
Ulgurji-vositachi tuzilma bozor muassasalarning eng muhimlaridan biridir.
Jamg‘armalar va iste’moldan voz kechish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish unchalik yaqqol ko‘rinmaydi.
Ma’lumki, mulkdor topgan mulkining halol bo‘lishi uchun zakot bermog‘i shart.
Sotuvchi va xaridorning iqtisodiy ahvoli bozor kon’yukturasiga, bozorning joriy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Tovarlarni eksport va import qilishda xorijiy sarmoyadorlar tez daromadlaridan foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibda qilmoq kerak.
Kafolatnoma kredit oluvchi xorijiy xaridor, jismoniy shaxs va xususiy-huquqiy shaxs bo‘lgan taqdirda beriladi.
Mehnat taqsimoti qanchalik chuqurlashsa, shunchalik mehnat unumi yuqorilashadi.
Bojxona—chegara orqali o‘tadigan jami yuklarni, shu jumladan, bagaj va pochta jo‘natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi.
Rentabellik amalda foydalilikni bildirib, korxona va tarmoqlar faoliyatining asosiy mezonlaridan biridir.
Bevosita soliqlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq daromad yoki mulkdorlarga solinadi.
Qarz oluvchining to‘lov qobiliyatsizligi yuz bergan.
To‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, kirim-chiqim orderi, hisob-kitob cheki tashqi hujjatlar hisoblanadi.
Soliqlar ikki vazifani o‘taydi.
Savdogar ayollarimizning bola-chaqalarini o‘z holiga qo‘yib, xorijga tijoratga borishlari-yu, bozorlarda savdo qilib o‘tirishlariga qanday qaraysiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |