N husanov m. Husanova r. Xo‘jaqulova


-topshiriq. Matnni o‘qing, iqtisodiy terminlarni aniqlab, sintaktik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarni ajrating



Download 1,03 Mb.
bet24/87
Sana21.02.2022
Hajmi1,03 Mb.
#1107
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87
12-topshiriq. Matnni o‘qing, iqtisodiy terminlarni aniqlab, sintaktik usulda yasalgan iqtisodiy terminlarni ajrating.
Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Yusuf Xos Hojib o‘ziga xos o‘rin tutadi. U o‘zining «Qutadg‘u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne’matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko‘rsatadi.
Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davri ham o‘ziga xos o‘rin tutadi.
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o‘zining qator asarlarida, chunonchi «Munshaot»da o‘z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzilishi haqida o‘z fikrini bildiradi. U davlat boyligining manbai soliq ekanligini, soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat beradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Bedil, Mahtumqulilar ham o‘z iqtisodiy qarashlari bilan tarixda iz qoldirishgan.
Sharqda o‘zining iqtisodiy qarashlari bilan ajralib turgan arab mutafakkiri Ibn Xaldun iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. U birinchi bo‘lib tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning prinsiplari haqida fikr yuritdi. Jamiyatda insonlarning birgalikda ishlab chiqarish faoliyatiga, mehnat va uning roli, tovar qiymatining shakllanishi, iste’mol qiymati, qiymat, ayirboshlashga alohida ahamiyat berdi.
Iqtisodiy nazariya fan sifatida bilimlarning, qarashlarning tartibga solingan tizimi sifatida XVI-XVII asrlarda paydo bo‘lgan. Bu davr tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning rivojlanishi, manifakturaning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ichki va tashqi bozorning kengayishi, pul muomalasining kuchayish davri bo‘ldi.
Ana shu davrning zarurati, in’ikosi sifatida iqtisodiy qarashlar tizimi tarzida merkantilizm vujudga keldi.
Merkantilizm italyancha «mercante» so‘zidan olingan bo‘lib, savdogar ma’nosini bildiradi.
Merkantilizm tarafdorlari boylikning kelib chiqish manbai savdoda, mamlakatning boyligi to‘plangan pul bilan o‘lchanadi degan fikrni ilgari suradilar.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish