Mashg’ulot maqsadi. Kiprikli infuzoriyalarning turli-tumanliligi va ularning tuzilishi hamda hayot kechirish xususiyatlarini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Turli-tuman infuzoriyalarni tuzilishi xususiyatlarini jadvallardan tushuntirish; savol-javob bilan talabalar bilimini aniqlash.
Kerakli jihozlar. O’quv qo’llanmalari, MBI-1 mikroskoplari, infuzoriyalarning suvli namunalari, buyum va qoplag’ich shishalar, qaychilar, tomizg’ichlar, karmin, filtr qog’ozi, infuzoriyalarni tasvirlovchi jadvallar, salfetkalar.
O’rganiladigan infuzoriyalarning sistematik o’rni
Tip Infuzoriyalar – Infuzoria et Ciliophora
Sinf Kiprikli infuzoriyalar – Ciliata
Kenja sinf Spiral kipriklilar – Spirotricha
Turkum Qorin kipriklilar – Hypotricha
Tur Stilonixiya – Stylonichia mytilus
Turkum Har xil kipriklilar – Heterotricha
Tur Karnaycha – Stentor polymorphus
Tur Spirostomum – Spirostomum ambiguum
Kenja sinf To’garak kipriklilar – Peritricha
Turkum O’troq yashovchilar – Sessilia
Tur Suvoyka – Vorticella nebulifera
Do'stlaringiz bilan baham: |