Mashg’ulot maqsadi. Bodyaga misolida chuchuk suv kolonial oddiy g’ovaktanlilarning tuzilishi, hayot kechirishi tarzini o’rganish.
Mashg’ulot uslubi. Oddiy g’ovaktanlilarning tashqi va ichki tuzilishini chuchuk suv bodyagasi misolida tahlil qilish; eksponatlar demonstrasiyasi; savol-javob orqali talabalar bilimini baholash.
Kerakli jihozlar. Fiksatsiyalangan g’ovaktanlilarning eksponat va materiallari; jadvallar; spirt yoki formalindagi turli-tuman spikulalar; MBI-1 va MBS-2 mikroskoplari, qo’l lupalari, soat oynachalari, qisqichlar, jarrohlik pichoqlari, shisha tayoqchalar, Petri idishlari, to’g’rilagich ignalar, buyum va qoplag’ich oynalar, probirkalar, toza suvli idishlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |