N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet67/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Karnaycha. Har xil kiprikli infuzoriyalar ancha yirik bir hujayralilar hisoblanadi. Ularning vakillaridan biri karnaycha -1-1,5 mm ga teng. Aksariyat hollarda karnaycha nisbatan toza oqmas chuchuk suv havzalarida uchraydi. Gavda shakli karnaysimon. Tanasi pastki uchiga qarab ingichkalashib, substratga yopishish uchun xizmat qiladi. Uchki tomonining oxiri barmoqsimon psevdopodiylar hosil qiladi.

Karnaychaning butun tana yuzasi va peristomaning ichki pellikulasi ham mayda va nozik kiprikchalar bilan qoplangan. Peristomaning ustki aylanma qirg’og’i spiral shaklda buralgan bir qator membranachalar hosil qiladi. Ushbu membranalar doimiy harakatda bo’ladi. Karnaycha tanasining old tomonida bitta qisqaruvchi vakuol joylashgan va unga olib keluvchi kanalchalar kelib qo’shiladi. Ulardan biri oldingi peristomal maydoncha atrofida bo’lsa, ikkinchisi tananing pastki uchigacha yetib boradi.

Makronukleus juda uzun va deyarli butun tana bo’ylab cho’zilgan. Ushbu yadro bor bo’yiga qarab mayda-mayda ovalsimon kengayishlar (zanjirning halqalariga o’xshash) hosil qilgan. Mikronukleuslari bir nechta bo’lib, ular makronukleusning yonida bir qator joylashgan.

Karnaychaning tabiiy holatdagi rangi ko’pincha yashil ko’rinadi, chunki uning sitoplazmasida simbioz holda bir hujayrali yashil suv o’tlari (zooxlorella) yashaydi.



Spirostomum. Spirostomum har xil kiprikli infuzoriyalarning eng yirigi bo’lib, tanasining uzunligi 2 mm gacha, uzun tayoqchasimon yoki chuvalchangsimon. Tanasining old qismida kiprikchalar juda zich joylashgan. Harakatlanishi juda sekin, suv tubida yashab, har xil ta’sirlarga juda tez javob berib, tanasini qisqartiradi. Makronukleusi juda uzun. U tananing oldingi uchidan boshlanib, cho’zilib, gavda uzunligining qariyb ¾ qismigacha yetib boradi. Mikronukleuslari bir nechta va ular makronukleus yonida joylashgan. O’simlik chirindisiga boy bo’lgan chuchuk suvlarda yashaydi. Spirostomumlar ko’pincha bakteriyalar bilan oziqlanadi. Shunga binoan ular suv tubiga yaqin joyda ko’proq uchraydi.

Rasm 23. Har xil infuzoriyalar



A – karnaycha (Stentor), B – spirostomum (Spirostomium)

1 – aboral membranellalar, 2 – qisqaruvchi vakuola, 3 - makronukleus
Suvoyka. Suvoykalar chuchuk suv havzalarida yashaydi. Ular ko’pincha suvdagi o’simliklar bargiga, chuchuk suv qisqichbaqasimonlari va mollyuskalar tanasiga poyachasi yordamida yopishib hayot kechiradi. Tanasi ikki qismdan, ya’ni yuqorigi qo’ng’iroq shaklidagi gavda va undan pastga osilib turuvchi uzun ipsimon poyachadan iborat. Tanasida kipriklar bo’lmaydi, balki u silliq. Yakka-yakka yoki guruh bo’lib yashaydi. Poyacha keskin qisqarish va sekinroq cho’zilish xususiyatiga ega. Poyacha ichida nozik qisqaruvchi tolachalar, ya’ni mionemalar spiral holatda joylashgan bo’ladi. Biron-bir ta’sir berilsa mionemalar shu ondayoq qisqarib, poyachani spiral buralishiga sabab bo’ladi. Poyachaning pellikulasi elastik xususiyatga ega. Shunga binoan qisqargan poyacha sekin yana o’z holatiga qaytadi. Suvoyka ta’sirlarga juda sezgir bo’ladi. Shuning uchun suvda doimo qisqarib-cho’zilib turadi. Poyacha ancha uzun bo’lib cho’zilishi ham mumkin. U ayniqsa oziqani ushlab olishda katta rol o’ynaydi. Suvoykaning yuqoridagi qo’ng’iroq shakldagi tanasi ustiga peristom atrofida ikki qator uzun kipriklar joylashgan. Ushbu kipriklarning harakati tufayli peristom atrofida suvning aylanma harakati hosil bo’ladi. Suv bilan birga oqib kelgan oziqa zarralari (bakteriyalar va boshqa mayda organik zarralar) halqumga tushadi. Sitoplazmasida bir nechta mayda ovqat hazm qilish vakuollari va bitta yirik qisqaruvchi vakuolasi bo’ladi. Ba’zan sitoplazmada taqasimon makronukleusni ko’rish mumkin.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish