N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar



Download 2,52 Mb.
bet213/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

Ambulakral sistemasi. Dengiz yulduzida, boshqa barcha ignatanlilardagidek ambulakral sistema (suvli naylar) mavjud. Ushbu sistema aboral qutbdagi madrepor plastinkasidan boshlanadi. Plastinkaning mayda teshikchalari orqali suv tosh kanalchaga o’tadi. Kanalchaning devori ohakdan iborat bo’lganligi uchun shunday nomni olgan. Tosh kanal interradial tartibda joylashgan bo’lib, aboral tomondan oral tomonga o’tib halqum atrofidagi halqasimon kanalga qo’shiladi. Halqum atrofi kanalidan beshta radial kanallar boshlanadi. Radial kanallar har bir nurning ostida juft bo’ylama kanalchalar hosil qilib, ambulakral oyoqchalarning bo’shlig’igacha davom etadi va undan uchi berk ampulalarga ochiladi. Ambulakral sistema eng avvalo tanani harakatga keltiruvchi organdir. Shuningdek, u nafas olish jarayonida ham ishtirok etadi. Ambulakral oyoqchalari yonidagi ampulalar qisqarganda, suyuqlik (suv) undan chiqib oyoqchalarga o’tadi. Shunda oyoqchalar cho’zilib, uchlaridagi so’rg’ichlari yordamida substratga yopishib oladi. Oyoqchalar devoridagi muskullar qisqarganda esa suyuqlik yana ampulalarga o’tadi va hayvon tegishli tomonga qarab harakatlanadi. Harakatdagi dengiz yulduzi minutiga 8 sm gacha masofani bosib o’tadi.

Dengiz yulduzining ovqat hazm qilish sistemasi og’iz teshigidan, kaltagina qizilo’ngach va xaltasimon oshqozon, kalta va tor orqa ichakdan iborat. Oshqozon devori burmali va disk ichini to’la egallaydi. Oshqozondan har bir nur bo’ylab bir juftdan uzun naylar ketadi. Naylarning yon tomonlarida devori g’adir-budir (shingilsimon) xaltachaga o’xshash juft bo’lakchali jigar yotadi.

Nafas olish organlari tana sirtida bo’rtmachalar shaklidagi ichi bo’sh va yupqa devorli teri jabralaridan iborat.

Rasm 92. Dengiz yulduzining ambulakral sistemasining tuzilish sxemasi.



1 – halqa kanal, 2 – radial kanal, 3 – radial kanalning yon shoxchalari,

4 – ambulakral oyoqchalari, 5 – ambulakral oyoqchalarining so’rg’ichlari,

6 – madrepor plastinkasi, 7 – tosh kanal, 8 – poliyev pufakchalari.

Rasm 93. Dengiz yulduzi.



1 – teri, 2 – ustki chakka plastinkasi, 3 – ostki chakka plastinkasi, 4 – madrepor plastinkasi, 5 – Poliyev pufagi, 6 – ambulakral oyoqchalarning so’rg’ichlari, 7 – ambulakral oyoqchalar, 8 – oshqozon, 9 – jigar o’simtalari, 10 – jinsiy bez.
Dengiz yulduzlarida perigemal sistemasi ham bo’lib, u selomdan hosil bo’lgan naychalardan iborat. Ushbu naychalar selom suyuqligi bilan to’lgan. Perigemal sistema og’iz oldi halqa nayi, undan nurlar bo’ylab ketuvchi radial naylardan iborat. Perigemal sistema nerv to’qimasini o’rab oladi va uni oziqa bilan ta’minlash hamda himoya qilish vazifasini bajaradi.

Qon aylanish sistemasi ancha sodda tuzilgan. U ikkita halqa tomirlar va ulardan nurlarga boruvchi radial qon tomirlaridan iborat. Qon limfa suyuqligiga o’xshash rangsiz bo’ladi.

Nerv sistemasining asosiy qismi oral qutbdagi ektonevral nerv sistemasi va qo’shimcha giponevral va aboral nerv sistemalaridan iborat. Sezgi organlari past taraqqiy etgan. Ambulakral oyoqlar va nurlarni uchki qismida kalta paypaslagichlar tuyg’u vazifasini bajaradi. Nurlarning uchidagi paypaslagichlari asosida bittadan oddiy ko’zlari maxsus ko’z chuqurchasida joylashgan. Ular yorug’likni sezadi. Hid bilish xususiyati mavjud.

Dengiz yulduzi ayrim jinsli. Jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Jinsiy bezlar nurlar asosida joylashgan. Jinsiy bezlarning chiqaruvchi yo’llari nurlar oralig’ida tashqariga ochiladi. Urug’lanish tashqi. Tuxumdan diplevrula lichinkasi rivojlanadi.



Rasm 94. Dengiz yulduzi nerv sistemasining tuzilish sxemasi.



1 – ektonevral bo’limi, 2 – giponevral bo’limi, 3 –aboral (apikal) nerv bo’limi.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish