N. Hakimov, E. Abdullayev, F. Halimov, A. Xamidova umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg’ulotlar


O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni



Download 2,52 Mb.
bet212/221
Sana31.12.2021
Hajmi2,52 Mb.
#274412
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221
Bog'liq
1 2 Umurtqasiz zool amal mash (Hakimov N)

O’rganiladigan obyektlarning sistematik o’rni
Tip Ignatanlilar – Echinodermata

Kenja tip Eleuterozoylar – Eleuterozoa

Sinf Dengiz yulduzlari – Asteroidea

Tur Dengiz yulduzi – Asterias rubens

Sinf Dengiz tipratikanlari – Echinoidea

Tur Dengiz tipratikani – Strongylocentrotus droebachiensis


Umumiy tushunchalar

Dengiz yulduzi. Dengiz yulduzi ignatanlilarning tipik vakilidir, chunki uning tashqi va ichki tuzilishida ushbu tip hayvonlari uchun xarakterli bo’lgan deyarli barcha belgi va xususiyatlar aniq ifodalangan.

Dengiz yulduzlari dengizning turli chuqurliklarida, ayrimlari qirg’oqqa yaqin joyda yashaydi. Ularning o’lchamlari ham turlicha, ayniqsa tropik dengizlarda yashovchi turlarining kattaligi 70 sm gacha. Tanasining atrofidagi nurlari har xil turlarida 5 tadan 13 tagacha bo’ladi. Barens va Oq dengizlarida keng tarqalgan turlaridan biri Asterias rubens ning nurlari 5 tadan iborat. Dengiz yulduzlari yirtqichlik bilan oziqlanadi.

Dengiz yulduzining gavdasi biroz yassilashgan, oral tomon yuzasi tekis. Gavda markaziy disk va undan chiquvchi 5 ta nur (qo’l) dan iborat. Nurlarining asosi keng va uchiga qarab ensizlanib boradi. Disk markazidan ikki yo’nalishda radial chiziqlar o’tkazish mumkin, ya’ni har bir nurning o’rtasi bo’ylab o’tadigan chiziqlar radiuslar, ikkala nur oralig’idan o’tadigan chiziqlar interradiuslar deyiladi. Dengiz yulduzi odatda og’iz tomoni bilan suv tubiga qaragan. Ushbu og’iz tomoni oral qutb, unga qarama-qarshi yuqori tomoni aboral qutb deyiladi. Aboral qutb markazida anal teshigi joylashgan. Har bir nurning oral tomonida, uning markaziy chizig’i bo’ylab egatcha hosil bo’lgan. Egatchaning ikkala yon tomonida ikki qatordan juda ko’p o’simtalar-ambulakral oyoqchalar joylashgan. Ushbu oyoqchalar devori cho’ziluvchan muskullardan iborat bo’lib, ichi bo’sh nayga o’xshash. Naychalarning substratga tegib turadigan uchi so’rg’ichga aylangan. Aboral qutbning anal teshigi yonida ko’p sondagi mayda teshikchalarga ega madrepor plastinkasi bo’ladi. Tananing aboral qutbi terisidan ohakli ignalar bo’rtib chiqib turadi. Ushbu ignalarning ba’zilarini uchi o’zgarib qisqichlarga aylangan. Bunday qisqichli ignalar pedisellariyalar deyiladi. Pedisellariyalar yulduz tanasi yuzasidagi ignalar orasida qolib ketgan yot zarralarni olib tashlash vazifasini bajaradi. Aboral tomonda ignalar oralig’ida qirrali juda ko’p o’smalar bo’lib, ular teri jabralari vazifasini bajaradi.


Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish