SIZGA XORIJIY TILNI O‘RGATIB
BO‘LMAYDI!
Ajablanayotganingiz
ajablanarli
emas,
muhtaram o‘quvchim. Albatta, turli dasturlarga
asoslangan qo‘llanmalar, lug‘atlar, istalgan chet
tilini bir necha oylarda o‘rgatishni va’da qilayotgan
til o‘rgatish kurslari, til o‘rganishning oson
usullarini taklif qilayotgan o‘qituvchilar va til
o‘rganish uchun yelib-yugurayotgan tengdosh-
laringiz qurshovida turgan paytingizda bu gap sizga
yoqimsiz syurpriz bo‘ldi-da. Men esa bundan
xursandman. Negaki, risolamda bu kabi syurprizlar
hali talay. Faqat siz xulosa chiqarishga
shoshilmang. Kitobni bir chetga uloqtirishdan va
fikrlarimga e’tiroz bildirishdan o‘zingizni tiying.
Chunki men sizga dunyodagi yagona to‘g‘ri usul -
o‘z-o‘zini o‘qitish usulini taklif qilmoqdaman.
Ha, hech kim, hech qachon, hatto eng yaxshi
sharoitlar yaratib berilgan taqdirda ham sizga hech
bir tilni o‘zingiz-o‘zingizga o‘rgatganingizdek
o‘rgata olmaydi.
Aksariyat odamlar til o‘rganish mobaynida bu
ish o‘zlari uchun emasligini «kashf» qila
boshlaydilar. Holbuki, ular maktabda, oliy o‘quv
yurtlarida til o‘rganish uchun astoydil uringan
7
edilar. Oxir-oqibatda ko‘rishsa-ki, bir necha
jumlalarni chala-chulpa tarjima qilish layoqatiga
erishishibdi xolos.
Nega?
Chunki ular zerikarli
ma’ruzalar, ilmiy jumlalar, kelishiklar, son-sanoqsiz
qo‘shimchalarga to‘lib-toshgan tilshunoslik yo‘lini
hech bir aniq maqsadlarsiz, shunchaki, bajarish
lozim bo‘lgani uchungina bosib o‘tishdi.
To‘g‘rirog‘i, shunga urinishdi. Majburiylik tufayli
yod olishingiz lozim bo‘lgan lug‘atlar, chiroyli (usti
yaltiroq...) qo‘llanmalar, chet tilini tezkor o‘rgatish
usullarini taklif qiluvchi kitoblar - hammasi bir
pulga qimmat!
Men umrim davomida chet tilini asl mohiyat
asosida o‘rganishni taklif qiluvchi hech bir kursni
yoxud dasturni ko‘rganim yo‘q. Aksariyat kurslar
hech qanday tahlillarsiz, «temir qoida»lar asosida
ta’lim beradilar va natijada biz bir necha yillar
davomida o‘zga tilning tumanli yo‘llarida besamar
izg‘iymiz. Bizga uzoq yillik, ammo kam natijali
usullarni yoki hali amalda sinab ko‘rilmagan yangi
usullarni taklif qiladilar.
Bir kunda bir necha soat shug‘ullanish bilan
hech qaysi tilni o‘rganib bo‘lmaydi. Bu narsa
konserva bankasida okeanda suzishday bir gap.
Til o‘rganish sohasida mo‘jizalar juda noyob
bo‘ladi. Shu holingizda esa siz bilan bunday hol
8
umuman sodir bo‘lmaydi. Bunga hatto umid ham
qilmang. Sizni o‘ta mashaqqatli va uzoq davom
etuvchi mashg‘ulotlar kutyapti. Bu ishga jiddiy
kirishmog‘ingiz kerak, albatta.
Darvoqe, siz muvaffaqiyatsizlikning achchiq
ta’mini
totib
ko‘rgan
odamga
erishilgan
muvaffaqiyatning mazasi asaldan ham totli
tuyulishini aslo unutmang. Bu dunyoda hamma
narsaga mehnat va mashaqqat bilan erishiladi.
Yana takrorlayman, til o‘rganish bo‘yicha
mukammal qo‘llanma hali yaratilgan emas. To‘g‘ri,
yaxshi dasturli qo‘llanmalar bor. Ammo... keling,
muqoyasa qilib ko‘raylik. Aytaylik, kitoblarda sizga
choyning
shifobaxsh
xususiyatlari
haqida
uqtiradilar. Lekin uni qanday damlash, qachon va
qay tariqa, qancha miqdorda iste’mol qilinganda
foyda berishi haqida to‘xtalmaganlar. Siz kuniga
litrlab choy ichasiz va organizmingiz uchun foydali
suyuqlik iste’mol qilyapman, deb o‘ylaysiz. Uning
zararli tomonlari ham borligi to‘g‘risida o‘ylab
ko‘rmagansiz. Ana, hamma shunday qilyapti-ku,
deyapsiz, to‘g‘rimi? Jumladan, til o‘rganish
borasida ham qarashlaringiz shunday.
Siz eng mukammal hisoblanadigan qo‘llanmani
topdingiz ham deylik. Shunda ham unutmang-ki,
9
sizning maqsadingiz kitobni va unda bitilganlarni
o‘rganish emas, tilni o‘rganishdir!
Modomiki, kitobni o‘rganish bilan tilni
o‘rganishni bir-biriga qiyoslab bo‘lmas ekan,
demak, hushyorroq bo‘lishingiz lozim. Siz
ogohlantirishlarimni inobatga olavering. Chunki
ko‘p jildli kitoblarni satrma-satr o‘rganib va yod
olib ham o‘rganayotgan tilingizda ravon so‘zlasha
olmasdan o‘zingiz albatta shunday xulosaga
kelasiz. Faqat bu paytda qimmatli vaqtingizga
qo‘shib o‘zingizga bo‘lgan ishonchni ham
yo‘qotgan bo‘lasiz.
Uzoq yillar davomida shunday xulosaga keldim-
ki, til o‘rganish usullari tushunarli, mantiqli, o‘ta
sodda va oddiy bo‘lishi shart. Ammo hech qachon
oson bo‘lmaydi. Agar sizga buning aksini taklif
qilsalar, biling-ki ro‘parangizda vaqt o‘g‘risi
turibdi.
Ha, men buni sizga uzoq yillar davomida
AQSHda istiqomat qilgan, ko‘p tillarni mustaqil va
mukammal o‘rgangan inson, chet tillar fakultetining
iqtidorli bitiruvchisi, ko‘p yillar tarjimonlik
sohasida mehnat qilgan, amerikalik «yashil
beretlar»ga til o‘rgatgan o‘qituvchi, harbiy
razvedkachi, MRB va siz hali hech qachon nomini
ham eshitmagan, MRBdan ko‘ra muhim va yashirin
10
tashkilot hisoblanadigan MRB agenti, AQSH
Mudofaa Vazirligining Montereydagi xorijiy tillar
institutida ishlagan mutaxassis sifatida aytyapman.
Zero, bu institut dunyodagi eng nufuzli o‘quv
dargohlaridan hisoblanadi.
Endi maqsadga qaytaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |