N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Uchinchi qoida: 
Lug‘atdan foydalanishni keskin kamaytiring. 
Hadeb lug‘at titaverish nodonlik va o‘ziga 
zulmdan boshqa narsa emas. Bu sizni asosiy 
mashg‘ulot - o‘qishdan chalg‘itadi. Bir so‘zni 
topish uchun lug‘atning kerakli sahifasini ochasiz, 
so‘zni qidirasiz, ro‘yxatdan so‘zning shu matndagi 


50
ma’nosini topasiz va hokazo. Bir so‘zni deb bir 
necha daqiqa yo‘qotildi. Siz yana hayron 
bo‘lyapsiz, albatta. Agar shunday qilmasam, 
tushunarsiz so‘zlarning ma’nosini qanday bilib 
olaman, 
deyapsiz-a? 
Namuncha 
hayron 
bo‘laverasiz? Men axir sizga risolamning 
boshidayoq «bu kitobda syurprizlar ko‘p» 
demaganmidim. O‘qiganlaringizni shunchalik tez 
unutasizmi? 
Mening sershubha o‘quvchim, qadrdonim! 
Sizga shu bir nechta tushunarsiz so‘zlarning 
ma’nosini bilish nega shunchalik muhim? Axir biz 
asar o‘qiyapmizku. Maqsadimiz so‘zlarning 
ma’nosini va qo‘llanishini matn orqali tushunishku. 
Tushunmay qolgan o‘sha la’nati so‘zingizni o‘z 
holiga tashlab, o‘qishda davom etavering. Ana, 
yana shubhaga bota boshladingiz. So‘zlarimning 
to‘g‘riligiga 
o‘zingizni 
ishontirolmayapsiz. 
Miyangizda turli fikrlar urush boshlaydi endi. Essiz 
miya... . 
O‘zim ham bir paytlar jingalak sochli boshimni 
bekorchi narsalar bilan ko‘p qiynaganman. 
Qani keling, bir necha matnlarni, ya’ni 
asarlarning ayrim qismlarini tahlil qilib ko‘raylik. 
«Poluekt Kuzmich Fandorin ... buta ortiga 
yashirindi». Butadan oldingi so‘zning ma’nosini 


51
tushunmay qoldingiz va to‘xtadingiz. Ehtimol u 
katta butadir yoki ho‘l butadir. Qalin butadir, 
baobab butasidir yoki choy butasidir. Nima farqi 
bor? SHu butani deb chalg‘ishga moyil miyaga 
yana yengilib o‘tiribsiz. Lug‘at titishga shoshilmay, 
o‘qishda davom etaverganingizda, shu so‘z boshqa 
bir joyda o‘z ma’nosini o‘zi ochib berardi. Mana 
endi diqqatni qayta jamlash uchun ancha ovora 
bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Yana bir misol 
ko‘raylik. 
«Poluekt Kuzmich qattiq g‘azablanib, o‘sha 
pastkash zolimning ustiga ...» Nima qildi ekan? 
Tushunmadingiz. 
Xo‘sh 
aytingchi, 
sizga 
Kuzmichning dushmani ustiga o‘qday otilgani 
muhimmi yoki sherday o‘kirib tashlanganimi? 
Ehtimol sakragandir. Matndan ko‘rinib turibdiki, 
tushunmayotgan so‘zingiz - fe’l turkumiga mansub. 
Bajarilgan ish-harakatni bildiryapti. Siz hozircha 
shu bilan kifoyalanib turing. 
Kuzmichni tinch qo‘yaylikda, Garri Potterga 
nazar tashlaylik. 
«Potter zolim lord Voldemortning iziga tushdi va 
sehrli tayoqchasini ko‘tarib olgancha ... gullari 
qoplagan so‘qmoqdan yugurib ketdi». Allaqanday 
gullar qoplagan so‘qmoq... . Bu qanday gullar 
ekanining muhimligiga ishonchingiz komilmi? 


52
Yoki ularning turini aniqlab, hovlingizga 
ekmoqchimisiz? Ehtimol ular sehrli gullardir va 
faqat o‘sha asardagi so‘qmoqdagina o‘sar... . 
O‘zingiz hal qiling. Sizning o‘rningizda men 
mayda-chuydalar ketidan chopmagan bo‘lardim. 
Menga rostini aytingchi, siz o‘z ona tilingizdagi 
hamma so‘zlarning ma’nolarini bilasizmi? Men 
ilm-fan va texnikaga oid atamalarning ma’nolari 
haqida gapirmayapman. So‘zlashuv tilidagi hamma 
so‘zlarning ma’nosini bilishingizga shubham bor. 
Biz ko‘pgina so‘zlarning asl ma’nosini bilmagan 
holda ham o‘z o‘rnida ishlataveramiz. Bu aslo 
kamchilik emas va men hech kimni ayblayotganim 
yo‘q. Faqat hech kim o‘z ona tilidagi barcha 
so‘zlarning ma’nosini bilmaydi, demoqchiman. 
Chet tilidagi so‘zlar haqidaku, gapirmay qo‘ya 
qolay. 
Gohida 
so‘zlarni 
shunday 
paydar-pay 
ishlatadilarki, gap nimadaligini tushunmay ham 
qolasan. Yaqinda bir e’lon o‘qidim: «Kompaniyaga 
zararli odatlari bo‘lmagan qo‘riqchilar kerak». 
Albatta, gap dala qo‘riqchilari haqida emas. 
Mabodo kompaniyaga bosqinchilar bostirib kirsa, 
qo‘riqchilar «Kechirasizlar, mushtlashish zararli 
odat. Bizning bunday odatimiz yo‘q» deydilarmi? 
Yoki, «Birinchi kvartalda kompaniya asosiy 


53
fondining amortizatsiyasi uch foizni tashkil etdi», 
deb yozishibdi. Bundan bir nimani tushundingizmi? 
Bu xabar yaxshimikin yoki yomon? Kompaniyaga 
amortizatsiya nega kerak? 
Bunday rasvogarchiliklar hamma tillarda bor. 
Siz ularning ma’nosini kovlashtirib ovora 
bo‘lmang. Shukrki, asarlarda tushunarsiz so‘zlar 
kam uchraydi. Bunday ikkinchi, uchinchi darajali 
so‘zlar sizga birinchi o‘qishdagina tushunarsiz 
bo‘ladi. Doimiy, diqqat bilan o‘qish davomida bu 
so‘zlarning ko‘pchiligi tushunarli bo‘lib boradi. 
Albatta, bir asarni bir necha marta o‘qiysiz va har 
safar har xil yangiliklarni kashf qilasiz. Bu juda 
ko‘ngilli mashg‘ulot, xo‘p deyavering. 
Kompyuterdan o‘qishni maslahat bermagan 
bo‘lardim. 
Ko‘rish 
qobiliyatingizga 
zarar 
yetkazmaslik uchun ham kitobdan o‘qing. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish