N. F. Zamyatkin



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/20
Sana26.03.2022
Hajmi0,69 Mb.
#510919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
@kitobmakon Sizga xorijiy tilni o‘rgatib bo‘lmaydi

Agar biz mashqlarni maromiga yetkazib 
bajarolmasakchi? 
Nutq a’zolarini o‘zga tilga 
moslay olmaslik oqibatida aksent paydo bo‘ladi. Siz 
endi chet tilini o‘z tilingiz ohangiga solib olasiz. 
Buning natijasida esa xayotda turli kulgili va 
ayanchli holatlar sodir bo‘ladi. Masalan, yapon 
tilida aynan «r» va «l» tovushlari yo‘q. «R», «l», 
«d» tovushlarini ifodalaydigan umumiy tovushlar 
mavjud. Demak, «qalam», «qaram», «qadam» 
so‘zlari yapon kishisi uchun bir xil jaranglaydi 
(ushbu sharx tarjimonniki). Rus tilidagi «Saxalin» 
va «saxarin» so‘zlarining taqdiri ham shunday. 
Shuningdek, yaponlar uchun «s» va «sh» xarflari 
orasidagi farq u kadar ahamiyatli emas. 
Yaponlarning mashhur «xoloso»si rus tilidagi 
«xorosho»ning yaponcha talqini xolos. Hech qaysi 
yapon maxsus mashqlarsiz «r» tovushini ayta 
olmaydi. Shuningdek, ingliz tili talaffuzi bilan 


21
boshqa til talaffuzlari o‘rtasida ham farq oz emas. 
Inglizlar esa rus tilidagi ayirish va yumshatish 
belgilarini hazm qila olmaydilar. 
So‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish orqali ma’no 
o‘zgarishi afsuski, xunuk oqibatlarga ham olib 
kelgan hollar kuzatilgan. Aynan shu mavzuda 
Moskva Davlat Universitetining chet tillar fakulteti 
dekani 
professor Terminasova 
«Tillar 
va 
madaniyatlar o‘rtasidagi urush va tinchlik» nomli 
risola bitgan edi. Bu kitobni o‘qib chiqishni sizga 
ham maslahat bergan bo‘lardim. Tildagi ma’no 
nozikliklarini farqlash, so‘zlashuvda ehtiyotkor va 
nazokatli bo‘lish naqadar muhim ekanligini hayotiy 
misollar yordamida anglash uchun ushbu mutolaa 
albatta kerak, deb o‘ylayman. 
Biz yuqorida chet tilidagi matnlarni avval uzoq 
vaqt tinglash kerakligi borasida so‘z yuritgan edik

Bir kunda kamida uch soat vaqt mobaynida 
matnlarni tinglash barobarida albatta o‘sha 
matnning yozma shakliga ko‘z yugurtirib borish 
kerak. 
Dastlabki 
paytlarda 
siz 
nimalarni 
eshitayotganingizni hatto his ham qilmaysiz. Sababi 
- bu o‘rinda maqsad avvalo eshitish a’zolarimiz va 
miyamizning asab tizimini begona tovushlarga 
ko‘niktirish va tanishtirishdir. Tinglash mobaynida 
juda qiziq holat ro‘y beradi. Chet tilidagi ayrim so‘z 


22
va birikmalarni o‘z tilingizdagi yoki boshqa bir 
tildagi so‘z va birikmalarga aynan o‘xshata 
boshlaysiz. Boshqacha aytganda, begona so‘zlarni 
«taniy» boshlaysiz. Aslida ular butunlay boshqa-
boshqa ma’noli so‘zlar yoki birikmalardir. Ammo 
miyamizga notanish emas ekan. Masalan, men 
o‘zimga butunlay tushunarsiz bo‘lgan o‘zbek 
tilidagi nutqni tinglar ekanman, qasam ichib 
aytamanki, unda qandaydir inglizcha so‘zlarni va 
hatto butun-butun inglizcha jumlalarni eshitaman. 
Haqiqatan, aslida bunday emas. Bu narsa mening 
o‘xshash tovushlardagi ohangdorlikni payqayot- 
ganimdan darak beradi. Demak, miyam ortiqcha 
zo‘riqishlarsiz begona tilni qabul qilishga tayyor. 
Deyarli barcha tillarda fonetik va morfologik 
tamoyillar mavjud. Ya’ni so‘zlarning aytilishi bilan 
yozilishida ancha-muncha farqlar bo‘ladi. Siz 
suxandonning ovoziga hamohang tarzda matnga 
ko‘z yugurtirar ekansiz, bu farqlar yaqqol namoyon 
bo‘la boshlaydi. 
Darvoqe, sizni uzoq vaqt matnlarni tinglash 
zarurati aslo cho‘chitmasin. Quloqlaringiz chet tili 
ohanglariga ko‘nikib qolgach, tinglash soatlarini 
kamaytirishingiz mumkin.
Siz dastlab suxandonlardan ortda qolib 
ketishingiz aniq. Bu odatiy hol. Siz ayrim so‘zlar 


23
ustida to‘xtab qolasiz. Negaki, matnda boshqacha 
yozilgan, suxandon esa uni boshqacha talaffuz 
qilyapti. Bora-bora bu oraliq kengayib boradi. 
Aytaylik, nemis yoki ispan tilini o‘rganayotgan 
bo‘lsangiz, bu muammo u qadar katta bo‘lmaydi. 
Farqlar bor, ammo oz. So‘zlarning yozilishi bilan 
aytilishi orasida yer bilan osmoncha farq mavjud 
bo‘lgan til esa ingliz tilidir. Inglizlarning o‘zlari bu 
masalada hazillashib, «biz «Manchester» deb 
yozganimizni «Liverpul» deb o‘qiymiz», deya 
kuladilar. Bu hazil haqiqatdan yiroq emas. Ammo, 
ishonavering, shu qiyinchiliklarga qaramay, agar 
to‘g‘ri yo‘l tutsangiz, inglizchada tez va aksentsiz 
o‘qiy olasiz. 
Matnlarning o‘qilishini diqqat bilan tinglash 
mobaynida so‘zlarning 
«g‘ilof» 
ichidagi asl 
qiyofasini ko‘ra boshlaysiz va suxandon bilan 
baravar talaffuz qilishni istab qolasiz. Demak, siz 
tilni qabul qilishga tayyorsiz. Faqat butun-butun 
matnlarni o‘qishga, ko‘p so‘zlarni talaffuz qilishga 
shoshilmang. Maqsad sari asta-sekin harakat qiling. 
Ovqatni shoshib ichsangiz og‘zingiz kuyadi. 
Agar to‘g‘ri talaffuz qila olmayotgan bo‘lsangiz, 
yana tinglashga qayting. Bu ham tabiiy hol. 
Endi sizga yana bir sirni ochaman. 

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish