N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Yarim oysimon tugun
– 
gnl.semulunare
taqaga o‘xshash bo‘lib, ichak 
pardasining oldingi arteriyasini o‘rab turadi. Bu nerv chigali uch bo‘lak bo‘lib, 
ikkitasi qorin arteriyasi – 
gnl.saeliacum 
ni, bittasi ichak pardasining oldingi 
arteriyasi – 
gnl.messentericum craniali 
ni o‘rab oladi.
Qorinning katta va kichik nervlari hamda sayyor nervning yuqorigi tarmog‘i 
shu tugunga kelib qo‘shiladi. Undan pastroqdan ganglionar tolalar chiqadi. Hamma 
nerv tarmoqlari qo‘shilib, quyoshsimon nerv chigali – 
plexus solaris 
ni hosil qiladi. 
YArim oysimon tugun qoramollarda qorin va ichak pardasining oldingi arteriyasi 
ustida joylashadi. 
Yarim oysimon tugundan postganglionar tolalar chiqib, bir qancha maxsus 
nerv chigalini hosil qiladi: jigar chigali – 
plexus hepaticus
jigar arteriyasi atrofida 
bo‘lib, undan me’daga, oshqozon osti beziga, jigar va o‘n ikki barmoq ichakka 
tarmoqlar chiqadi; taloq chigali 
plexus lienalis
taloqqa, me’daga, me’da osti 
beziga tarmoq beradi; me’da chigali – 
plexus gasrticus
me’daning chap arteriyasini 
o‘rab, me’dani ta’minlaydi; ichak pardasining oldingi chigali – 
plexus 
mesentericum craniale
ichak pardasi arteriyasi atrofiga tarqaladi; buyrak 
tugunining chigali – 
plexus renalis
buyrak arteriyasi atrofida joylashib, unga 
qorinning kichik va sayyor nerv tarmoqlari kelib qo‘shiladi, shuningdek, bu 
chigalga buyrak usti bezining chigali – 
plexus suprarenalis
ham qo‘shiladi. 
Ichak pardasining orqa tuguni 
– 
gnl.mesentericum caudale
birmuncha 
kichik bo‘lib, ichak pardasining keyingi arteriyasi atrofida joylashadi. Bu tugunga 
boradigan preganglionar tolalar gangliyalararo chigal hosil qiladi, ular qorin 


bo‘shlig‘i nerv tugunidan o‘tib, I – III (IV) bel tuguniga boradi. Ichak pardasining 
orqa tuguni yarim oysimon tugun bilan yirik nerv tolasi orqali birlashadi. Ushbu 
tugundan chiqadigan nerv tarmoqchalari bir qancha chigal hosil qiladi; ichak 
pardasining orqa chigali
 
– 
plexus mesentericus caudalis
ichak pardasi arteriyasi 
atrofida joylashadi; ichki urug‘ chigali – 
plexus spermaticus internus
ichki urug‘ 
arteriyasi bilan urug‘ tizmasi orqali urug‘donga (urg‘ochilarda tuxumdon, 
bachadonga) boradi. Me’da osti nervi – 
n.hypogastricus
tos bo‘shlig‘idagi 
organlarga: urg‘ochilarda bachadonning keng payiga, erkaklarda jinsiy a’zo 
– 
pl.cavernosus penis
ga; siydik pufagi – 
pl.vesicalis
ga; to‘g‘ri ichak – 
pl.haemorrhoidalis
ga; klitor – 
pl.clitoridis
ga; bachadon va qin – 
pl.uterovaginalis
ga; prostota bezi – 
pl.prostaticus
ga; son arteriyasiga tarqaladi. Dum qismida 2 – 4 
tagacha gangliy bo‘ladi, ular bir – biri bilan birlashib, bitta dum gangliysi – 
gnl.soccygea
ni hosil qiladi. Otlarda IX – XI, kavsh qaytaruvchi hayvonlarda VII
dum umurtqalarigacha boradi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish