N. B. Dilmurodov


Adashgan yoki sayyor (X juft) nerv



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 Adashgan yoki sayyor (X juft) nerv 
– 
n.vagus
vazifasi jihatdan aralash 
nervdir. Uning sezuvchi tolalari hazm qilish va nafas olish organlarining shilimshiq 
pardasiga boradi. Ular hazm qilish organida halqumdan, nafas olish organlarida esa 
hiqildoqdan boshlanadi. Parasimpatik nervning harakatlantiruvchi tolalari 
qizilo‘ngach, oshqozon va ichaklarning hamda kekirdak va bronxlarning silliq 
muskullariga, oxiri esa hazm qilish va nafas olish organlarining bezlariga boradi. 
Adashgan nervning sezuvchi tolalari bo‘yinturuq tuguni va to‘rsimon chigaldan 
kelib chiqadi. 
Bo‘yinturuq tuguni
 – gnl.jugulare
adashgan nerv oval teshikdan chiqadigan 
joyda bo‘ladi. Bo‘yinning oldingi simpatik gangliysining orqaroq qismida, 
adashgan nervning ustida qizg‘ish rangli to‘rsimon chigali 
– plexus nodosum
joylashadi. Adashgan nerv bo‘yin tomonga o‘tib, simpatik stvolga qo‘shiladi va 
umumiy uyqu arteriyasi stvoli 
truncus vegsymphaticus
ni hosil qiladi. U umumiy 
uyqu arteriyasi bilan ko‘krak qafasi tomon o‘tadi. Ko‘krak qafasiga kirishda 
umumiy stvoldan ajralib, qizilo‘ngach bilan qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Adashgan 
nerv bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlarga bo‘linadi. 
Bo‘yin qismi
 
– 
pars servicalis
uyqu arteriyasining yuqori tomon o‘rta 
yuzasidan o‘tib, o‘z yo‘lida quyidagi nerv tarmoqlarini ajratadi: - halqum tarmog‘i
 
– 
ramus pharyngeus – 
sayyor nervdan simpatik nervga qo‘shilguncha ajralib, 
yuqorigi va pastki tarmoqlarga bo‘linadi, yuqorigi tarmog‘i halqumning qisuvchi) 
muskullariga va shilimshiq pardalarga tarqaladi, pastki tarmog‘i halqum chigali – 
plexus pharyngeus
ni hosil qiladi;


- hiqildoqning oldingi nervi
 
– 
n.laryngeus cranialis
tugunsimon gangliy – 
gnl.nodosum dan hamda adashgan nervning harakatlantiruvchi pastki yadrosidan 
hosil bo‘ladi va hiqildoqning qalqonsimon ariqchasidan ichki qsmiga o‘tib, 
shilimshiq pardasiga tarqaladi; 
- yurak tarmog‘i
 
– 
r.cardiaci et n.“depressor”cordis
ko‘krak qafasida 
sayyor nervdan ajralib, yurak chigali – 
pl.cardiacus
ga va aorta yoyiga boradi. Bu 
nerv yurak ishiga sekinlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Adashgan nervdan ko‘krak 
qafasida kekirdakning orqa chigali – 
pl.ventriculus caudalis
qizilo‘ngach, yurak va 
qon tomirlarga tarmoqlanadi. 
Adashgan nerv ko‘krak qafasida o‘ng va chap tarmoqqa bo‘linib, chap 
tarmog‘i yurak asosining yuqorisidan, o‘ng tarmog‘i esa kekirdak ustidan o‘tadi. 
Bu nerv qizilo‘ngachning ustki va ostki stvoli – 
truncus oesophageus dorsalis et 
ventralis
ni hosil qiladi, bulardan qizilo‘ngach chigali – 
pl.oesophageus
hosil 
bo‘ladi. Adashgan nervning har ikkala tarmog‘i qizilo‘ngach bilan birga qorin 
bo‘shlig‘iga o‘tib, yuqorigisi quyoshsimon tugunni, pastkisi esa me’daning orqa 
chigali – 
pl.ventriculus caudalis
ni hosil qiladi. Qizilo‘ngachning pastki stvoli 
qorin bo‘shlig‘ida, me’daning kichik burilishida oldingi chigal – 
pl.ventriculus 
cranialis
ni hosil qiladi. Undan jigarga, me’da osti beziga va o‘n ikki barmoq 
ichakka nerv tolalari tarqaladi. Oshqozon bo‘shlig‘i nerv tugunidan qorin 
bo‘shlig‘idagi organlarga parasimpatik nervlarning oraliq (interamural) tolalari 
boradi. Qoramollarda qizilo‘ngachning yuqorigi tarmog‘i katta qorinning ustidan 
o‘tib, jigarga, quyoshsimon chigal va shirdonning chap tomoniga, pastki tarmog‘i 
katta qorinning chap yuzasiga, to‘rqorin, qatqorin va shirdonga, undan 
quyoshsimon chigalga boradi.
Qaytuvchi nerv – 
n.recurrens
adashgan nervning bosh qismidan kelib 
chiqadi. Ko‘krak qafasiga adashgan nerv bilan birga borib, keyin ajraladi. 
Qaytuvchi chap nerv aorta yoyini aylanib, o‘ngi esa o‘ng o‘mrov osti artariyasini 
aylanib qaytib, kekirdak, bilan birga, hiqildoqqa boradi va hiqildoqning orqa nervi 
– 
n.laryngeus caudalis
ni hosil qiladi hamda hiqildoq muskullarini 
harakatlantiradi. O‘z yo‘lida kekirdak va qizilo‘ngachga tarmoqchalar beradi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish