N. B. Dilmurodov


– bo‘yinturuq  o‘simtasi qisqaroq, egilgan bo‘lib, til osti teshigi 2 ta va ensa tarog‘i bo‘lmaydi.  Qo‘yda



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

 
– bo‘yinturuq 
o‘simtasi qisqaroq, egilgan bo‘lib, til osti teshigi 2 ta va ensa tarog‘i bo‘lmaydi. 
Qo‘yda
 
– til osti teshigi 1 ta, bo‘yinturuq o‘simtasi uncha yaxshi rivojlanmagan, 
ichki yuzasida bo‘rtik bo‘lmaydi. Otda
– 
ensa suyagi o‘tkir uchli; bosh-tepa, 
xususiy ensa va asosiy yuzalar mavjud; ensa tarog‘i, til osti teshigi yaxshi 
rivojlanmagan. Cho‘chqada
 – 
bo‘yinturuq o‘simtasi to‘g‘ri va uzun, til osti teshigi 
1 ta. Itda
– 
ensa tarog‘i yaxshi rivojlangan, tangachasimon qismi uchburchak 
shaklda; til osti teshigi har ikkala tomonidan 2 ta bo‘ladi. 


Ensa suyagi
(orqa tomondan ko‘rinishi) 
a-tangachasimon qismi, b-asosiy qismi,c-d-yon qismlari, e-ensaning katta teshigi, 
g-ensa oldi do‘ngligi, h-h’-pay chuquri, i-to‘piq usti chuquri, k-til osti teshigi, f-
ensa qirrasi. 
Ponasimon suyak – os. sphenoidale. 
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida 
ponasimon suyakning tuzilishini qoramol misolida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, toq 
suyak bo‘lib, bosh skeletining asosida, ensa suyakdan oldinroqda joylashadi va u 
panjarasimon, dimog‘, qanotsimon, tanglay, peshona, chakka, ensa suyaklari bilan 
birikkan bo‘ladi.
Ponasimon suyakda tanasi chakka va ko‘z qanoti farqlanadi. Tanasi – 
corpus 
ossis sphenoidalis
– ikki qismdan tuzilgan: oldingi yoki presfenoida – 
praespenoid
va orqa qismi bazesfenoida – 
basisphenoid. 
Ponasimon suyakning oral (kirish) – ko‘z qanoti 
– alae orbitales
va aborol 
(chiqish) – chakka qanoti – 
alae tempotales
chakka osti chuqurchasiga tegib 
turadi. Ponasimon suyak tanasining tashqi yuzasida qanotsimon o‘simta – 
p
rocessus pterygoideus
chiqib turadi va uning oldingi uchi ko‘zga kam 
tashlanuvchi qanotsimon tarog‘i – 
crista pterygoidea
ni hosil qiladi. 
Ponasimon suyak tanasining ichki yuzasida panjarasimon va peshona 
suyaklari bilan birlashishi uchun xartum – 
rostrum sphenoidale
chiqib turadi. 
Xartumdan orqaroqda ko‘rish nervi o‘tishi uchun ko‘ruv kesishmasining 
ko‘ndalang ariqchasi – 
sulcus chiasmaticus
joylashadi. Undan ko‘z orbitasiga qon 
tomir va nervlar uchun ko‘rish nervi teshigi – 
foramen opticum
kiradi. Ko‘rish 
kesishmasining chiqish tomonida turk egari chuqurchasi – 
sella turcica
va egarcha 
plastinkasi – 
dorsum sellae
bo‘ladi. Mana shu turk egari chuqurchasiga gipofiz 
bezi kirib joylashadi, shuning uchun u gipofiz chuqurchasi – 
fossa hypophysialis
deb yuritiladi. Uning yon tomonlarida nerv va tomirlar o‘tishi uchun ko‘zning 
yumaloq teshigi – 
foramen rotundoorbitale
ga olib boruvchi katta ariqcha bo‘ladi.
Ponasimon suyak ichki yuzasining old qismi oldingi miya chuqurchasi – 
fossa crani anterior
ni, orqa tomoni esa orqa chuqurchasi – 
fossa crani posterior
ni hosil qiladi. Bu chuqurchalarda bosh miya joylashadi. Ponasimon-tanglay 
chuqurchasida nervlar va qon tomirlari o‘tishi uchun 3 ta teshik: a) burun 
bo‘shlig‘iga boradigan ponasimon-tanglay teshigi – 
foramen sphenopalatinum,
b) ko‘z osti teshigiga boruvchi yuqorigi jag‘ teshigi – 
foramen maxillare,
v) 
tanglay kanaliga ochiladigan tanglay teshigi – 
foramen palatinum
bo‘ladi. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Qo‘ylarda – ponasimon 
suyakning bo‘shlig‘i bo‘lmaydi. Cho‘chqada – ponasimon suyakning qanotida 


ariqchalar va oval teshik bo‘lmaydi, ko‘zning yumaloq teshigi katta. Otda – ko‘z 
qanoti yaxshi rivojlangan, uning qanotsimon tarog‘i ostida panjarasimon, ko‘rish, 
yumaloq teshiklar hamda ko‘z teshiklari joylashadi; qanotsimon o‘simtaning 
asosida katta qanot kanali bo‘lib, undan qanotning kichik kanali ajraladi. Nerv 
ariqchasi ikkiga bo‘lingan, chakka qanotining orqa qismida ikkita: oval o‘yiq – 
incisura ovalis
va arteriya o‘yig‘i – 
incisura carotica
bo‘ladi. Itda – ko‘z qanoti 
chakka qanotiga nisbatan kichik, ko‘z va yumaloq teshiklar mustaqil bo‘ladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish