N. B. Dilmurodov



Download 6,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/230
Sana22.07.2022
Hajmi6,96 Mb.
#837042
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   230
Bog'liq
hayvonlar anatomiyasi

Quloq suyagi
– 
os. retrosum
o‘z navbatida nog‘orasimon, so‘rg‘ichsimon va 
qoyasimon qismlardan tarkib topgan. 
Nog‘orasimon qismi
– 
pars tympanica
– pastga tomon yo‘nalgan bo‘lib, 
yaxshi rivojlanmagan. Unda qattiq nog‘ora suyak pardasi - 
bulla ossea
bo‘ladi va u 
erda eshitish naychasi – 
tuba auditiva
orqali tomoqqa ochiluvchi nog‘orasimon 
suyak bo‘shlig‘i – 
cavum tympani
joylashadi. 
Nog‘orasimon qismining yon tomonida quloq suprasiga ochiladigan tashqi 
eshitish yo‘li – 
meatus acusticus externus
bo‘ladi. Tashqi eshitish yo‘li va nog‘ora 
pardasi o‘rtasida til osti o‘simtasi – 
processus hyoideus
va undan orqada yuz 
nervlari o‘tishi uchun yuz kanalining teshigi – 
canalis tacialis
bo‘ladi. Nog‘ora 
suyak pardasida muskul o‘simtasi – 
processus mussularis
joylashadi, nog‘ora 
pardasining oldirog‘ida esa tashqi eshitish nayining teshigi – 
foramen tubae 
auditivae
yotadi. 
So‘rg‘ichsimon qismi
– 
pars mastoidea
– yaxshi rivojlanmagan va hayvon 
hayotining boshlanishidayoq tashqi eshitish yo‘li hamda chakka suyagining 
tangachasimon qismi bilan qo‘shilib ketadi. 
Ensa suyagining bo‘yinturuq o‘simtasi asosida so‘rg‘ichsimon o‘simta – 
processus mastoideus
ko‘rinishida chiqadi. 
Qoyasimon qismi
– 
pars petrosa
ichki quloqning chig‘anoqsimon qismidan 
tuzilgan, uning yuzasi miya bo‘shlig‘iga qaragan. Uning qoyasimon tarog‘i – 
crista 
petrosa
qoramolda uncha yaxshi rivojlanmagan. Qoyasimon qism yuzasida bitta 
kattaroq teshik bo‘lib, uning ostidan ichki eshitish yo‘li – 
meatus acusticus 
internus
va yuz kanali – 
canalis facialis
ochiladi. 
Ichki eshitish yo‘li ichki quloq chig‘anoqlari (labirinti)ga borib, eshitish 
nervi (VIII juft) o‘tishi uchun xizmat qiladi. Yuz kanalidan esa yuz narvi (VIII 
juft) miya bo‘shlig‘idan tashqariga chiqadi. 
Qoyasimon qismda katta teshikdan yuqoriroqda dahliz suv yo‘li – 
apertura 
aquaedustus vestibuli
hamda unga nisbatan kichikroq chig‘anoq suv yo‘li – 
apertura aquaeductus cochleae
bo‘ladi. Qoramolda bular yaxshi rivojlanmagan. 
Hayvonlardagi farq qiluvchi xususiyatlari. 
Otda – chakka suyagining 
tangachasimon qismi va quloq suyagi alohidalashib rivojlangan; tangachasimon 
qismdan orqaga ensa o‘simtasi chiqadi va u butun tashqi eshitish yo‘lini egallaydi 
hamda quloq suyagi bilan birgalikda chakka yo‘lini hosil qiladi. Quloq suyagining 
qoyasimon, nog‘orasimon va so‘rg‘ichsimon qismlari yaxshi rivojlanmagan. 
Undan orqa tomonga qarab muskullar birlashishi uchun so‘rg‘ichsimon o‘simta 
chiqadi; til osti o‘simtasi, eshitish nayining teshigi, ichki eshitish yo‘li, dahliz suv 


yo‘li, chig‘anoq suv yo‘li yaxshi rivojlangan. Cho‘chqada – chakka suyagining 
tangachasimon qismi va quloq suyagi qo‘shilib ketgan, qoyasimon qismi esa 
alohidalashgan; chakka yo‘li va muskul o‘simtasi bo‘lmaydi. Quloq suyak pardasi 
yaxshi rivojlangan; so‘rg‘ichsimon qismi ensa suyagining bo‘yinturuq o‘simtasi 
bilan qo‘shilib ketgan; til osti o‘simtasi yaxshi ko‘rinmagan; tashqi eshitish yo‘li 
ingichka va yarim oy shaklida yuqoridan pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Itda 
– 
nog‘ora suyak pardasi yumaloq, muskul va til osti o‘simtalari bo‘lmaydi; 
qoyasimon tarog‘i katta va unda uch tarmoqli nerv uchun teshik bo‘ladi. 

Download 6,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish